2-laboratoriya mashg`uloti. Pirazol hosilalari: fenazon (antipirin), propifenazon (amidopirin), metamizol natriy (analgin), fenilbutazon (butadion). Toksikologik ahamiyati, ajratib olish va tahlil usullari. Vaziyatli masala
2-laboratoriya mashg`uloti. Pirazol hosilalari: fenazon (antipirin), propifenazon (amidopirin), metamizol natriy (analgin), fenilbutazon (butadion). Toksikologik ahamiyati, ajratib olish va tahlil usullari. Vaziyatli masala. Sud kimyo bo`limiga 1950 yilda tug`ilgan Valiyeva S. murdasining ichki a`zolari va ashyoviy dalil sifatida 2 ml shpritsdagi noma`lum modda qoldig`i tagdim etildi. Murda ichki a`zolari va shprits qoldig`iga tekshiruv olib borilganda dastlabki tahlilda binafsha rang hosil bo`ldi. Analgin dori vositasiga to`liq tahlil olib borilsin.
BLITS USULI YuQX usulida analginni aniqlash ketma-ketligini to`g`ri tanlang
Xromatografik plastinka tanlash
Ajratmani plastinkaga tomizish
Xromatografik kolonkani to`yintirish
Erituvchilar sistemasini tayyorlash
Moddani ob`yektdan ajratib olish
Plastinkani kolonkaga joylash
Dog` hosil bo`lishi
Qo`zg`aluvchi fazaning plastinka bo`ylab ko`tarilishi
Front chizig`ini belgilash
Rf ko`rsatkichni aniqlash
Ochuvchi reaktivni purkash
Start chizig`ini belgilash
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar 1. Pirazol hosilasiga qaysi moddalar kiradi va ularning toksikologik hamda narkologik ahamiyatini qanday izohlaysiz?
2. Tеmir (III)-xlorid rеaktivi bilan antipirin, amidopirin va analgin qanday rеaktsiya mahsuloti hosil qiladi, ularni farqlash mumkinmi?
3. Nitrit kislotasi bilan pirazol hosilasi moddalari qanday rеaktsiya mahsulotini hosil qiladi, ularni farqlash mumkinmi?
4. Pirazol hosilalarini YuQX usulda aniqlashda qaysi rеaktivlarni qo’llash mumkin va YuQX usulida pirazol hosilalarini tahlil qilish jarayonining bosqichlarini keltiring.
5. Biologik ob`yektlardan pirazol hosilalarini ajratib olish jarayonini tushuntiring.