2-Ma’ruza Mavzu: Panel va menyu yaratuvchi komponentlar: Panel, GroupBox, Bevel, ScroolBox, ToolBar, StatusBar. Borland C++ Builder Additional komponentlar palitrasi. Reja



Yüklə 147,5 Kb.
səhifə4/4
tarix14.06.2023
ölçüsü147,5 Kb.
#130265
1   2   3   4
2-Ma’ruza Mavzu Panel va menyu yaratuvchi komponentlar Panel,

TShape

Aylana va ellips, kvadrat va to’g’ri to’rtburchak (burchaklarini yumaloqlash mumkin) kabi oddiy geometrik shakllarning rasmini chizadi.


Tanlab olingan geometrik shaklning turini Shape xususiyati, rang va bo’yash usulini Brush komponentasiga joylangan ikkita Color va Style xususiyatlari aniqlaydi. Shakllarning o’lchamlarini ham tegishli xususiyatlar aniqlaydi.
TBevel

Xuddi uskuna bilan o’yilgandek xajmli ko’rinadigan chiziqlar, box lar yoki ramkalarni yaratadi.
Komponenta chizayotgan obyektni Shape xususiyati aniqlaydi, Style xususiyatining qiymati esa obyekt ko’rinishini o’zgartirib, uni bo’rtiq yoki botiq holga keltiradi. Foydalanuvchi shakl o’lchamlarini o’zgartirganda ham obyektning nisbiy holatini o’zgarmas qoldirish uchun, Align xususiyatining true qiymatini o’rnating.
TScrollBox

Darchada o’lchamlari o’zgaruvchan box ni yaratadi, bu box shu topdayoq avtomatik tarzda zaruratga ko’ra aylantirish lineykalari bilan ta’minlanadi.
Aylantirib ko’rish boksi yordamida darchaning ayrim sohalarini aylantirib ko’rishdan himoyalash mumkin. Masalan, Instrumentlar paneli va holat panelini himoyalash uchun, avval darchani aylantirish lineykasini berkitib qo’ying, keyin esa aylantirish boksiini mijoz sohasida Instrumentlar paneli va holat paneli o’rtasida joylashtiring. Boksni aylantirib ko’rish lineykasi darchaga tegishli bo’lib ko’rinadi, biroq aylantirish faqat boks ichida amalga oshiriladi.
Aylantirib ko’rish bokslaridan yana boshqachasiga ham foydalanish mumkin: ular biron-bir darchada ko’plab aylantirib ko’rilayotgan sohalar (turlar) yaratish imkonini beradi. Turlar ko’pincha tijoriy matn protsessorlarida, buxgalteriya dasturlarida va loyihalarni rejalashtirish dasturlarida qo’llanadi. Aylantirib ko’rish boksi boshqa komponentlarga, masalan TButton va TCheckBox ga ham ega bo’lishi mumkin.
Yüklə 147,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin