10-ma’ruza: elektron pedagogika va uning o`ziga xos xususiyatlari. Ma’ruza mashg’uloti rejasi


Kompyuter o‘yinlari orqali ta’lim berish



Yüklə 116,5 Kb.
səhifə6/9
tarix19.12.2023
ölçüsü116,5 Kb.
#186547
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10-MA`RUZA MASHG`ULOTI

Kompyuter o‘yinlari orqali ta’lim berish.
Faraz qilamiz – o‘quvchi restoranga keladi va smartfonini ochib,
undagi Foursquare o‘yinini ochadi va unda o‘ynay boshlaydi. Biroz
vaqtdan so‘ng u qandaydir natijalarga erishib, tegishli ochko va medal
oladi. Bunga qiziqqan holda u o‘z o‘yinini yana davom ettiradi va
diqqat qiling: u bu vaqtda o‘yinlar orqali beriladigan bilimlarni
egallash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shunga o‘xshash o‘yin
mexanikasidan o‘yin bo‘lmagan holatlarda ham foydalanish jarayoni
geymifikatsiya deb nomlangan va bu atama bir necha yillardan buyon
jahondagi ko‘pchilik biznes jamoalarda ishlatiladi. Djeyn Makdonal
o‘zining «Reality Is Broken: Why Games Make us Better and How they
Can Change the World – Nega o‘yinlar bizni yaxshiroq qila oladi va
ular qanday qilib dunyoni o‘zgartira oladi?» deb nomlangan kitobida
2016 yillarga kelib, geymifikatsiya bozorining kattaligi 15 milliard
dollarga yetib, u inson faoliyatining barcha sohalariga, shu jumladan,
ta’limga ham kirib borishini ko‘rsatgan. Geymifikatsiya inson
miyasining bajarilgan ish uchun mukofotlanishni juda yaxshi ko‘rishi
xossasiga asoslangan. Bunga ishonch hosil qilish uchun ijtimoiy
saytlardagi turli xil o‘yinlarga nazar solish kifoya, chunki ularda turli
xildagi mukofotlanishlar va taqdirlanishlar keng yo‘lga qo‘yilgan.
Zynga kompaniyasi bu ishni amalga oshirgan holda milliardlab dollar
pul ishlab olganini eslatish mumkin. Geymifikatsiya tarafdorlari o‘yin
elementlarini insonning har kunlik hayot tarziga maksimal ravishda
integratsiya qilishni taklif qiladilar. Shunda ularning tegishli sohalarda
bilim olishlari va tarbiyalanishlari ancha osonlashadi. Umuman
aytganda, ta’limni kompyuter yordamisiz geymifikatsiyalash jarayoni
allaqachonlar amalga oshgan deyish ham mumkin. Chunki agar
o‘quvchi masalani to‘g‘ri yechgan bo‘lsa, uni yaxshi baho bilan
taqdirlaydilar, aks holda esa uni yomon baho bilan jazolaydilar. Har bir
o‘quv yilining oxirida yaxshi o‘quvchilar maqtov yorliqlari bilan
mukofotlanadilar, yomon o‘quvchilar esa sinfda qoldiriladilar. Ammo
bunda geymifikatsiyani optimal ravishda amalga oshirish uchun ko‘p
zahiralar, mablag‘, vaqt va juda ko‘p sonli o‘qituvchilar talab qilingani
tufayli geymifikatsiyani kompyuter dasturiy-texnik vositalari va
Internet yordamida boshqacharoq usullarda, ko‘rinishlarda yoki
boshqacharoq tartibda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘lar
ekan. Misol sifatida dasturlash asoslarini o‘rganish bo‘yicha interaktiv
kurslarni o‘z ichiga olgan Codeacademy ni ko‘rsatishimiz mumkin.
Undagi kurslar maksimal ravishda qisqa topshiriqlarga bo‘lingan
bo‘lib, o‘quvchining eng kichik muvaffaqiyatga erishishi ham juda
yaxshi taqdirlanadi. Bu esa o‘quv materiali uning yodida qolishiga va
yaxshi o‘zlashtirishiga olib keladi. Ushbu sayt 2012 yilda tuzilib, yil
oxirida unda 500 mingdan ortiq inson qayd etilgan edi. Ularning
taxminan chorak qismi kurslarning oxirigacha bora oldi. Codeacademy
hozircha tekin, ammo kelajakda qo‘shimcha mashg‘ulotlar uchun pul
ola boshlashi va iste’dodli dasturchilarni turli xil kompaniyalar uchun
topib bera oladigan vositachi bo‘lib, yaxshigina pul topishi ham
mumkin. Bu tizimning yaratuvchilari Kolumbiya universitetining
bitiruvchilari bo‘lib, ular Union Square Ventures va CrunchFund
kompaniyalaridan uch million dollar atrofidagi investitsiyalarni jalb
qila olganlar. Khan Academy da esa geymifikatsiya saytning ishlash
mantiqiga chuqur joylashtirib qo‘yilgan. Bu akademiyada misollarni
yechganlik uchun beriladigan beydjiklardan tashqari, har bir mavzu
uchun o‘quvchining bilim darajasi ko‘rsatiladi va buning asosida
sinfning reytingi chiqariladi. Bu esa sinfdagi (guruhdagi) o‘quvchilar
orasida o‘zaro sog‘lom raqobatning vujudga kelishiga yordam beradi.

Yüklə 116,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin