Tarmoqlanuvchi jarayonlarni algoritmlash.
Shunday hisoblash jarayonlari mavjud bo’ladiki, bunda qo’yilgan ayrim mantiqiy shartlarning bajarilishiga qarab, bu jarayonlar bir nechta tarmoqqa bo’linadi. Hisoblash jarayonlarining shundayiga tarmoqlangan deb ataladiki, unda u birlamchi yoki oraliq ma’lumotlar xususiyatidan kelib chiqqan holda bir yoki bir necha yo’nalish bo’yicha bajarilishi mumkin bo’ladi. Bunda har bir yo’nalish hisoblash jarayonining tarmog’i hisoblanadi. U yoki bu tarmoqning tanlanishi mantiqiy shartlarning bajarilishini tekshirish asosida ta’minlanadi. Aniq bir holda jarayon faqat tarmoqlarning bittasi bo’yicha bajariladi. Boshqa tarmoqlanish-larning bajarilishi mumkin emas.Tarmoqlanuvchi struktura odatda qandaydir mantiqiy shartni tekshirish blokini o’z ichiga oladi. Tekshirish natijasiga ko’ra, tarmoq deb ataluvchi u yoki bu amallar ketma-ketligi bajariladi va shu tarmoqlardan hyech bo’lmaganda bittasi bajariladi.
Shartni tekshirish natijasi faqat ikki hil bo'lganda: bajarilgan hoi uchun «Ha» (yoki «+»), bajarilmagan hoi uchun «Yo'q» (yoki «—») belgilari qo'yiladi
Tarmoqlanish matematik ifoda qiymatining ishorasi bo'yicha bo'lganda (arifmetik shart): «>» — musbat, «<» — manfiy va «= » — nolga teng belgilar qo'yiladi . Ana shunday jarayonlar uchun algoritmlar tuzishda tarmoqlanuvchi algoritmlardan foydalaniladi.
Tarmoqlanuvchi algoritm to’la va qisqartirilgan ko’rinishda berilishi mumkin. Ular quyidagicha sxema orqali ifodalanadi:
a) to’la ko’rinish b) qisqartirilgan ko’rinish Tarmoqlanuvchi jarayon uchun algoritm tuzishga doir misollar keltiramiz.
1-misol. Ixtiyoriy berilgan x va y sonlaridan eng kattasini topish algoritmini tuzing.
Yechish. Buning uchun berilga ikkita sonni taqqoslaymiz: agar x>=y bo’lsa u holda x sonini katta son z=x deb, aks holda esa y sonini katta son z=y deb qabul qilamiz. Algoritmning matn va blok sxema ko’rinishlari:
1.Boshlash.
2.x ва y quymatlarni kiritish.
3.agar x>= y bo’lsa, natija x deb olinib 5 ga o’tilsin.
4. natija y deb olinsin.
5.Tamom.
2- misol. ifodaning hisoblash algoritmini tuzing.
Yechish. Bu yerda x ni qiymati kiritilgandan so’ng u 0 soni biam taqqoslanadi. Agar x<0 bo’lsa y=1+2x, x=0 bo’lsa y=x+1, x>0 bo’lsa y=2+x ifodani qiymati hisoblanishi kerakligi ko’rsatiladi.