N o`lchamli A massiv berilgan. Quyidagi qoida bo`yicha shunday o`lchamli yangi B massiv tuzilsin: Bk elementi A massivning 1-dan K-gacha nomerli elementlarining o`rta arifmetigiga teng.
30
|
N o`lchamli A massiv berilgan. Shunday o`lchamli yangi B massiv quyidagi qoida bo`yicha ifodalan-sin: Bk elementi A massivning K-dan N-gacha nomerli elementlari yig`indisiga teng.
|
31
|
N o`lchamli massiv hamda K va L butun sonlari berilgan(1≤K≤L≤N). K-nomerdan L-nomergacha bo`lgan massiv elementlarining yig`indisi topilsin.
|
32
|
N o`lchamli massiv hamda K va L butun sonlari berilgan. (1≤K≤L≤N). K-nomerdan L-nomergacha bo`lgan massiv elementlarining o`rta arifmetigi topilsin.
|
33
|
N o`lchamli A massiv va K butun soni (1≤K≤N) berilgan. AK elementning boshlang`ich qiymati uning har bir elementiga ko`paytirilsin.
|
34
|
N o`lchamli butun tipli massiv berilgan. Birinchi juft sonning dastlabki qiymati massivdagi barcha juft sonlarga ko`paytirilsin. Agar massivda juft son bo`lmasa, massiv o`zgartirishsiz qoldirilsin.
|
35
|
Bir xil sonlarni o`z ichiga olmaydigan N o`lchamli butun tipli massiv berilgan. Uning elementlari arifmetik progressiyani tashkil etishi aniqlansin. Agar tashkil etsa progressiya ayirmasi, tashkil etmasa 0(nol) chiqarilsin.
|
36
|
Nol bo`lmagan butun sonli N o`lchamli massiv berilgan. Uning elementlari geometrik progresssiyani tashkil etishi tekshirilsin. Agar tashkil etsa progressiya maxraji aks holda 0(nol) chiqarilsin.
|
38
|
N o`lchamli butun tipli massiv berilgan. Massivda juft va toq sonlarning(navbat bilan) almashinib kelishi aniqlansin. Agar almashinib kelsa 0, aks holda qonuniyatni buzgan birinchi element tartib nomeri chiqarilsin.
|
39
|
N o`lchamli nol bo`lmagan butun tipli massiv berilgan. Musbat va manfiy sonlarning almashinib kelishi tekshirilsin. Agar almashinib kelsa 0 aks holda qonuniyatni buzgan birinchi elementning tartib nomeri chiqarilsin.
|
40
|
N o`lchamli A massiv berilgan. Uning juft nomerli elementlarining ichidan eng kichigi topilsin.
|