2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo’nalishlari Reja



Yüklə 101,18 Kb.
səhifə18/57
tarix02.01.2022
ölçüsü101,18 Kb.
#41019
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   57
2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi asosiy muammolari va yo’nalishlari (1)

Stixiyali dialektika. Qadimgi mutafakkirlar ziddiyatlilik va o’zgaruvchanlik fikr-mulohazalardagina emas, balki real borliqda ham mavjud ekanligini payqaganlar. Bu dalilning tagiga etgan ilk mutafakkirlardan biri efeslik Geraklit bo’lgan. U dunyoni «jonli olov» yoki «ikki marta kirish» mumkin bo’lmagan daryo oqimi sifatida tasavvur qilgan. Harakatchan dunyoda zamon o’tishi bilan hamma narsa o’zining dastlabki shakl-shamoyilini yo’qotadi va asta-sekin o’zining qarama-qarshiligiga o’tadi: ho’l narsa quriydi, quruq narsa esa nam tortadi; bir narsa boshqa narsaga: sovuq issiqqa, tirik o’likka o’tadi. Bu mulohazalarda hozirgi talqindagi dialektikaning asoslari mujassamlashgan. SHu sababli qadimgi faylasuflarning stixiyali dialektikasi dialektikaning tarixan birinchi shakli deb hisoblanadi. Stixiyali dialektika borliq va bilishning jarayonlar mohiyatini anglab etishga asoslanmagan sodda dialektikadir.

O’rta asrlarda metafizika falsafadan dialektikani siqib chiqargan. Natijada dialektika odamlar ongiga diniy dunyoqarashni singdirish va mustahkamlash uchun hukmron sinflar faol foydalangan sofistika va sxolastikaga aylangan.




Yüklə 101,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin