2-ma’ruza. Alternativ energiya manbalari va turlari


Quyosh priyomniklarining ish harorati o’zgartirgichlarning



Yüklə 493,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix29.03.2023
ölçüsü493,94 Kb.
#91273
1   2   3   4   5   6
Energiya

Quyosh priyomniklarining ish harorati o’zgartirgichlarning 
haqiqiy foydali ish koeffisiyenti 
Quyosh priyomnikining haqiqiy ish harorati 
Yuqorida ko’rsatilgan muvozanatlovchi harorat maksimal 
qiymatlarni namoyon etadi. 
Biroq quyosh priyomniklarining haqiqiy ish harorati haqiqiy 
issiqlik balansidan aniqlanishi lozim, bunday harorat esa 
muvozanatlovchi haroartdan ancha past. 
Haqiqiy qurilmada issiqlik balansining muhim qismlaridan biri 
foydali (effektiv) ishlatilgan issiqlikdir. Bunday issiqlik nur 
o’zgartirgichlari uchun issiqlik yo’qotilishlarining bir turi hisoblanadi. 
Shu tariqa, haqiqiy ish harorati – bu nafaqat zararli issiqlik 
yo’qotishlarini, balki foydali ishlatilgan issiqlikni hisobga olish orqali 
aniqlangan muvozanatlovchi haroratdir.
Demak, foydali ishlatilgan issiqlik miqdori o’sishi natijasida ish 
harorati atrof-muhit haroratiga intilgan holda pasayadi, issiqlik FIK esa 
o’sib boradi. 
 


Quyosh priyomniklarining issiqlik FIK 
Foydali ishlatilgan issiqlik hamda quyoshdan kelayotgan issiqlik 
o’rtasidagi munosabat bilan aniqlanuvchi issiqlik FIK, quyosh 
proiyomnigidan maksimal issiqlik olish sharti bajarilganda maksimal
qurilmaning salt yurishida esa minimal bo’ladi.
 
Quyosh termodinamik o’zgartkichlarining optimal ish harorati 
Quyosh 
nurlarini 
termodinamik 
o’zgartirgichi 
quyosh 
priyomnikining foydali ishlatilgan issiq energiyasini Karno sikli FIK dan 
yuqori bo’lmagan FIK bilan o’zgartiradi. Ushbu ikki muhim 
parametrlarning o’zaro aloqasi berilgan haroratda qurilma tomonidan 
o’zgartirilayotgan quvvatning maksimal qiymatga ega bo’lishiga olib 
keladi. 
 
Quyosh nurlanishining spektri 
 
1.4 – rasmda atmosferadan tashqaridagi (AM 0) va yerdagi (AM 
1,5) standartlashtlashtirilgan quyosh nurlanishining yutuvchi yuzaga 
perpendikulyar tushishida foton oqimlarining spektral taqsimoti 
keltirilgan. [3] 


1.4 – rasm. Quyosh nurlanishidagi foton oqimlarining spektral 
taqsimoti:
1– atmosferadan tashqaridagi nurlanish (AM 0); 2 – yerdagi 
standartlashtirilgan nurlanish (AM1,5); 3 – T
s
=5800K haroratda 
absolyut qora jismning nurlanish spektri.
Shtrixlangan soxa - kremniyli fotoelementlar tomonidan foydali 
ishlatilgan fotonlar. 
To’lqin uzunligi

bo’lgan fotonlar energiyasi (e)V quyidagi 
munosabat orqali aniqlanadi: 
,
bunda h– Plank doimiysi, 6,626196(50)·10
-34
Dj·s; c – yorug’lik 
tezligi, 

– to’lqin uzunligi, mkm. 
Taqiqlangan soha kengligi Eg bo’lgan quyosh elementi materiali 
tomonidan yutilishga boshlaydigan to’lqinning chegaraviy uzunligi:

Bundan uzun to’lqinli nurlanishlar yarimo’tkazgich tomonidan 
yutilmaydi, ya’ni fotoelektr o’zgartirish nuqtai nazardan befoydadir. 
Taqiqlangan soha energetik sathlarning yo’qligi bilan tavsiflanadi, 
turli materiallar uchun taqiqlangan soha kengli turlichadir. 
 

Yüklə 493,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin