2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo’nalishlari Reja


"Metod" va "metodologiya" tushunchalari



Yüklə 101,18 Kb.
səhifə54/57
tarix02.01.2022
ölçüsü101,18 Kb.
#41019
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi asosiy muammolari va yo’nalishlari (1)

"Metod" va "metodologiya" tushunchalari. Metod (yunon. metods — usul) keng ma’noda yo’l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma’nolarni anglatadi. Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega — faoliyatda qo’llaniladigan ma’lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san’atda va h.k.); tizim haqidagi ta’limot yoki metod nazariyasi.

Hozirgi davrda metodologiya faqat ilmiy bilish sohasi bilan cheklanishi mumkin emasligi ayon bo’ldi va y albatta, bilish chegarasidan chiqishi va o’z sohasida amaliyotda ham qo’llanishi zarur. Bunda bilish va amaliyotning uzviy aloqadorligiga e’tibor qaratmoq kerak.



Metodologiya faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta’minlovchi boshqa vositalarni ham o’rganadi. Tamoyil, qoida va ko’rsatmalar, shuningdek, kategoriya hamda tushunchalar mana shunday vositalar jumlasiga kiradi. Nomuvoziy, beqaror dunyo sharoitlarida voqelikni metodologik o’zlashtirishning o’ziga xos vositalarini ajratish fan rivojlanishining «postnoklassik», deb nomlangan hozirgi bosqichida ancha dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va usullari, uning natijalarini asoslash yo’llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va shakllarini o’rganadi. SHuningdek, metodologiya metodlar yig’indisi va faoliyat turi haqidagi ta’limotdir.

Fan metodlarima’lum fan tarmog’iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda vujudga kelgan muayyan fan sohasida qo’llaniladigan usullar tizimi. Har bir fundamental fan, mohiyat-e’tibori bilan, o’z predmetiga va o’ziga xos tadqiqot usullariga ega bo’lgan sohalar majmuidir. Fanda, ko’p hollarda tanlangan metod tadqiqotning taqdirini hal qiladi. Aynan bir daliliy materialni turli metodlar asosida o’rganish ziddiyatli xulosalarga olib kelishi mumkin. Ilmiy bilishdagi to’g’ri metodni xarakterlar ekan, F.Bekon uni yo’lovchining yo’lini yorituvchi chiroq bilan qiyoslaydi. Noto’g’ri yo’ldan bora turib, y yoki bu masalani hal qilishda muvaffaqiyatga erishishga umid qilish mumkin emas. 3epo nafaqat natija, balki unga eltuvchi yo’l ham to’g’ri bo’lmog’i lozim.

Fan metodlarining guruhlarga bo’linishi bir nechta asoslarga ega. Bilish jarayonida uning roli va o’rni nuqtai nazaridan: formal, empirik, nazariy tadqiqot, izohlash, shuningdek, boshqa metodlarga ajratish mumkin. O’z navbatida, bilishning sifat va son, bilvosita va bevosita original hamda faoliyatli metodlari ham mavjud. Metodlarni tanlash va turli metodik tadqiqot faoliyatida qo’llash o’rganilayotgan hodisa tabiati va qo’yilgan vazifalar bilan xarakterlanadi.


Yüklə 101,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin