R soni va N o`lchamli A massiv berilgan. R soniga eng yaqin bo`lgan massiv elementlari topilsin.(shunday Ak element bo`lsa |Ak-R| qiymat minimal bo`ladu)
11
|
N o`lchamli massiv berilgan. Massivning yig`indisi eng katta bo`ladigan 2 ta yonma-yon turuvchi elementlari topilib bu elementlarning indekslari o`sish tartibida chiqarilsin. Bunday yig`indilar bir nechta bo`lsa oxirgisi olinsin.
|
12
|
R soni va N o`lchamli massiv berilgan. Yig`indisi R soniga eng yaqin bo`lgan 2 ta yonma-yon massiv elementlari topilib, bu elementlarning indekslari o`sish tartibida chiqatirilsin. Bunday yig`indilar bir nechta bo`lsa oxirgisi olinsin.
|
13
|
N o`lchamli butun tipli massiv berilgan, hamma elementlari(o`sish yoki kamayish bo`yicha) tartiblangan. Faqat toq nomerdagi elementlari ekranga chiqarilsin.
|
14
|
Ikkita bir xil elementga ega bo`lgan N o`lchamli butun tipli massiv berilgan. Bir xil elementlar nomeri topilib o`sish tartibida chiqarilsin.
|
15
|
N o`lchamli massiv berilgan. Massivning ikkita eng yaqin elementlari nomerlari topilib(ya’ni elementlar ayirmasi moduli eng kichkina bo`lgan) o`sish tartibida chiqarilsin. Bunday yig`indilar bir nechta bo`lsa oxirgisi olinsin.
|
16
|
R soni va N o`lchamli massiv berilgan. Yig`idisi R ga eng yaqin bo`lgan 2 ta elementlar topilib, indekslari berilgan tartibda chiqarilsin. Bunday yig`indilar bir nechta bo`lsa oxirgisi olinsin.
|
17
|
N o`lchamli butun sonli massiv berilgan. Berilgan massivdagi har xil elementlar soni topilsin.
|
18
|
N o`lchamli butun sonli massiv berilgan. Undagi eng ko`p uchraydigan bir xil element miqdori topilsin.
|
19
|
|