Reja: Startap



Yüklə 20,63 Kb.
tarix23.05.2023
ölçüsü20,63 Kb.
#120436
11-мавзу


11-mavzu. Kichik biznes va startaplarni moliyalashtirish
REJA:
1. Startap tushunchasi;
2. Startapning o‘ziga xos xususiyatlari;
3. Startapning rivojlanish bosqichlari
So‘nggi yillarda biznesda startap kabi hodisa nafaqat mashhur, balki urf bo‘lib qoldi. Televidenieda startaplar haqida gapirishmoqda, bu haqda kitoblar chop etilmoqda. Bir qarasangiz, Internetda yangi tematik resurslar paydo bo‘lmoqda. Startap bilan “tandirdan yangi uzilgan” kompaniya o‘rtasidagi farq bor-yo‘qligi ham har kimga tushunarli emas. Startapning o‘ziga xos xususiyatlari bormi? Yoki bu atama istalgan istiqbolli tashabbusga ishora qiladimi? “Startap” so‘zi inglizcha startup – “startap” tushunchasidan kelib chiqadi va u endigina yaratilgan yoki hali yaratilish jarayonida bo‘lgan kompaniyani anglatadi. Bunda o‘sha kompaniyaning rivojlantirish va ilgari surish lozim bo‘lgan qandaydir biznes g‘oyasi mavjudligi, ammo uning yaratuvchilari hozircha bozor tadqiqotlari va uni amalga oshirish uchun mablag‘ qidirish bilan bandligi nazarda tutiladi. Ba’zan iste’molchilarga innovatsion tovar va xizmatlarni taklif qilmoqchi, ammo hozirda mutanosib biznes-texnologiyalar va moliyaviy ko‘mak izlash jarayonida bo‘lgan kompaniyalar startaplar deb ataladi. Bunday kompaniyalarning kelajagi ancha mavhum ko‘rinadi.
1. Startap tushunchasi;
Faoliyat sohasidan qat’i nazar, har qanday kompaniya startap deb hisoblanishi mumkin. Biroq ayrim doiralarda yuqori texnologiyalar, Internet-biznes va “aralash fanlar” sohasidagi tashabbuslargina startaplar deb ataladi. “Startap” tushunchasi o‘tgan asrning 30-yillarida Amerikada paydo bo‘lgan. Aynan o‘sha paytda ikki talaba – Xyulett va Pakkard – mo‘’jazgina korxonaga asos solib, uni “startup” deb atashadi. Keyin ayon bo‘lishicha, ushbu kompaniyani yuksak istiqbol kutib turgan ekan Ayni paytda bu kompaniya bizga Hewlett-Packard yoki HP nomi bilan ma’lum-u mashhurdir. Startaplar haqida so‘z ketganda, yurtdoshlarimiz ko‘pincha o‘ziga o‘xshashlar orasida alohida ajralib turadigan internet-resurslarni tasavvur qilishadi. Eng mashhur va muvaffaqiyatli startaplar sifatida videofayllar xostingi Youtube, «xalq entsiklopediyasi» – Vikipediya (hech bir bahs-munozara unga murojaatsiz kechmaydi), shuningdek, eng yirik ijtimoiy tarmoqlar – Facebook va VKontakte tilga olinadi. Ko‘pchilik bu loyihalar negizida betakror g‘oya yotganligi uchun shunchalik mashhur bo‘lib ketgan deb o‘ylaydi. Lekin bu unchalik ham to‘g‘ri emas. Boshqa mamlakatlarda “startap” tushunchasi biroz boshqacha talqin etiladi. Startaplarning eng yorqin misollari – bu xalqaro miqyosda dovrug‘ qozongan IT- korporatsiyalar: Microsoft, Apple, Google. Ushbu gigantlarning tarixi, chindan ham, mo‘’jaz narsadan – aynan esa, o‘z g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga ishtiyoqmand bo‘lgan bir qancha hamfikrlarning kichik guruhidan boshlangan.

  • Faoliyat sohasidan qat’i nazar, har qanday kompaniya startap deb hisoblanishi mumkin. Biroq ayrim doiralarda yuqori texnologiyalar, Internet-biznes va “aralash fanlar” sohasidagi tashabbuslargina startaplar deb ataladi. “Startap” tushunchasi o‘tgan asrning 30-yillarida Amerikada paydo bo‘lgan. Aynan o‘sha paytda ikki talaba – Xyulett va Pakkard – mo‘’jazgina korxonaga asos solib, uni “startup” deb atashadi. Keyin ayon bo‘lishicha, ushbu kompaniyani yuksak istiqbol kutib turgan ekan Ayni paytda bu kompaniya bizga Hewlett-Packard yoki HP nomi bilan ma’lum-u mashhurdir. Startaplar haqida so‘z ketganda, yurtdoshlarimiz ko‘pincha o‘ziga o‘xshashlar orasida alohida ajralib turadigan internet-resurslarni tasavvur qilishadi. Eng mashhur va muvaffaqiyatli startaplar sifatida videofayllar xostingi Youtube, «xalq entsiklopediyasi» – Vikipediya (hech bir bahs-munozara unga murojaatsiz kechmaydi), shuningdek, eng yirik ijtimoiy tarmoqlar – Facebook va VKontakte tilga olinadi. Ko‘pchilik bu loyihalar negizida betakror g‘oya yotganligi uchun shunchalik mashhur bo‘lib ketgan deb o‘ylaydi. Lekin bu unchalik ham to‘g‘ri emas. Boshqa mamlakatlarda “startap” tushunchasi biroz boshqacha talqin etiladi. Startaplarning eng yorqin misollari – bu xalqaro miqyosda dovrug‘ qozongan IT- korporatsiyalar: Microsoft, Apple, Google. Ushbu gigantlarning tarixi, chindan ham, mo‘’jaz narsadan – aynan esa, o‘z g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga ishtiyoqmand bo‘lgan bir qancha hamfikrlarning kichik guruhidan boshlangan.

Sezib turganingizdek, startap – ancha mavhum tushuncha. Shuning uchun uning ko‘plab tadbirkorlar tomonidan tan olingan xarakterli xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tish joiz. 1. Yangi mahsulotga yo‘nalganlik. Ko‘pincha startap mohiyati innovatsion g‘oyalarni ilgari surish yoki eski g‘oyani takomillashtirishdan iborat bo‘ladi. Shu sababli startaplar hatto eng kuchli korporatsiyalar bilan ham raqobatlasha oladi, chunki ular ko‘p hollarda innovatsiyalarni joriy etishga o‘zini urintirmaydi va allaqachon o‘z o‘rnini topib olgan tovar va xizmatlarni taklif qilishda davom etishadi. Shuning uchun ham, har qanday startapni mavhumlik tomon sakrashgaqiyoslash mumkin.

  • Sezib turganingizdek, startap – ancha mavhum tushuncha. Shuning uchun uning ko‘plab tadbirkorlar tomonidan tan olingan xarakterli xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tish joiz. 1. Yangi mahsulotga yo‘nalganlik. Ko‘pincha startap mohiyati innovatsion g‘oyalarni ilgari surish yoki eski g‘oyani takomillashtirishdan iborat bo‘ladi. Shu sababli startaplar hatto eng kuchli korporatsiyalar bilan ham raqobatlasha oladi, chunki ular ko‘p hollarda innovatsiyalarni joriy etishga o‘zini urintirmaydi va allaqachon o‘z o‘rnini topib olgan tovar va xizmatlarni taklif qilishda davom etishadi. Shuning uchun ham, har qanday startapni mavhumlik tomon sakrashgaqiyoslash mumkin.

  • 2. Startapning asosida qiziqarli biznes-g‘oya yotadi. Sir emaski, g‘oyasiz umuman hech qanday biznes ham bo‘lmasdi. Biroq startapda g‘oya o‘ziga xos qimmatga ega. Agar u istiqbolli bo‘lsa, u holda juda-juda qimmat bo‘lishi mumkin. Taqqoslash uchun: Internet o‘z biznesingizni ochish uchun standart g‘oyalarga to‘la va ularning barchasi mutlaqo bepul. Ba’zan esa ularga hatto biznes-rejalar ham ilova qilinadi. 3. Startap asoschilari yoshlardir. Ko‘plab mashhur va muvaffaqiyatli startaplar kechagi talabalar avlodidir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, startaperning o‘rtacha yoshi 25 yoshga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun yangi tashabbuslarni ba’zan mensimagan ohangda “garaj biznesi” deb ham atashadi: hali mol-dunyo orttirmagan yoshlar o‘z g‘oyalarini muhokama qilish uchun garajlar va ijara xonadonlardan bo‘lak qaerdadir to‘planishiga imkon yo‘q.

4. Startaperlar bor imkoniyatini o‘rtaga tikadi. Odatda, startap tashabbuskorlari o‘z g‘oyasiga butun qalbini joylashadi. Uni ro‘yobga chiqarish uchun odam katta tavakkal qilishga ham tayyor turadi. Startaperni muvaffaqiyat juda qimmatga tushishi mumkinligi ham o‘ylantirmaydi: agar muvaffaqiyatdan manfaatdor bo‘lsa, unga erishish uchun hatto ilojsiz narsalarga ham qo‘l urib ko‘radi. 5. Tashabbuskor guruh foyda uchun emas, balki g‘oya uchun ishlaydi. Faqat har qanday tashabbusni tanho rivojlantirish qiyin. Shuning uchun startap yaratishda g‘oyaviy etakchining rahbarligi ostida butun boshli jamoa ishtirok etadi. Ushbu jamoaning har bir a’zosi muayyan funktsiyani bajaradi: bittasi istiqbolli g‘oyani ishlab chiqadi, ikkinchisi – ushbu g‘oya asosida biznesni rejalashtiradi, uchinchisi – etkazib beruvchilarmijozlar, moliyalashtirish manbalarini qidiradi. Ular hammasiga birdaniga erishib bo‘lmasligini juda yaxshi tushunadilar. Lekin ular o‘z ishlariga juda qiziqishadi va foyda olish imkoniga qattiq ishonadilar.

  • 4. Startaperlar bor imkoniyatini o‘rtaga tikadi. Odatda, startap tashabbuskorlari o‘z g‘oyasiga butun qalbini joylashadi. Uni ro‘yobga chiqarish uchun odam katta tavakkal qilishga ham tayyor turadi. Startaperni muvaffaqiyat juda qimmatga tushishi mumkinligi ham o‘ylantirmaydi: agar muvaffaqiyatdan manfaatdor bo‘lsa, unga erishish uchun hatto ilojsiz narsalarga ham qo‘l urib ko‘radi. 5. Tashabbuskor guruh foyda uchun emas, balki g‘oya uchun ishlaydi. Faqat har qanday tashabbusni tanho rivojlantirish qiyin. Shuning uchun startap yaratishda g‘oyaviy etakchining rahbarligi ostida butun boshli jamoa ishtirok etadi. Ushbu jamoaning har bir a’zosi muayyan funktsiyani bajaradi: bittasi istiqbolli g‘oyani ishlab chiqadi, ikkinchisi – ushbu g‘oya asosida biznesni rejalashtiradi, uchinchisi – etkazib beruvchilar, mijozlar, moliyalashtirish manbalarini qidiradi. Ular hammasiga birdaniga erishib bo‘lmasligini juda yaxshi tushunadilar. Lekin ular o‘z ishlariga juda qiziqishadi va foyda olish imkoniga qattiq ishonadilar.

  • 6. Moliyalashtirish muammolari. Ehtimol, g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish uchun mablag‘ etishmasligi startapning asosiy xarakterli xususiyati bo‘lsa kerak. Buning ajablanarli joyi yo‘q, axir startaplar g‘ayrati ichiga sig‘mayotgan, lekin puli yo‘q bo‘lgan yoshlar tomonidan yaratiladi. Shuning uchun startaplarga investorlar – yangi g‘oyalarga qiziqadigan va ushbu loyihalarga sarmoya kiritish orqali ularning ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadigan odamlar kerak bo‘ladi. Shuningdek, investor uchun foyda olish imkoni ham jozibali tuyuladi. Shunday qilib, quyidagi xulosaga kelish mumkin: “Bozori chaqqon” bo‘lmagan startap hech qanday imkoniyatga ega emas. Maqsadli auditoriya uni rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lishi kerak, aks holda, hech bir investor loyihani ishga tushirish uchun mablag‘ tikishga jazm etmaydi.

3. Startapning rivojlanish bosqichlari  

  • 3. Startapning rivojlanish bosqichlari  

  • Startapning rivojlanish jarayonida 5 ta bosqich ajratiladi: 1. Ekish bosqichi yoki Pre-Seedstage. Ushbu bosqichda g‘oyalarni qidirish va uni ro‘yobga chiqarishning texnik usullarini ishlab chiqish sodir bo‘ladi. Tashabbus guruhi bozorni tahlil qiladi, biznes-rejani yozadi, texnik topshiriqni shakllantiradi. Undan so‘ng mahsulot prototipini yaratish, uning versiyasini sinab ko‘rish, talabni o‘rganish va moliyalashtirish manbalarini izlash amalga oshiriladi. Agar investor topilmasa, loyiha “so‘nib qoladi”. Afsuski, aksariyat startaplar aynan shunday qismatga duchor bo‘ladi.

2. Ishga tushirish yoki StartupStageShunday qilib, investor topildi: mahsulotni bozorga chiqarish mumkin. Bozor sharoitida mahsulot o‘xshash mahsulotlardan ustunligi va afzalligini isbotlashi kerak. Ammo bu bosqichda raqiblarni dog‘da qoldirish unchalik ham oson emas. Startap yaratuvchilari qat’iyatli bo‘lishi, ijodiy fikrlashi va ishbilarmonlik namoyon etishi kerak. Aynan shu jarayonda loyiha eng katta tavakkalchilikka uchraydi. Agar maqsadli auditoriya befarq bo‘lib qolsa, bu hikoyaga shu erda xotima yasaladi.



3. O‘sish yoki GrowthStage. Faraz qilaylik, loyiha raqobat kurashida omon qoldi. Mahsulotga talab yuqori va u ishlab chiqaruvchilar mo‘ljal olgan bozorni asta- sekin egallab olmoqda. Demak, zararsizlik nuqtasiga chiqish va investorlarga qandaydir foyda keltiradigan vaqt kelgan. 4. Kengayish yoki ExpansionStage. Biznes-rejada aks ettirilgan maqsadlarga nihoyat erishildi. Biroq ishlab chiquvchi-kompaniya bu bilan to‘xtab qolmaydi – u o‘z “farzandi”ni yangi bozorlarga ilgari surishni davom ettiradi. Uning pozitsiyasiga endi hech narsa tahdid solmaydi: uni tanishadi, mahsulotlari uchun barqaror talab mavjud, daromadlari esa tobora o‘sib bormoqda.

  • 3. O‘sish yoki GrowthStage. Faraz qilaylik, loyiha raqobat kurashida omon qoldi. Mahsulotga talab yuqori va u ishlab chiqaruvchilar mo‘ljal olgan bozorni asta- sekin egallab olmoqda. Demak, zararsizlik nuqtasiga chiqish va investorlarga qandaydir foyda keltiradigan vaqt kelgan. 4. Kengayish yoki ExpansionStage. Biznes-rejada aks ettirilgan maqsadlarga nihoyat erishildi. Biroq ishlab chiquvchi-kompaniya bu bilan to‘xtab qolmaydi – u o‘z “farzandi”ni yangi bozorlarga ilgari surishni davom ettiradi. Uning pozitsiyasiga endi hech narsa tahdid solmaydi: uni tanishadi, mahsulotlari uchun barqaror talab mavjud, daromadlari esa tobora o‘sib bormoqda.

  • 5. Chiqish yoki ExitStage. Kompaniya o‘z taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisiga erishgach, loyihani moliyalashtirgan investorlar bu biznesda o‘z ulushlaridan voz kechadi va uni yanada yirik o‘yinchilarga sotib yuborishadi. Bu tadbir ularga yaxshi foyda keltiradi. Aytish joizki, aynan shu lahza uchun ham ular istiqbolli tashabbuslarga mablag‘ joylashtirishadi. Umuman olganda, ayrim investorlar o‘z ulushlarini saqlab qolishi va undan doimiy daromad manbai sifatida foydalanishi ham mumkin.

Yüklə 20,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin