“Maple” dasturida grafiklar bilan ishlash Maple muxitining grafik imkoniyatlari plot buyrug‟i va uning parametrlari. Bir o‟zgaruvchili f(x) funksiyaning grafigini (Ox o‟qi bo‟yicha a<=x<=b intervalda va Oy o‟qi bo‟yicha c<=y<=d intervalda ) yasash uchun plot buyrug‟i ishlatiladi. Uning umumiy ko‟rinishi quyidagicha: plot(f(x), x=a..b, y=c..d, parametr), bu yerda parametr – tasvirni boshqarish parametrlari. Agar u ko‟rsatilmasa jimlik bo‟yicha o‟rnatishdan foydalaniladi. Shu bilan birga tasvirlarga tuzatishlar kiritish vositalar paneli orqali ham amalga oshiriladi. plot buyrug‟ining asosiy parametrlari:
MathCAD da xususiy hosillalar 1) title=”text”, bu yerda text-rasm sarlavhasi.
2) coords=qutb –polyar koordinatani o‟rnatish.
3) axes – koordinata o‟qlari turlarini o‟rnatish: axes=NORMAL – oddiy o‟qlar; axes=BOXED – ramkada shkalali grafika; axes=FRAME – rasmning quyi chap burchagi markazi bo‟lgan o‟qlar; axes=NONE – o‟qsiz.
4) scaling – tasvir masshtabini o‟rnatish: scaling=CONSTRAINED –o‟qlar bo‟yicha bir xil masshtab; scaling=UNCONSTRAINED – grafik oyna o‟lchovi bo‟yicha masshtablanadi.
5) style=LINE(POINT) – chiziqlar (yoki nuqtalar) bilan chiqarish.
6) numpoints=n – grafikaning hisobga olinadigan nuqtalari (jimlik qoidasi bo‟yicha n=49).
7) solor – chiziq rangini o‟rnatish: rangning inglizcha nomi, masalan, yellow – sariq va h.
8) xtickmarks=nx va ytickmarks=ny – mos ravishda , Ox va Oy o‟qlari bo‟yicha belgilar soni.
9) thickness=n, gde n=1,2,3… - chiziq qalinligi (jimlik bo‟yicha n=1).
10) linestyle=n – chiziq turi: uzluksiz, punktirli va h. (n=1 – uzluksiz).
11) symbol=s – nuqtalar orqali hosil bo‟ladigan belgi turi: BOX, CROSS, CIRCLE, POINT, DIAMOND.
12) font=[f,style,size] – matnni chiqarish uchun shrift turini o‟rnatish: f shriftlar nomini beradi:
TIMES, COURIER, HELVETICA, SYMBOL; style shrift stilini beradi: BOLD, ITALIC, UNDERLINE; size – pt da shrift o‟lchovi.
13) labels=[tx,ty] – koordinata o‟qlari yozuv: tx – Ox o‟qi bo‟yicha va ty – Oy o‟qi bo‟yicha.
14) discont =true – cheksiz uzilishlarni yasash uchun ko‟rsatma. plot buyrug‟i yordamida y=f(x) funksiya grafigi bilan birga, ochiq ko‟rinishda , parametrik berilgan y=y(t), x=x(t) funksiyalar grafigini ham hosil qilish mumkin: plot([y=y(t), x=x(t), t=a..b], parameters).
Tasvirda matnli izohlarni chiqarish. Plots paketida rasmda matnli izohlarni chiqarish textplot buyrug‟i mavjud: textplot([xo,yo,‟text‟], options), bu yerda xo, yo – ‟text‟ matnini chiqarish boshlanadigan nuqtalar koordinatalari. Tengsizlik bilan berilgan ikki o‟lchovli sohani hosil qilish. Agar f1(x,y)>c1, f2(x,y)>c2,…,fn(x,y)>cn tengsizliklar sistemasi bilan berilgan ikki o‟lchovli sohani hosil qilish uchun inequal buyrug‟i ishlatiladi. inequals({f1(x,y)>c1,…,fn(x,y)>cn}, x=x1…x2, y=y1..y2, options) buyrug‟ida figurali qavs ichida sohani aniqlovchi tengsizliklar sistemasi, so‟ngra esa koordinata o‟qlariningg o‟lchovlari va parametrlari ko‟rsatiladi. Parametrlar ochiq va yopiq chegaralar rangini, sohaning ichki va tashqi rangini hamda chiziq chegarasining qalinligini aniqlaydi: optionsfeasible=(color=red) – ichki soha rangini o‟rnatadi; optionsexcluded=(color=yellow) – tashqi soha rangini o‟rnatadi; optionsopen(color=blue, thickness=2) – ochiq chegara chizig‟ining qalinligi va rangini o‟rnatadi; optionsclosed(color=green,thickness=3) – yopiq chegara chizig‟ining qalinligi va rangini o‟rnatadi;
Savol Masalan: 1) y=20-x funksiyaning grafigini “Maple” dasturida quyidagicha kiritiladi. >with(plots): > implicitplot(x-y=20, x=-20..20, y=-16..16,color=green, thickness=2); Natija qanday bo`ladi?
Masalan: 1) y=sin(x) funksiyaning grafigini “Maple” dasturida quyidagicha kiritiladi. >plot(sin(x), x=Pi..Pi,labels=[x,y],thickness=2); Natija: Enter tugmasini bosganda natija qanday bo`ladi: