2-Ma’ruza Mavzu: Panel va menyu yaratuvchi komponentlar: Panel, GroupBox, Bevel, ScroolBox, ToolBar, StatusBar. Borland C++ Builder Additional komponentlar palitrasi. Reja



Yüklə 147,5 Kb.
səhifə3/4
tarix14.06.2023
ölçüsü147,5 Kb.
#130265
1   2   3   4
2-Ma’ruza Mavzu Panel va menyu yaratuvchi komponentlar Panel,

TDrawGrid

To’zilma holiga keltirilgan grafik ma’lumotlarni satrlar yoki ustunlar bo’yicha aks ettirish uchun muntazam setka yaratadi. RowCount va ColCount xususiyatlari vertikal bo’yicha va gorizontal bo’yicha setka uyalarining sonini belgilaydi.


Options xususiyatining qiymatlari setkaning turi (masalan, ustunlar orasida ajratuvchi chiziqlarga ega bo’lgan setka turi) va uning xulq-atvorini (masalan, ustundan ustunga Tab klavishasi bo’ylab o’tish) o’zgartirish imkonini beradi. Setkadagi ajratish chiziqlarining eng GridLineWidth xususiyatli tomonidan belgilanadi, aylantirish chiziqchalari esa ScrollBars xususiyati tomonidan qo’shiladi. FixedCold va FixedRows xususiyatlari ustunlar va satrlarning aylantirilishini ta’qiqlab qo’yish imkonini beradi, Fixed Color xususiyati esa barcha usutn va satrlarga ma’lum rang beradi.
DefaultDrawing xususiyatining true qiymati setka uyalarining ichidagilarini avtomatik tarzda chizib ko’rsatadi, bunda uning foni, asosi va rangi yashirin tanlanadi. Default Drawing xususiyatining false qiymatini o’rnatish uchun, setka uyalarini «qo’lda» to’ldirish uchun mo’ljallangan OnDrawCell voqeasi qayta ishlatgichining yozilishini talab qiladi. DefaultColWidths va DefaultRowHeights xususiyatlari yordamida yashirin tanlanayotgan barcha ustunlar va satrlarning enini o’rnatish mumkin. ColWidth va RowHeight xususiyatlari konkret ustun enini va konkret satr bo’yini spetsifikatsiyalaydi.
Dasturning ishlash paytida siz CellRest metodi yordamida biron-bir uyaning rasmini chizish uchun ma’lum sohani o’z ixtiyoringizga olishingiz mumkin. MouseToCell metodi ustun raqami va sichqoncha kursori o’rnatilgan satr uyasining koordinatalarini qaytarib beradi. Setkaning tanlab olingan uyasi Selection xususiyatining qiymati bo’lib qoladi.
Dastur bajarilish paytida qaysi satr setkaning ustki satri bo’lishini aniqlash yoki TopRow xususiyati yordamida ko’rsatilgan satrni ustki holatga qo’yib qo’yish mumkin. Qaysi ustun setkaning ko’rinib turadigan usutni bo’lishini aniqlash uchun, LeftCol xususiyatidan foydalaning. VisibleColCount va VisibleRowCount xususiyatlarining qiymatlari setkaning ko’rinib turgan ustunlari va satrlarining umumiy sonini spetsifikatsiyalaydi.
TImage



Shaklda grafik tasvir konteynerini yaratadi (bu bit obrazi, piktogarmma yoki metafayla bo’lishi mumkin).


Tasvirlar fayllari muharririning darchasi Picture xususiyati qiymatlari grafasidagi tugma bilan ochiladi. Konteyner o’z o’lchamlarini tasvirni to’liq sig’diradigan qilib o’zgartirishi uchun, AutoSize xususiyatining true qiymatini o’rnating. Kichikroq o’lchamdagi dastlabki tasvir butun konteynerga cho’zilib ketishi uchun, Stretch xususiyatining true qiymatini o’rnating.
Tasvirlar fayllarining dinamik yuklanishi va saqlanishi uchun, Picture obyekt xususiyatining LoadFromFile va SaveToFile metodlaridan qo’yidagi turlar yordamida foydalaning:
Image->Picture->LoadFromFile(«»);
Image-> Picture ->SaveToFile(«»);

Yüklə 147,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin