Kuzatish metodi


 Psixologiya fanining metodlari



Yüklə 138,04 Kb.
səhifə7/33
tarix29.12.2021
ölçüsü138,04 Kb.
#48873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
Barcha fanlar kabi psixologiya fani ham o

1.5. Psixologiya fanining metodlari

Aniq izlanish predmetiga ega bo’lgan har qanday fan o’sha predmetining mohiyatini yoritish va materiallar to’plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va ular fanning metodlari deb yuritiladi. Fanning salohiyati va obro’si ham birinchi navbatda o’sha metodlar yordamida to’plangan ma’lumotlarning ishonchliligi va validliligiga bog’liq bo’ladi. Bu fikrlar bevosita psixologiyaga ham aloqador bo’lib, metodlar masalasi bu fanda juda katta ahamiyatga molik masala sifatida qaraladi. Chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, psixik hodisalarni bevosita qo’l bilan ushlab, ko’z bilan ilg’ab, quloq bilan sezish qiyin. Lekin juda ko’plab fanlar bilan faol hamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning har bir





3-rasm. Psixologiya fanining asosiy metodlari

tarmog’i o’z vazifalarini yechish va ma’lumotlarga ega bo’lish uchun ko’plab metodlarni sinovlardan o’tkazib, eng ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan.

Matematik statistika va ehtimollar nazariyasining psixologiya sohasida qo’llanilishi va unda erishilgan muvaffaqiyatlar avvalo har bir metodning ishonchlilik darajasini aniqlash, qolaversa, to’plangan ma’lumotlarning qay darajada asosli va valid ekanligini isbotlashga yordam beradi.

3-rasmda5 asosiy psixologik metodlar va ularni qo’llash shakllari keltirilgan. Ushbu metodlar yordamida tadqiqotchi yoki qiziqqan shaxs u yoki bu psixik jarayon, xolat yoki shaxs xususiyatlari to’g’risida birlamchi ma’lumotlar to’playdi, to’plangan ma’lumot yana tahlil qilinadi va maxsus tarzda ishlatilishi mumkin.





Yüklə 138,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin