Tafakkurning asosiy shakllari. Tafakkur jarayonining oqilona mazmuni tarixiy rivojlanish jarayonida yaratilgan mantiqiy shakllar qobig’iga o’raladi. Tafakkur o’zining asosiy shakllari – tushunchalar, mulohazalar va xulosalar ko’rinishida yuzaga kelgan, rivojlanmoqda va amalga oshirilmoqda.
Intuitsiya – haqiqatni mantiqiy dalillar yordamisiz, bevosita anglab etish qobiliyatidir. U doim inson aqli va joni birgalikda amalga oshirgan katta ish mahsuli hisoblanadi. SHu ma’noda faqat iste’dodli, mehnatkash va tirishqoq odamlargina intuitiv bilishga qodir.
Intuitsiya muammosi falsafa va tabiatshunoslik tarixida har xil, ba’zan bir-birini istisno etuvchi yondashuvlar, nuqtai nazarlar va tasavvurlar bilan tavsiflanadi. Antik falsafadayoq bu muammo atrofida keskin bahslar bo’lgan. Ioniya falsafasi namoyandalari intuitsiyaga bevosita bilim, sezgi a’zolari orqali bilish shakli deb qaragan bo’lsalar, eley maktabi vakillari, shuningdek Levkipp va Demokrit bevosita bilim va sezgi a’zolari orqali bilishni rad etganlar, sezgilarni soxta deb e’lon qilganlar. Suqrot talqinida intuitsiya «daymoniy» yoki «predmet g’oyasiga egalik»dir. Platon ham hissiy bilishni haqiqat emas deb hisoblagan.
Haqiqat – bilish nazariyasining bosh kategoriyasi. U borliqning bilishdagi ideal ifodasi, chunki haqiqat ongdan, bilayotgan sub’ektdan tashqarida va undan qat’iy nazar mavjuddir. Haqiqat – bilimlarning ob’ektiv borliqqa muvofiq bo’lgan mazmuni. U bilish jarayoni, bilish in’ikosining natijasidir. Haqiqat ilmiy nazariyada mujassamlashgan anglab etilgan tasdiqlovchi mulohazalar ko’rinishida o’z ifodasini topadi. Har qanday ilmiy nazariya rivojlantirilishi, ba’zan boshqa, yanada haqiqiyroq nazariya bilan almashtirilishi lozim. SHu ma’noda haqiqat – bilish rivojlanishining yakuni va omilidir.
Dostları ilə paylaş: |