7 -mavzu. Falsafaning qonun va kategoriyalari



Yüklə 44,28 Kb.
səhifə1/16
tarix07.10.2023
ölçüsü44,28 Kb.
#153009
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
7 (3)


7 -mavzu. Falsafaning qonun va kategoriyalari
Reja:


1.Qonun tushunchasi
2.Qonunlarning turlari.
3-Falsafa kategoriyalar: tushunchasi va mohiyati


TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR:
Rivojlanish, taraqqiyot, qonun, miqdor va sifat, sakrash, qarama-qarshilik, kurash, ziddiyat, inkorni inkor, yakkalik, alohidalik, umumiylik, sabab va oqibat, sistema va element, butun va qism, mohiyat va hodisa, zaruriyat va tasodif, imkoniyat va voqelik
1.Qonun tushunchasi va uning turlari. Qonun muayyan shart-sharoitda narsalar, voqealar rivojining xususiyati va yo‘nalishini belgilaydigan, ma‘lum bir qat’iy natijani taqozo etadigan obyektiv dunyodagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy, barqaror munosabatlaridir.
Qonunlar narsa, voqea, hodisa va jarayonlarning eng muhim belgilarni aks ettirish, umumiy munosabatlarni ifodalash, zaruriylik, majburiylik, barqarorlik, takrorlanuvchanlik kabi xususiyatlarini ifodalaydi.
Qonunlar amal qilish doirasiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi:
Eng umumiy qonunlar - tabiat, jamiyat, tafakkurning istisnosiz barcha obyektlariga xos bo‘lgan universal, falsafiy qonunlardir. Ular tabiat, jamiyat taraqqiyotining umumiy hamma yerda, doim mavjud xossalari, mayllari o‘rtasidagi umumiy, zaruriy, barqaror ichki takrorlanib turuvchi, muhim obyektiv bog‘lanishlarni ifodalaydi.
Umumiy qonunlar - moddalarning saqlanish va aylanish qonuni; butun olam tortishish qonuni va hokazolar.
Xususiy qonunlar - fizikada Kulon qonuni, Mendeleyevning kimyoviy elementlarining davriy sistemasi, huquqshunoslikda fuqarolik qonuni, saylovlar haqidagi qonun, jinoyat kodeksi va boshqalar.
Namoyon bo‘lishiga ko‘ra qonunlar ikki guruhga bo‘linadi:
1) dinamik qonunlar - mutlaq ma‘nodagi sababiy, zaruriy bog‘lanishlarni ifodalaydi;
2) statistik qonunlar - mutlaq ma‘nodagi zaruriy qonunlar emas, ular ehtimollik sababiga muvofiq bog‘lanishlarni ifodalaydi. Masalan, nishonga otilgan o‘qning mo‘ljalga tegish ehtimoli va hokazo.
Qonuniyat - qonunning tasodifiy sharoitlar qamrovida aniq hodisa jarayonlarda ifodalanishi. Masalan, organizm tuzilishi va biron-bir badiiy asarning yaratilishi, har biri uchun umumiy bo‘lgan biologik yoki estetik qonunlar asosida namoyon bo‘ladi. Lekin shu bilan birga har bir hodisa bu umumiy qonunlardan tashqari xususiy qonunlarga ham egadir. Shu tasodifiy qonunlarning takrorlanish ehtimoli qonuniyatda ifodalanadi.
Har qanday fanning asosini uning qonunlari tashkil etadi. Jumladan, falsafa fanining qonunlari, eng umumiy qonunlar sifatida tabiat, jamiyat va inson tafakkurining umumiy bog‘lanishlari- ni o‘zida ifodalaydi. Falsafaning uch qonuni bor:
1. Miqdor o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishlariga o‘zaro o‘tish qonuni.
2. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni.
3. Inkorni inkor qonuni.
Hozir esa falsafiy qonunlar bilan sohaviy qonunlarni tushunishdagi farqni ko‘rsatish maqsadida huquqiy qonunlar misolida ko‘rsatib berishga harakat qilamiz. Shu o‘rinda huquqshunoslik fani va amaliyotida «qonun» tushunchasiga qanday yondashilishi haqida bir og‘iz to‘xtalib o‘tsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Huquqshunoslikda amal qiladigan qonunlar jamiyatda mavjud huquqiy munosabatlarni shakllantirish va kishilarning bu jarayonda xatti-harakatlarini tartibga solishga qaratilgan bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, huquqshunoslik qonunlari fuqarolarning ma‘lum bir jamiyatdagi xatti-harakatlarini boshqarib turish hamda ularning huquq va majburiyatlarini belgilab berish uchun mavjud hokimiyat qarori bilan ta‘sis etiladi.
Huquq nuqtai nazaridan qonun - bu oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan, davlatning qonun chiqaruvchi organ tomonidan yoki aholi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, referendum o‘tkazishning talablariga muvofiq qabul qilingan va o‘zida qonunning amal qilish hududi, muddati va shaxslar doirasida huquqiy munosabatlar sub‘ektlari faoliyatining umumiy namunasini mujassamlashtirgan normativ- huquqiy hujjatdir1.



Yüklə 44,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin