1.9. Bibliografiya
Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin. – T.: O’zbekiston, 1998. – B. 15.
Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir // “Fidokor” gazetasi, 2000 yil, 8 iyun.
Karimova V.M. Psixologiya. O’quv qo’llanma. – T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, “O’AJBNT” markazi, 2002. – 205 b
|
Barcha fanlar kabi psixologiya fani ham o`zining tadqiqot ob`ektiga va o`z tadqiqot metodlariga ega. Psixologiyaning tadqiqot metodlari juda turli-tuman bo`lishiga qaramay ularning barchasi umumiy talablarga va qoidalarga bo`ysunadi. Bular tadqiqotning dialektik metod bilan, ob`ektiv ravishda olib borilishi va genetik printsipga amal qilishdir.
DIALEKTIK METODga ko`ra barcha psixik hodisalarni o`zgarishda va shu psixik hodisa bilan bog`liq bo`lgan boshqa narsa va hodisalarga bog`lab o`rganilishi shart.
Ilmiy psixologik metodlarning OB`EKTIVLIGI. Psixikani o`rganishda psixik hodisalar paydo bo`lishining ob`ektiv shart-sharoitlari va ob`ektiv nomoyon bo`lishlari tekshiriladi. Bu talab bajarilmasa maxsus tayyorgarlikka ega psixolog ham ilmiy jihatdan asosli ma`lumotlar to`play olmaydi.
GENETIK printsipga amal qilishning mohiyati shundan iboratki, o`rganilayotgan har qanday psixik hodisaga protsess tarzida qaraladi. O`rganilayotgan psixik faktning tarixini, taraqqiyot momentlarini, bu momentlarning o`rin almashishlarini o`rganishdan iborat.
Hozirgi zamon psixologiya fani bir qancha aniq, tekshirilib, sinovdan o`tkazilgan, samarali metodlarga ega. Ularning asosiylariga qisqa to`xtalib o`tamiz.
KUZATISH METODI - psixologiya fanida qadimdan keng qo`llanilib kelayotgan metodlardan biridir. Hayotiy psixologiyada aytarli barcha faktlar kuzatish yordamida to`planadi. Ular asosida dono xulosalar, maqollar, matallar to`plangan. Kuzatish metodining ikki turi farqlanadi: o`z-o`zini kuzatish va tashqi kuzatish.
Dostları ilə paylaş: |