2. Kesishuvchi kuchlar sistemasi to’g’risida tuchuncha va ularni geomeirik usulda qo’shish.
Bir nuqtada Kesishuvchi kuchlar sistemasini qo‘shish, shunday kuchlar sistemasining teng ta’sir etuvchisini geometrik usulda aniqlash.
2.1 shakl
Statika qismida jismlarga ta’sir etuvchi kuchlar ham yo‘nalishi, ham son qiymati jihatidan o‘zgarmas deb qabul qilinadi. Aslida har bir kuch vektor qiymat bo‘lganligi uchun ularni geometrik va analitik ravishda qo‘shish usullari vektorlar algebrasida ko‘rib o‘tilgan. Agar kuch vektorlarining ta’sir chiziqlari bir nuqtada kesishsa bunday kuchlar sistemasini kesihuvchi kuchlar sistemasi deyiladi.
1. Ikkita kuchni qo‘shish. Bir nuqtaga qo‘yilgan va ixtiyoriy ravishda yo‘nalgan va kuchlarning teng ta’sir etuvchi vektori -ni shu kuchlarga qurilgan parallelogram usuli bilan aniqlanadi (2.1a-rasm) yoki shu parallelogrammning birorta yarmidan iborat bo‘lgan kuch uchburchagi orqali aniqlanadi (2.1b-rasm).
Agar berilgan kuchlar orasidagi burchak a - ga teng bo‘lsa, u holda teng ta’sir etuvchining moduli R va uni kuchlar bilan tashkil qilgan burchaklari, ya’ni b va g -larni quyidagi formulalar orqali aniqlanadi: