2-ma’ruza Mavzu: Algoritm tushunchasi, xossalari va berilish usullari. Blok-sxema Algoritmlarning turlari: chiziqli va tarmoqlanuvchi jarayonlar uchun algoritmlar tuzish. Takrorlanuvchi va murakkab jarayonlar uchun algoritmlar tuzish


Takrorlanuvchi va murakkab jarayonlar uchun algoritmlar tuzish



Yüklə 225,5 Kb.
səhifə9/10
tarix26.01.2023
ölçüsü225,5 Kb.
#80971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-ma\'ruza

Takrorlanuvchi va murakkab jarayonlar uchun algoritmlar tuzish.
Takrorlanuvchi jarayonlarni algoritmlash.
Shunday hisoblash jarayonlari mavjud bo’ladiki, bunda uning ayrim bo’laklarini bir necha marta takroran hisoblashga to’g’ri keladi. Bunday jarayon-lar takrorlanuvchi yoki siklik jarayonlar deyiladi va ular uchun algoritmlar tuzishda takrorlanuvchi algoritmlardan foydalaniladi.
Siklik jarayonlar sikl parametri va sikl tanasidan iborat bo’ladi.
Hisoblash jarayonining ko’p marta takrorlanadigan qismi ichki sikl tanasi deb yuritiladi. Sikl tanasi bir necha marta takroran bajariluvchi amallar ketma-ketligidan iborat bo’ladi. Siklli jarayonlarni algoritmlashda bitta yoki bir nechta parametrlar qatnashadi. Ularning qiymatlarini bir vaqtda o’zgarishida sikl tanasi ichidagi amallar ketma-ketligi ko’p marotaba takrorlanadi.
Masalaning qo’yilishiga qarab siklik jarayonlar takrorlanish soni ma’lum bo’lgan va takrorlanish soni noma’lum bo’lgan sikllarga bo’linadi. Takrorlanuvchi algoritmlar 2 xil ko’rinishda ifodalanishi mumkin.
Sikl - gacha takrorlanuvchi algoritm quyidagi ko’rinishga ega:

a) sikl - gacha ;
Bu ko’rinishdagi algoritmda avval sikl tanasi bajarilib, so’ngra parametr-ning qiymati, ya’ni sikldan chiqish sharti tekshiriladi Bu yerda sikl tanasi qo’yilgan shart bajarilib turguncha takrorlanaveradi.
Sikl - hozircha takrorlanuvchi algoritm quyidagi ko’rinishga ega:

yo’q



b) sikl - hozircha.
Bu ko’rinishdagi algoritmlarda avval shart tekshiriladi, so’ngra agar shart qanoatlantirsa, sikl tanasi bajariladi, aks holda hisoblash to’xtatiladi.
Aniq berilgan son asosida sikllarni tashkil qilishda sikl parametrining boshlang’ich va oxirigi qiymatlari, uning har bir takrorlanishidagi sikl parametrining o’zgarish qonunlari, siklrning takrorlanish sonlari ko’rsatilishi kerak bo’ladi.
Sikl tanasidagi birlamchi ma’lumotlar doimiy kattalik, oddiy o’zgaruvchan, indeksli o’zgaruvchan ko’rinishlarida bo’lishi mumkin.
1-misol. yig’inini hisoblash algoritmini tuzing.
Yechish: Bu yerda sikl parametrlarning barcha qiymatlari ma’lum.
Yig’indini takroroy qiymatini hosil qilish uchun uning boshlang’ich qiymati sifatida S=0 olinadi. Sikl parametri i bo’lib u 1 dan 10 gacha qiymatlarni qabul qiladi. Uning har bir qiymatida 1/i2 ifoda takroran S=S+ 1/i2 hisoblanadi.

Yüklə 225,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin