joylashtirilgan disk, yozuvlarni o‘qish uchun magnit vosita, diskni aylantiruvchi
mexanizmlari joylashtirilgan. Diskni ikkala tomoniga ham axborotlar yoziladi.
Diskning hajmi uning plastinkalarida joylashtirilishi mumkin bo‘lgan axborot
o‘lchov birliklari bilan aniqlanadi. Qattiq diskda axborotlar kompyuter
o‘chirilganda ham saqlanib qoladi. Zamonaviy kompyuterlarda qattiq disklar
hajmi 250 gigabaytgacha axborotlarni saqlay oladi.
Doimiy xotira-kompyuterlarda berilganlar unga avvaldan joylashtirilgan
doimiy xotira
(BIOS) - kiritish chiqarishning asosiy tizimi mavjud. Bunday
xotiradan faqat o‘qish mumkin bo‘lganligi sababli, u
ROM - faqat o‘qish uchun
ishlatiladi. Vazifasi, kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, operasion
sistemaning boshlang‘ich yuklanishini ta‘minlash, qurilmalarga xizmat
ko‘rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi.
Kesh xotira kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U
tezkor xotira va mikroprosessor orasida joylashgan bo‘lib, uning yordamida
amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi.
Videoxotira monitor ekranida video ma‘lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab
turish uchun ishlatiladi. Videoxotira bu grafik tasvirlar shakllanadigan maxsus
operativ xotiradir. Uning kattaligi
512 Kbdan tortib
4 Mbgacha bo‘lishi mumkin
va ular 16,7 mln. rangni uzata olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
6-rasm. Kompyuterning elektr ta‘minoti bloki.
Dostları ilə paylaş: