2-ma’ruza. Biologiya o’qituvchisining innovatsion faoliyati. Ta’lim jarayonida demokratlashtirish texnologiyasidan foydalanish. Ta’limni differentsiallashtirish texnologiyasidan foydalanish yo’llari


BIOLOGIK TA’LIMNI DIFFERENSIALLASHTIRISH VA INDIVIDUALLASHTIRISH TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH YO’LLARI



Yüklə 312,5 Kb.
səhifə3/4
tarix20.10.2022
ölçüsü312,5 Kb.
#65603
1   2   3   4
2-ma’ruza. Biologiya o’qituvchisining innovatsion faoliyati. Ta’

BIOLOGIK TA’LIMNI DIFFERENSIALLASHTIRISH VA INDIVIDUALLASHTIRISH TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH YO’LLARI

  • Differensiya lotincha («difference») so'zidan olingan bo'lib, u yaxlit narsani turli darajadagi shakl va bo'limlarga ajratish ma’nosini beradi. Ta’limni differensiallashtirish:
  • 1. O'quvchilarni o'quv jarayoni uchun ahamiyatli bo'lgan xususiyatlariga ko'ra guruhlarga ajratib tashkil etiladigan o'quv jarayonining ma’lum bir shakli;
  • 2. O'quv jarayonini tashkil etish didaktik tizimining bir qismi bo'lib, unda tahsil oluvchilarning har xil darajadagi guruhlarida maxsus o'qitish jarayoni tashkil etilishini ta’minlaydi.
  • Differensial ta’lim texnologiyasi o'quv jarayonining muayyan qismining didaktik maqsadini amalga oshirishga imkon beradigan mazmun, vosita, metod va shakllarining majmuasidir. Bu texnologiyaning asosiy mohiyati o'qitish jarayonini tabaqalashtirish ustuvor jihati bo'lib, unda har bir shaxsning imkoniyati va qobiliyatiga yarasha o'qitish, o'quvchilami har xil guruhlarda ishlashga o'rgatish sanaladi.
  • O'qitishning barcha shaklida differensiallashtirish uchraydi, tabaqalashtirish mavjud, shu sababli mazkur texnologiya ta’lim jarayoniga «singib» ketuvchi texnologiya sanaladi. Mazkur texnologiyaning afzalliklari:
  • 1. O'qituvchi o'quvchilami egallagan bilimi, o'zlashtirish sur’atini e’tiborga olgan holda yordam berish imkoniyati vujudga keladi.
  • 2. O'quvchilarning tahsil olish sur’ati va bilimlarni o'zlashtirish sifati ortadi.
  • 3. Shaxsda mavjud «Men» konsepsiyasining darajasi ortadi, bilimi kuchli o'quvchilarning o'zlarining qobiliyatlarini namoyon qilish, o'lashtirishi past bo'lgan o'quvchilarda bilish quvonchiga ega bo'lishiga olib keladi.
  • 4. O'quvchilarning tahsil olishga bo'lgan qiziqishi, ehtiyoji ortadi.
  • 5. 0‘quvchilarning har xil tabaqadagi (gomogen, geterogen) kichik guruhlarda ishlashiga imkon yaratiladi.
  • Biologiya o'qituvchisi o'qitishni differensiallashtirish uchun muayyan bir mavzu bo'yicha uch xil darajadagi:
  • A — ijodiy, В — izlanish, С — reproduktiv xarakterdagi o'quv topshiriqlarini tuzadi.
  • Bu o'quv topshiriqlarda ikkita yo'nalish nazarda tutiladi:
  • O'quvchilarning muayyan darajadagi bilim, ko'nikma va malakalami egallashi;
  • 2. O'quvchilarning tahsil olishdagi mustaqilligini ta’minlash;
  • A — variantdagi o'quv topshiriqlari o'rtacha o'zlashtiradigan o'quvchilarga mo'ljallangan bo'lib, u o'quvchilarning DTS bilan me’yorlangan bilim va ko'nikmalarni egaUashlarini ta’minlaydi. Shuning uchun ushbu o'quv topshiriqlami bajarish bo'yicha ko'rsatmalarda e’tibomi nimalarga qaratish kerakligi, qanday xulosa chiqarish yo'llari aniq belgilab qo'yilishi lozim.

Yüklə 312,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin