2-ma’ruza. Bozor munosabatlariga o‘tish davrida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish xususiyatlari



Yüklə 5,7 Kb.
tarix18.12.2023
ölçüsü5,7 Kb.
#184028
2 mavzu


2-MA’RUZA . BOZOR MUNOSABATLARIGA O‘TISH DAVRIDA ISHLAB CHIQARISH KUCHLARINI JOYLASHTIRISH XUSUSIYATLARI
Bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitida ishlab chiqarishni joylashtirishning eng muhim qonuniyatlari ishlab chiqarishni oqilona, eng samarali tarzda joylashtirish mintaqalar va ular joylashgan hududlar o`rtasida oqilona mehnat taqsimotini ta`minlash mintaqalar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi darajalari o`rtasidagi farqlarni iloji boricha kamaytirish iqtisodiy mintaqalar xo`jaligini majmuali rivojlantirish
Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga,aloqalariga asoslanar ekan, uning ob’ekti hamda sub’ektlari mavjud.
Bozor iqtisodiyotining ob’ektlari — bu munosabatlar, aloqalar nimaga nisbatan yuz berishini ifodalasa
Bozor iqtisodiyotining sub’ektlari ana shu munosabatlar, aloqalar kimlar o’rtasida bo’lishini ifodalaydi.
Turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo’lishi va unda xususiy mulkchilikning ustun turishi
Tadbirkorlik va tanlov erkinligi
Raqobat kurashining mavjudligi
Davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi
Korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o’zgarishlariga moslashuvchanligi
BOZOR IQTISODIYOTINING MUHIM VA UMUMIY
BELGILARI
Nominal daromad – aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlari summasi.
Aholi daromadlari aholining ma'lum vaqt davomida pul va natural shaklda olgan daromadlari miqdori.
Bozor iqtisodiyotining eng muhim xususiyati talab va taklif, iste’mol va ishlab chiqarish munosabatlaridir.
Ishlab chiqarish munosabatlari — keng maʼnoda ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar oʻrtasida bajaradigan vazifalariga bogʻliq holda shakllanadigan munosabatlar (mulkdorlar, tadbirkorlar, boshqaruvchilar, xizmatchilar, yollanma xodimlar, dehqonlar va b.);
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ishlab chiqarish vositalari egalari bilan yollanib ishlovchi xodimlar oʻrtasidagi munosabatlar mehnat shartnomalari asosida shakllanadi.
Hozirgi sharoitda ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish quyidagi printsiplar bilan belgilanadi:
1. Ishlab chiqarishni barcha respublika va iqtisodiy rayonlar ishlab chiqarish apparati, tabiiy hamda mehnat rezervlaridan eng samarali foydalanish vazifalariga muvofiq ravishda rejali va kompleks joylashtirish;
2. Barcha respublika va xalqlarning tengligi hamda o’zaro yordami asosida iqtisodiy rayonlar o’rtasida ijtimoiy mehnat taqsimotini rivojlantirish:
3. Ishlab chiqarish va xom ashyo hamda maxsulotni tashishni oqilonalashtirishning barcha bosqichlarida ijtimoiy mehnatni tejash maqsadida sanoatning tegishli tarmoqlarini xom ashyo manbalariga yaqinlashtirish:
4. Respublika va iqtisodiy rayonlar xo’jaligini sanoat hamda qishloq xo’jaligining ular taraqqiyoti uchun eng qulay tabiiy va iqtisodiy sharoitlar mavjud bo’lgan tarmoqlariga ixtisoslashtirib, kompleks rivojlantirish;
5. Barcha respublika va iqtisodiy rayonlash iqtisodiy taraqqiyoti darajalarini baravarlashtirish;
6. Iqtisodiy rayonlash va mintaqalar o’rtasida ham ular ichida ham xalq xo’jaligini hamda hududiy-ishlab chiqarish aloqalarini iqtisodiy jihatdan eng oqilona tashkil etish;
7. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishda mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash talablarini hisobga olish;
8. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shahar bilan qishloq o’rtasidagi qarama-qarshiliklarni tugatish va muhim tafovutlarni bartaraf etish;
9. Bozor iqtisodiyoti davrida qoloq rayonlarni iqtisodiy va madaniy taraqqiyotini tezlashtirish.
Yüklə 5,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin