2-Laboratoriya mashg’uloti: Matlab tizimida ikki va uch o’lchovli grafiklar yaratish va rasmiylashtirish
Ishdan maqsad: Matlab tizimida ikki va uch o’lchovli grafiklar yaratish va rasmiylashtirish ishlarini olib boorish
Nazariy ma’lumot Matlab tizimining grafik imkoniyati
Matlab tizimi ma’lumotlarni grafik tarzda ifodalashi borasida katta imkoniyatlarga ega.
-mazkur tizimning grafik imkoniyatlari analitik vektor ko‘rinishda berilgan ikki va uch o‘lchovli funksiyalar grafigini chizish;
-bir grafik oynada bir nechta funksiyalar grafigini yaratish; grafiklarni turli koordinata tizimlarida turli ranglar, nuqtalar va chiziqlar orqali ifodalash imkonini beradi;
ikki o‘lchovli grafika tekislikda bir o‘zgaruvchining funksiyasi y=f(x) grafiklarini yaratish imkonini beradi.
Matlab muhitida berilgan y=f(x) funksiyasining grafigini chizishda quyidagi umumiy funksiya va operatorlardan foydalaniladi:
figure – grafik chizish uchun oyna yaratish;
plot() – 2 o’lchovli grafik yaratish;
subplot() – bitta oynada bir nechta funksiya grafigini chizish; hold on – bitta grafik oynasida bir nechta grafiklarni chizish;
hold off – joriy oynada barcha avvalgi grafiklarni o’chirish;
title – grafik nomini belgilash;
xlabel, ylabel – grafik koordinatalarini nomlash;
grid on – grafik fonida grid hosil qilish
Matlab muhitida 2 o’lchovli grafiklar yaratish:
Bitta koordinata tizimida funksiyalar grafiklarini hosil qiling, ularni grafik xususiyatlari oynasi yordamida namunaga muvofiq formatlang:
1) f=lnx + x2, x[1; 7], qadam 0,4;
2) f=x2, y=sinx, x [–5; 5], qadam 0,5;
3) f=sinx2 – cosx, y= x2 – 3, x [–4; 4], qadam 0,3;
4) f= sinx2 + cosx, y=x2 – 4, z= - 0,8, x [–4; 4], qadam 0,4.
1) 2)
3) 4)
II. Berilgan parametrlar bo‘yicha funksiyalarning grafiklarini hosil qiling (bir o'q bo'ylab - x (t), ikkinchi o'q bo'ylab - y (t)):
1) x(t)=t∙cost, y(t)=t∙sint, t[0; 10π], qadam π/10;
2) b=3, x(t)=b∙cos3t, y(t)=b∙sin3t, t[0; 2π], qadam π/12;
3) a=4, x(t)=a∙(t2 – 1)/(t2 + 1), y(t)=a∙t∙(t2 – 1)/(t2 + 1), t[–10; 10π], qadam 0,5.
III. Funktsiyalarni bitta koordinata tizimida hosil qiling va ularni formatlash buyruqlari yordamida formatlang:
1) x(t)=t∙cost, y(t)=t∙sint, t[0; 10π], qadam π/10;
2) f=ln|x+2,5|+1, х[–5; 5], qadam 1;
1) 2)
Dostları ilə paylaş: |