2-ma’ruza. Biologiya o’qituvchisining innovatsion faoliyati. Ta’lim jarayonida demokratlashtirish texnologiyasidan foydalanish. Ta’limni differentsiallashtirish texnologiyasidan foydalanish yo’llari


Ta’lim-tarbiyaga an’anavaiy va noan’anaviy yondashuvlar



Yüklə 312,5 Kb.
səhifə2/4
tarix20.10.2022
ölçüsü312,5 Kb.
#65603
1   2   3   4
2-ma’ruza. Biologiya o’qituvchisining innovatsion faoliyati. Ta’

Ta’lim-tarbiyaga an’anavaiy va noan’anaviy yondashuvlar

  • Hozirda ta’lim-tarbiyaga asosan an’anaviy va noan’anaviy (zamonaviy-tizimli, texnologik, tadqiqiy-ijodiy) yondashuvlar mavjud.
  • An’anaviy yondashuvning asosiy xususiyati – o’qituvchi ma’lum axborotni gapirib, tushuntirib beradi, o’quvchi (talaba) esa bu bilimni xotirasida saqlaydi. Bunda «bilim» tushunchasi xotirada saqlanadigan axborot ma’nosida tushuniladi. O’quvchining bilim darajasi imtihonda shu axborotga doir savolga bergan javobiga qarab aniqlanadi.
  • Tizimli yondashuv haqida gapirishdan oldin «tizim» tushunchasiga to’xtalib o’tsak. Tizim so’zi – tuzilma, qismlardan tuzilgan, birikkan narsa yoki hodisa ma’nosini anglatadi. Kibernetik tizim, axborotlar tizimi, ijtimoiy munosabatlar tizimi, harakatlar tizimi, pedagogik tizim kabi tushunchalar ham ishlatiladi.
  • «Tizimli yondashuv ilmiy bilish metodologiyasi va pedagogik amaliyotning bir yo’nalishi sifatida universal tavsifga ega pedagogikada keng qo’llaniladi, ta’lim-tarbiyaga ham pedagogik tizim sifatida qarash lozim»
  • Ta’lim ishiga texnologik yondashuv quyidagilarni nazarda tutadi:
  • - o’qish-o’qitish jarayonini o’zaro uzviy bog’liq bosqichlar, fazalar, amallarga ajratish, bo’lishni;
  • - ta’limdan kutilgan natijaga erishish uchun bajariladigan harakatlarni muvofiqlashtirish, ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshirishni;
  • - loyihalashtirilgan ishlar, amallarning barchasini birdek bajarishni.
  • Bunday yondashuv asosan reproduktiv ta’limga xos bo’lib, reproduktiv ta’lim tipik vaziyatlarda biror ish-harakatni oldindan bashorat qilingan qoidalar asosida bajarishdir. Reproduktiv daraja uchun pedagogik texnologiya usulida ta’lim takror ishlab chiqiladigan konveyrli jarayon sifatida tashkil etiladi, undan kutiladigan natija ham aniq belgilab qo’yiladi.
  • Ta’lim-tarbiya jarayoniga qo'yilgan buyurtmalami bajarish, awalo, ta’lim jarayonini differensiallashtirish va individuallashtirish, pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuvni talab etadi. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish texnologiyasi o ‘zida falsafa, psixologiya va pedagogikaning insonparvarlik g'oyalarini mujassamlashtiradi. Ushbu texnologiya diqqat markazida o'z imkoniyatlarini maksimal darajada amaliyotga qo'llaydigan, ijodiy va ijtimoiy faol, turli hayotiy vaziyatlarni anglab tahlil qiladigan, mo'ljalni ongli ravishda mustaqil, to'g'ri oladigan shaxsni shakllantirish g'oyasi turadi.
  • Mazkur texnologiyaning asosiy jihati har bir shaxsda mavjud bo'lgan uning ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatlari asosida, shaxsda ijobiy fazilat va xislatlarni shakllantirish va rivojlantirish sanaladi. Shu sababh ta’lim mazmuni insonparvarlikka yo'naltirilgan gumanistik g'oya va me’yorlami o'zida mujassamlashtiigan bo'lishi lozim. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish texnologiyasi orqali pedagogik jarayonda hamkorlik, g'amxo'rlikning vujudga kelishi, o'quvchilar shaxsini hurmat qilish va e’zozlash orqali shaxsning tahsil olishi, ijod qilish va o'z-o'zini rivojlantirishiga qulay ijtimoiy va psixologik muhit yaratiladi. Mazkur jarayonda o'quvchi o'z o'quv faoliyatining subyekti sanaladi va o'qituvchi bilan yagona ta’lim jarayonining ikkita subyekti hamkorlikda o'quv-tarbiyaviy vazifalarni hal etadi.
  • Demokratlashtirilgan jarayonni insonparvarlashtirish o'quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadini amalga oshirish, tahsil oluvchilarning o'quvbilish va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, o'quv mehnatining xarakteri va mazmunini o'zgartiradi va shaxsning uyg'unlikda rivojlanishiga qulay psixologik muhit yaratadi. O'qitish jarayonini demokratlashtirishning tub mohiyati o'quvchilarning o'quv-bilish faoliyatini tashkil etishda ularga tanlash imkoniyati berilishidir. Biologiya o'qituvchisi o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etishda o'quvchilarning xohishiga ko'ra individual tarzda, juftlikda yoki kichik guruhlarda tashkil etishi lozim.

Yüklə 312,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin