2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo’nalishlari Reja



Yüklə 101,18 Kb.
səhifə53/57
tarix02.01.2022
ölçüsü101,18 Kb.
#41019
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi asosiy muammolari va yo’nalishlari (1)

Ob’ektiv haqiqatbilimlarimizning inson insoniyatga bog’liq bo’lmagan mazmuni. Bizning bilimlarimizda doim yo muayyan odamga, yo muayyan ijtimoiy guruhga bog’liq bo’lgan unsur mavjud bo’ladi. Binobarin, o’z bilimlarimizda sub’ektiv unsurlarga bog’liq bo’lmagan va shu sababli ob’ektiv hisoblanadigan mazmunni qayd etishimiz lozim. Ob’ektiv haqiqat rivojlanib, ikki shakl: nisbiy va mutlaq haqiqat shakllarida amal qiladi.

Mutlaq haqiqatpredmetni kelajakda to’ldirilishi yoki unga aniqlik kiritilishi mumkin bo’lmagan tarzda to’la, mukammal bilishdir. Olam vaqt va makonda cheksizligi tufayli bunday bilimga amalda erishish mumkin emas. Haqiqat tushunchasini mutlaq haqiqat tushunchasi bilan tenglashtirib, biz unga erishib bo’lmasligi, demak, umuman bilish mumkin emasligi haqida gapiramiz. Biroq fanning haqiqiy tarixi buning teskarisidan dalolat beradi: fan rivojlanadi, chunki u nisbiy va mutlaq bilimning birligi sifatida tushuniladigan haqiqatni bilishga qodir. Boshqacha aytganda, ob’ektiv haqiqat to’la va mukammal ko’rinishdagi mutlaq haqiqatdir. Ayrim hollarda, agar haqiqat vaqt o’tishi bilan o’zgarmasa, ya’ni vqat shart-sharoitlariga bog’liq bo’lmasa, u boqiy haqiqat deb ataladi.

Nisbiy haqiqatborliqni asosan to’g’ri aks ettirsa-da, obraz ob’ektga uncha mos emasligi bilan ajralib turadigan bilim. Nisbiy haqiqat to’g’ri, biroq noto’liq, taxminiy, vaqt va joyning muayyan tarixiy shart-sharoitlari bilan cheklangan haqiqatdir.

Nisbiy va mutlaq haqiqat bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Nisbiy haqiqatlar bilish taraqqiyoti jarayonida rivojlanib, o’z chegarasi bo’lgan mutlaq haqiqatga yaqinlashadi.




Yüklə 101,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin