Sana: Sinf: 9 sinf Fan: Algebra Mavzu: Arifmetik progressiya Dars maqsadi



Yüklə 101,08 Kb.
səhifə1/3
tarix25.12.2023
ölçüsü101,08 Kb.
#195593
  1   2   3
9-sinf Pragressiya


Sana:
Sinf: 9 – sinf
Fan: Algebra
Mavzu: Arifmetik progressiya


Dars maqsadi: Darsni DTS talabi asosida o’tish
Ta’limiy maqsad:O’quvchilarga arifmetik progressiya to’g’risida dastlabki bilimlarni berish va ularga arifmetik progressiya ayirmalarini o’rgatish .
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni mehnatsevarlik va hamjixatlik tuyg’ularini rivojlantirish, bir-biriga hurmat hissini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilar bilimidagi bo`shliqlarni aniqlab ularni to`ldirish, masalalar yechish orqali arifmetik progressiya ko’nikmalarini shakllantirish.


Dars turi: Aralash
Darsda qo’llaniladigan usullar:Ma’ruza, suhbat, aqliy hujum, mushtaqil ish va guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: 9-sinf “Algebra” darsligi, video proyektor, kompyuter, slaydlar, tarqatmali materiallar, test savollari, ko`rgazmali qurollar…
Dars shiori: “O’qi, izla, bilim ol”.


Darsning bosqichlari, foydalanishga tavsiya etiladigan usul va vaqt taqsimoti:



Darsning bosqichlari

Foydalanishga tavsiya etiladigan usul

Vaqt taqsimoti (min)

1.

Tashkiliy qism

Salomlashish, davomat, guruhlarga ajratish

2

2.

Uy vazifasini tekshirish va oldingi dars mavzusi bo’yicha so’rash.

Mustaqil ish
Savol-javob

10

3.

Yangi mavzuni yoritish
a) mavzuni yoritishga tayyorgarlik;
b) yangi mavzuni yoritish;

aqliy hujum
Savol-javob
Ma’ruza

15

4.

Yangi mavzuni mustahkamlash;
a) mashq;
b) hulosa.

Amaliy mashg’ulot


Ma’ruza

15

5.

Uy vazifasi berish va darsni yakunlash




3

Darsning borishi:


1. Tashkiliy qism.
Salomlashish. Davomatni tekshirish. Zarur ko’rgazmali qurollar va jihozlarni darsga tayyorligini, o’quvchilar holatini nazorat qilish.
Sinfni 3ta guruhga qur’a tashlash yo’li bilan ajratamiz.
1-guruh “SINUS” guruhi;
2-guruh “COSINUS” guruhi;
3-guruh “TANGENS” guruhi.

2. Uy vazifasini tekshirish va oldingi dars mavzusi bo’yicha so’rash.


Oldingi dars mavzusi quyidagi savollar bo`yicha takrorlanadi. O`quvchilar tartib bilan berilgan savollarga mos javoblarni beradilar. Javoblar va o’quvchilarni harakatlari izohlab o`tiladi. Savollarga to’g’ri javob bergan o’quvchilar rag’bat kartochkalri bilan taqdirlanadi.
O`tilgan mavzular bo`yicha savollar:

1. π soni qanday kelib chiqadi?


2. Kvadrat tenglamaning umumiy ko’rinishi qanday bo’ladi?
3. Pifagor teoremasini ayting?
4. Uchburchakni yuzini hisoblashda Geron formulasi.
5. y=x2 funksiya grafigi qanday nomlanadi?



Yüklə 101,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin