7 -mavzu. Falsafaning qonun va kategoriyalari


Falsafiy kategoriyalar va ularning ilm-fan va amaliyoti uchun metodologik ahamiyati



Yüklə 44,28 Kb.
səhifə6/16
tarix07.10.2023
ölçüsü44,28 Kb.
#153009
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
7 (3)

Falsafiy kategoriyalar va ularning ilm-fan va amaliyoti uchun metodologik ahamiyati
Har qanday fanning o‘ziga xos qonunlari va asosiy tushunchalari bo‘ladi. Masalan, fizikada fizik qonunlar, og‘irlik, tezlik, kuch kabi tushunchalarga juda ko‘p duch kelish mumkin. Ularning aksariyati bu fan tarixida chuqur iz qoldirgan mashhur olimlarning nomi bilan bog‘langan. Masalan, fizikada Nyuton, Faradey, Avagadro va hokazo. Matematikani esa Pifagor, al-Xorazmiy, Karl Gausning qonunlarisiz tasavvur qilish qiyin. Xuddi shunday falsafaning fanlik maqomini belgilaydigan asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi ham bor. Ularni o‘rganishdan avval, qonun va kategoriya tushunchalarining mazmunini aniqlab olish zarur. An’anaviy tavsiflarga ko‘ra, «Qonun» falsafiy kategoriya sifatida narsa va hodisalar rivojlanishi jarayonidagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, doimiy takrorlanib turuvchi, ichki o‘zaro bog‘lanishlar, aloqalar, munosabatlarning mantiqiy ifodasi ekanligini ko‘rib o‘tdik. Endi kategoriyalarning mohiyati va mazmuni bilan qisqacha tanishaylik.


3-.Falsafa kategoriyalar: tushunchasi va mohiyati
Kategoriya tushunchasi. Kategoriya o‘zi nima? Bu so‘z qadimgi yunon tilidan olingan bo‘lib, «izohlash», «tushuntirish», «ko‘rsatish», degan ma’nolarni anglatadi. Uning mazmunidagi bunday xilma-xillik qadimgi davrlardanoq ilmiy tadqiqot yo‘nalishiga aylangan. Falsafa tarixida ularni birinchi bo‘lib, Arastu ta’riflab bergan. U o‘zining «Kategoriyalar» degan asarida ularni obyektiv voqelikning umumlashgan in’ikosi sifatida qarab, turkumlashtirishga harakat qilgan. Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», «o‘rin», «vaqt», «holat», «mavqe», «harakat», «azob-uqubat». Bu turkumlashtirish, o‘z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan2.
Umuman, kategoriyalarni falsafa tarixida ilmiy mavzu sifatida o‘rganishni aynan Arastu boshlab berganligi e’tirof qilinadi. Ma’lumki, ungacha Yunonistonda ko‘proq politika va ritorika (notiqlik san’ati) fanlari sistemalashgan, ya’ni fan sifatida tizimga tushirilgan edi. Chunki o‘sha davrda qo‘shinni, mamlakatni va odamlarni boshqarish uchun siyosat va nutq madaniyati sirlarini bilish katta ahamiyatga ega edi. Ammo o‘sha davrlarda falsafaning qonunlari, kategoriyalari va asosiy tayanch tushunchalari muayyan tizimga tushirilmagan, izchil bayon qilingan bilimlar sistemasi sifatida shakllantirilmadi. Hatto Yunonistonning mashhur olimi va mutafakkiri Suqrotni ham ana shunday, hali go‘yoki shakllanmagan fan bilan shug‘ullangani va yoshlarni bu ilm yo‘liga boshlab, ularning noto‘g‘ri tarbiyasiga sabab bo‘lganlikda ayblagan edilar. Bu hol Suqrotning buyuk shogirdi Arastuning mazkur fanni aniq sistema tarzida ifodalashga kirishishi uchun turtki bo‘lgan. Olim falsafaning qonun va kategoriyalarini birinchi marta sistemalashtirgan, ta’riflagan va falsafani fan darajasiga ko‘targan. Usha davrdan boshlab falsafa o‘z qonunlari, tamoyillari, kategorial tushunchalariga ega fanga aylangan. Sharqda bu masalaga Forobiy, Beruniy va Ibn Sinolar ham katta ahamiyat berganlar.
XII-X1X asrlarga kelib, falsafiy kategoriyalar tahlilida yangi davr vujudga keldi. Xususan, I.Kant qarashlarida kategoriyalar «sifat» (reallik, inkor, chegaralash), «miqdor» (birlik, ko‘plik, yaxlitlik), «munosabat» (substansiya va xususiyat, sabab va harakat, o‘zaro ta’sir), «modallik» (imkoniyat va imkoniyasizlik, zarurat va tasodif) tarzida izohlangan. Kantdan farqli o‘laroq, Gegel esa mantiqiy kategoriyalarni: «borliq» (sifat, miqdor, me’yor); «mohiyat» (asos, hodisa, mavjudlik); «tushuncha» (obyektiv, subyektiv, absolyut g‘oya) tarzida izohlagan.
Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlashtirib aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi tavsiflari bor: 1) obyektiv voqelikning in’ikosi; 2) narsa va hodisalarning o‘zaro bog‘lanish va aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli; 3) narsa va hodisalarning rivojlanishi bilan o‘zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha; 4) borliqning mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy - mantiqiy bilish darajalaridan biri. Ko‘pchilik mutaxassislar kategoriyalar olam, undagi narsa va voqealar, ularning asosiy va takrorlanib turuvchi aloqadorligini ifodalaydigan keng mazmundagi tushunchalardir, degan fikrga qo‘shiladilar. Bu ma’noda borliq, voqelik, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat va boshqalar falsafaning ana shunday kategoriyalaridir.

Yüklə 44,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin