2-ma’ruza Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi, kompyuterning arxitekturasi va ishlash prinsiplari, sistema bloki komponentlarini о‘rganish. Reja


Qattiq disk (Jestkiy disk. HDD- hard disk drive) -



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix23.02.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#85313
1   2   3   4   5   6   7
2-ma\'ruza

Qattiq disk (Jestkiy disk. HDD- hard disk drive) - bu kompyuter bilan 
ishlashda foydalaniladigan axborotning doimiy saqlash qurilmasi. Qattiq disk 
(Vinchester) – kompyuter bilan ishlashda foydalaniladigan, - operasion tizimlar
dastur-ilovalar, turli xil ma‘lumotlar (matn, tasvir, musiqa, filmlar va boshq.) 
saqlanadigan axborotning doimiy saqlash qurilmasi. Qattiq disk - bu murrakab 
qurilma hisoblanib kompyuterning sistema blokiga o‘rnatiladi va u shleyf deb 
nomlanuvchi maxsus shnur bilan ona plataga ulangan bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishidan 
germetik metal quti shaklida bo‘lgan bu qurilmaning ichida umumiy o‘qqa 


joylashtirilgan disk, yozuvlarni o‘qish uchun magnit vosita, diskni aylantiruvchi 
mexanizmlari joylashtirilgan. Diskni ikkala tomoniga ham axborotlar yoziladi. 
Diskning hajmi uning plastinkalarida joylashtirilishi mumkin bo‘lgan axborot 
o‘lchov birliklari bilan aniqlanadi. Qattiq diskda axborotlar kompyuter 
o‘chirilganda ham saqlanib qoladi. Zamonaviy kompyuterlarda qattiq disklar 
hajmi 250 gigabaytgacha axborotlarni saqlay oladi. 
Doimiy xotira-kompyuterlarda berilganlar unga avvaldan joylashtirilgan 
doimiy xotira (BIOS) - kiritish chiqarishning asosiy tizimi mavjud. Bunday 
xotiradan faqat o‘qish mumkin bo‘lganligi sababli, u ROM - faqat o‘qish uchun 
ishlatiladi. Vazifasi, kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, operasion 
sistemaning boshlang‘ich yuklanishini ta‘minlash, qurilmalarga xizmat 
ko‘rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi. 
Kesh xotira kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U 
tezkor xotira va mikroprosessor orasida joylashgan bo‘lib, uning yordamida 
amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. 
Videoxotira monitor ekranida video ma‘lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab 
turish uchun ishlatiladi. Videoxotira bu grafik tasvirlar shakllanadigan maxsus 
operativ xotiradir. Uning kattaligi 512 Kbdan tortib 4 Mbgacha bo‘lishi mumkin 
va ular 16,7 mln. rangni uzata olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
6-rasm. Kompyuterning elektr ta‘minoti bloki. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin