Mavzu: matn muharirlari va protsessorlari,ularning vazifalari. Matn protsessorlarida smart art, word art, jadvallar, mundarijalar bilan ishlash



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə1/2
tarix13.04.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#97128
  1   2
shohzod 2

MAVZU:MATN MUHARIRLARI VA PROTSESSORLARI,ULARNING VAZIFALARI. MATN PROTSESSORLARIDA SMART ART, WORD ART, JADVALLAR, MUNDARIJALAR BILAN ISHLASH


MAXMUDOV SHOXZODNING “IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN TAYORLAGAN SLAYDI
Matn muharriri kompyuterda nisbatan eng ko‘p ishlatiladigan dasturlar qatoriga kiritilgan bo‘lib, har xil rusumdagi kompyuterlar uchun turli xil matn muharrirlari yaratilgan. Bir rusumli kompyuter uchun o‘nlab matn muharrirlari ishlab chiqilgan. Masalan, Windows operatsion sistemasining tarkibiga kiritilgan Bloknot, WordPad va hokazo.
Matn muharrirlari yordamida matn fayllari hosil qilinadi. Bir matn muharririda hosil qilingan matnni boshqa matn muharririda muammosiz qayta ishlash mumkin.
Matn muharrirlarining nomi, interfeysi turlicha bo‘lgani bilan, ularda ishlash jarayoni deyarli farq qilmaydi. Matn muharrirlarining asosiy elementlari bo‘lgan ishchi maydon, yurgich (курсор) va menyu rasmda ko‘rsatilgan.
Ishchi maydon. Matn muharriri kompyuter ekranida «ishchi maydon» deb ataladigan maxsus joy ajratadi. Ishchi maydon matn yozish uchun sahifa vazifasini bajaradi. Kiritilayotgan matn ishchi maydonda aks etadi.
Barcha elektron hujjatlar kiritish va tahrirlash amallari bajarilishini talab qiladi, lekin formatlash amali ular uchun har doim ham kerak bo'lavermaydi. Masalan, kompyuter uchun yoziladigan dastur matnlarini formatlash shart emas, chunki dastur matni qog‘ozga chiqarish uchun yozilmaydi, balki uni kelgusi qayta
ishlovchi amal — kompilyatsiya uchun kiritiladi. Shuning uchun ba’zi matnli hujjatlami formatlash ortiqcha ish va ulami formatlash maqsadga muvofiq emas. Shunday qilib ikki xil dasturga ega bo'lish foydali bo‘lib chiqdi. Matnlarni kiritish va tahrirlovchi dasturlar matn muharrirlari deb, formatlashni ham bajaradigan dasturlar esa matn protsessorlari deb nom oldi.
Barcha matn muharrirlari hujjatda «toza» matnni saqlaydi, shuning uchun ular boshqa matn muharrirlarida ham tahrir qilinishi mumkin.
Matn protsessorlari esa formatlash natijalarini hujjat ichiga har xil tarzda qayd qilganliklari sababli, ko'pchilik hollarda bir-birlari bilan mos tushmaydi. Lekin ba’zi matn protsessorlarida bir formatdagi hujjatni boshqa formatga o‘tkaza olish qobiliyati mayjud.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin