Kuzatish metodi



Yüklə 138,04 Kb.
səhifə1/33
tarix29.12.2021
ölçüsü138,04 Kb.
#48873
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Barcha fanlar kabi psixologiya fani ham o

Barcha fanlar kabi psixologiya fani ham o`zining tadqiqot ob`ektiga va o`z tadqiqot metodlariga ega. Psixologiyaning tadqiqot metodlari juda turli-tuman bo`lishiga qaramay ularning barchasi umumiy talablarga va qoidalarga bo`ysunadi. Bular tadqiqotning dialektik metod bilan, ob`ektiv ravishda olib borilishi va genetik printsipga amal qilishdir.

DIALEKTIK METODga ko`ra barcha psixik hodisalarni o`zgarishda va shu psixik hodisa bilan bog`liq bo`lgan boshqa narsa va hodisalarga bog`lab o`rganilishi shart.

Ilmiy psixologik metodlarning OB`EKTIVLIGI. Psixikani o`rganishda psixik hodisalar paydo bo`lishining ob`ektiv shart-sharoitlari va ob`ektiv nomoyon bo`lishlari tekshiriladi. Bu talab bajarilmasa maxsus tayyorgarlikka ega psixolog ham ilmiy jihatdan asosli ma`lumotlar to`play olmaydi.

GENETIK printsipga amal qilishning mohiyati shundan iboratki, o`rganilayotgan har qanday psixik hodisaga protsess tarzida qaraladi. O`rganilayotgan psixik faktning tarixini, taraqqiyot momentlarini, bu momentlarning o`rin almashishlarini o`rganishdan iborat.

Hozirgi zamon psixologiya fani bir qancha aniq, tekshirilib, sinovdan o`tkazilgan, samarali metodlarga ega. Ularning asosiylariga qisqa to`xtalib o`tamiz.



KUZATISH METODI - psixologiya fanida qadimdan keng qo`llanilib kelayotgan metodlardan biridir. Hayotiy psixologiyada aytarli barcha faktlar kuzatish yordamida to`planadi. Ular asosida dono xulosalar, maqollar, matallar to`plangan. Kuzatish metodining ikki turi farqlanadi: o`z-o`zini kuzatish va tashqi kuzatish.


Yüklə 138,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin