2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi asosiy muammolari va yo’nalishlari (1)
Fanlararo tadqiqot metodlari–asosan fan sohalari tutashgan joyda amal qiladigan (metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar kompleks ilmiy dasturlarni amalga oshirishda keng qo’llaniladi.
Falsafa metodlari. Falsafa metodlarining asoslari bevosita amaliy faoliyat bilan bog’liq. Turli konkret vazifalarni hal qilishning zaruriy shartlaridan biri universal xususiyatga ega bo’lgan umumiy falsafiy metodlarga murojaat qilishdir. Bu metodlar haqiqatni anglashda umumiy yo’lni ko’rsatadi. Mazkur metodlarga falsafaning qonun va kategoriyalari, kuzatish va tajriba, taqqoslash, analiz, sintez, induksiya, deduksiya va h.k.lar taalluqli. Agar maxsus metodlar ob’ektning qonuniyatlarini o’rganishning xususiy usullari sifatida namoyon bo’lsa, falsafiy metodlar shu ob’ektlarda namoyon bo’ladigan, alohida xususiyatlardagi harakat, taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlarini o’rganadi. Aynan shu o’rinda tajriba hal qiluvchi ahamiyatga ega. Har bir metod ob’ektning alohida tomonini bilishga imkoniyat yaratadi. Falsafaning eng qadimgi keng tarqalgan metodlardan biri dialektika bo’lsa, ikkinchisi metafizikadir. Biroq falsafa metodlari bular bilan
1 Қаранг: Малюкова О.В. Материя, пространство и время с точки зрения физики ХХ века / Онтология, гносеология, логика и аналитическая философия. – СПб.: 1997. – С.93.
2 Қаранг: Современный философский словарь / Под ред. В.Е.Кемерова. – М.: 2004. – С.497.
3 Гегель Г.В. Энциклопедия философских наук. Соч. Т. 1. -М.: – С.145
4 Гегель Г.В. Наука логики. Т. 1. – М.: 1970. – С. 467.
5 Қаранг.С.М.Ҳотамий. Ислом тафаккури тарихидан. -Т.: Минҳож, 2003.- Б.74
6 Қаранг.С.М. Ҳотамий Ислом тафаккури тарихидан. –Т.: Минҳож, 2003.-Б.126