10-ma’ruza: elektron pedagogika va uning o`ziga xos xususiyatlari. Ma’ruza mashg’uloti rejasi



Yüklə 116,5 Kb.
səhifə1/9
tarix19.12.2023
ölçüsü116,5 Kb.
#186547
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
10-MA`RUZA MASHG`ULOTI


10-MA’RUZA: ELEKTRON PEDAGOGIKA VA UNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:
10.1. Elektron pedagogika va innovatsion ta’lim mazmuni.
10.2.Ta’limda elektron pedagogika va multimedianing qollanilishi.
10.3.Interaktiv o‘quv qo‘llanmalari.
10.4. Interfaol texnik vositalar va ularning tahlili.
Tayanch iboralar:Elektron, innovatsiya, ta`lim, multimediya, kopakt disk, kompyuter, electron doska, video, qo`llanma, analiz, sintez, baholash, proyektor,model.


«Aqldan g‘amginlik, shodlik, o‘ktamlik,
Aqldan borligu, yo‘qligu, kamlik».
Firdavsiy
10.1.Elektron pedagogika va innovatsion ta’lim.
Elektron pedagogika va mul’timediaviy ta’lim usullari va
vositalarini ta’lim tizimiga joriy qilish yosh avlodga puhta bilim berish,
halq xo‘jaligi tarmoqlari uchun bilimli mutaxassislar tayyorlash,
mamlakatimiz uchun jahon miqyosida raqobatbardosh kadrlar
yetishtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi uchun kelajakda munosib
o‘rinbosarlar tayyorlash maqsadida amalga oshiriladi. Ammo hozirda
ta’lim berish jarayonida asosiy diqqat-e’tibor ta’lim muassasalarida
qanday fanlardan dars berish, qanday ta’lim standartlariga rioya qilish
va qanday kitoblardan foydalanishga qaratildi, holos. Bunda ming
afsuski, ta’lim berishning asosiy faktori va yurituvchi kuchi bo‘lgan bir
nima biroz yoddan chiqarildi – bu eng asosiy faktor esa shak-shubxasiz
- O‘QITUVCHIDIR! Bu borada ta’lim sohasida hozirgi zamonga mos
bo‘lgan quyidagi nobop fikr hukmron desak ham bo‘laveradi: «Har
qanday fan bo‘yicha malakali o‘qituvchini osongina tayyorlash mumkin va u o‘quv jarayoni mexanizmining bir detali sifatida istalgancha dasturlanishi va yo‘naltirilishi mumkin!
Bu tezis o‘zo‘zidan o‘qituvchining jamiyatdagi mavqeini pasaytirib, o‘quvchilarning unga bo‘lgan hurmat va e’tiboriga sezilarli darajada putur yetkazadi. Natija ham darhol ayon bo‘ladi – malakali o‘qituvchi bo‘lishga intilish yo‘qolib, bu sohada yetuk mutaxassis bo‘ladiganlar soni keskin kamayadi. Lekin bunday bir tomonlama yondoshuv hozirgi katta tezlik bilan rivojlanayotgan hayotga aslo mos kelmaydi va uni
mamlakatimizdagi uyg‘onish hamda jadal rivojlanish davriga mos
bo‘lgan quyidagi tezis bilan almashtirish maqsadga va aqlga
muvofiqdir: «Malakali o‘qituvchini tayyorlash juda murakkab va
qimmat turadigan faoliyat turi bo‘lib, u o‘quv jarayonining ijodiy,
yaratuvchi va yurituvchi kuchidir. Har bir o‘qituvchini juda ham
qimmatli insoniy zahira sifatida hisoblab, uni saqlash va uning
jamiyatdagi mavqeini imkon darajasida ko‘tarish mamlakatning uzoq
muddatli strategik maqsadlariga aynan mos keladi».
Haqiqatan ham o‘quvchilarga ta’lim berish va malakali
o‘qituvchi bo‘lish juda murakkab hamda ko‘p ijodiy mehnat talab
qiladigan faoliyat turidir. Bizning jamiyatda o‘qituvchilik professional
ish turi hisoblanib, ularning jamiyatga ta’siri va ahamiyati beqiyosdir.
Ular biror bir sohaning professional mutaxassisi va malakali eksperti
hisoblanib, o‘quvchi-talabalarga kerakli bilimlarni egallashlariga
hamda malakali mutahassis bo‘lishlariga yordam beradilar.
Zamonaviy o‘qituvchilar tibbiyot, texnika, iqtisodiyot va boshqa soha
mutaxassislariga o‘xshab, o‘ziga xos qoida va standartlar asosida
ishlaydilar. Boshqa tomondan nazar solganda, o‘qituvchilik ham o‘ziga
xos san’at darajasida bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham har qanday
o‘qituvchi o‘quvchi-talabalarga biror bir fan yoki mavzu bo‘yicha
ta’lim berayotganida uning «Qanday qilib, qaysi usullar orqali bilim
olish jarayonini faollashtirish mumkin?» – degan haqqoniy savolni hal
qilish zaruriyati kelib chiqadi. Barcha zamonlarning va
mamlakatlarining olim hamda yetakchi mutahassislari bu haqda ko‘p
yillardan buyon bosh qotirib kelishgani hech kimga sir emas. Bularning
ichida eng inqilobiy va ijobiy fikrni, bizning fikrimizcha, insonlarning
bilim olish jarayonini o‘rganish bo‘yicha yirik G‘arb mutahassisi Blum
bildirgan va o‘zining mashhur aktiv (faol) bilim olish tizimi
konsepsiyasini ishlab chiqqan. Bu tuzilma ko‘pincha «Bilim olishning
olti pog‘onasi yoki Blum taksonomiyasi» deb ataladi. Bu taksonomiya
quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:

Yüklə 116,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin