Sistema(tizim) dasturlar turi



Yüklə 16,92 Kb.
tarix13.09.2023
ölçüsü16,92 Kb.
#143293
Документ Microsoft Word (2)


Kompyuterda har xil turdagi ma’lumotlar saqlanadi. Ular bilan ishlash uchun biz har xil maxsus dasturlar bilan foydalanishimiz zarur, chunki kompyuter o'zi xech qanaka xarakatlar bajarmaydi. U faqat bizning buyruklarimizni va ko'rsatmalarimizni bajaradi. Buyruqlar va ko'rsatmalar ketma-ketligi esa dastur deb nomlanadi (dastur tushunchasi yuqoridagi mavzularda o'tilgan). Dasturlar 3 turga bo'linadi: 

1) SISTEMA(TIZIM) DASTURLAR TURI. Sistema dasturlar bu kompyuter ishini boshqaruvchi va xar xil yordamchi amallarni bajaruvchi dasturlar. 


Masalan: fayllar ustidan har xil amallar bajarish (qayta nomlash, yaratish, o'chirish, nusxa olish, hajmini o'zgartirish), diskni tozalash va tekshirish, kompyuterni sozlash ( tashqi qurilmalar ishini boshqarish). Sistema dasturlar ichida 4 dasturlar guruhlari ajratiladi. Bular: operatsion tizimlar (sistemalar), utilita dasturlar, drayver dasturlar va dastur qoplamalar. 
SHulardan operatsion sistemalar dasturlar guruhi juda katta ahamiyatga ega. Bu dasturlar kompyuter ishini boshkaradi, xar xil dasturlarni kompyuter xotirasiga yuklaydi va bajaradi, fayllar, kataloglar va disklar ustidan xar xil amallarni bajaradi. Xamma dasturlar shu operatsion sistema dasturning imkoniyatlaridan foydalanadi va shuning uchun xamma dasturlar fakat shu dastur orkali ishga tushadi. Eng tanikli operatsion sistemalar: MS-DOS va Windows (Microsoft korporatsiya) dunyodagi kompyuterlarning 75-80%, Makintosh (Apple firmasi) dunyodagi kompyuterlarning 5-10%, Linux va Unix dunyodagi kompyuterlarning 10-15%. MS-DOS operatsion tizimi bilan biz keyin yakinrok tanishamiz. 
Utilita-dasturlar bu operatsion sistemani imkoniyatlarini kuchaytiruvchi dasturlar. Masalan: disklar ustidan xar xil amallarni bajaruvchi dasturlar, kompyuter ishini tezlashtiruvchi dasturlar, malumotlar xajmini uzgaruvchi dasturlar, viruslarni aniklovchi dasturlar va xokazo 
Boshka kup tarkalgan sistema dasturlardan biri bu drayver dasturlari va dastur-koplamalarDrayverlar-dasturlar bu operatsion sistemaga tashki va ichki kurilmalar bilan ishlashda kulayliklar yaratuvchi dasturlar. Bu dasturlar asosan shu kurilmalar chikaruvchi firmalarda yaratiladi va kurilmalar bilan birga tarkalinadi. Masalan: monitorlar drayverlari, SD-ROM lar drayverlari va xokazo. Dastur koplamalar bu operatsion sistemaning imkoniyatlardan chiroliy va kulay xolda foydalanishni taminlovchi dasturlar. SHulardan eng tanikliysi bu NORTON COMMANDER dasturi, bu dastur bilan biz 4-bobda tanishamiz. 
2) AMALIY DASTURLAR TURI. Amaliy dasturlar bu ma’lumotlar bilan ish jarayonida foydalanadigan dasturlar. 
Masalan: matn ma’lumotlarni yaratish va taxrirlash, rasm va tasvir ma’lumotlarni yaratish yoki uzgartirish, malumotlar ombori bilan ishlash, musika va video ma’lumotlarni kurib chikish va taxrirlash. 
Amaliy dasturlar foydalangan ma’lumotlar turiga kura guruxlanadi: matn muxarrirlari (Word, Lexicon, WD, Notepad, Write va xokazo), rasm va tasvir muxarirlari, rasm va tasvirlarni kursatuvchi dasturlar (Corel, Adobe Photoshop, Imaging, ACDSee, Paint vaxokazo), musika va video muxarrirlari, musika va video kursatuvchi dasturlar (Adobe Premier, Winamp, universal proigrovatelь va xokazo), jadvallar muxarriri (Lotus, Excel va xokazo), ma’lumotlar ombori bilan ishlovchi dasturlar (Access, Dbase, FoxPro va xokazo), uyin dasturlari, urgatuvchi dasturlar, bugalteriya va moliya dasturlar, va boshkalar. 
3) INSTRUMENTAL(Uskunaviy) DASTURLAR TURI. Instumental dasturlar bu yangi dasturlar yaratuvchi dasturlar sistemalari. 
Instrumental dasturlaga maxsus dasturlash tillari bilan ishlaydigan dasturlar sistemalari kiradi. Ular dasturlash tiliga kura farklanadi: S, Basic, C++, Delphi, va boshkalar. Bu dasturlar sistemalar uziga bir nechta dasturni jamlagan bulib bular: dasturlash tili muxarriri, translyator, komplyator va boshka erdamchi dasturlar. 
Bundan tashkari xamma dasturlar pulliy, bepul va kisman pulli bulishi munkin. Masalan: drayverlar asosan bepul yoki kisman pulliy buladi, mashxur bulmagan firmalar dasturlari xam bepul eki kisman pulliy buladi, tanikli firmaning maxsuloti esa pulliy. Bepul dasturlar asosan imkoniyatlari kiskartirilgan xolda buladi. 
Oxirga paytlar pirat nusxa dasturlari xam juda kup tarkalgan. SHuning uchun dasturlarni pirat va original nusxa turlariga bulish xam mumkin. Pirat dasturi original dasturga karaganda juda arzon buladi, leykin bu dasturlarga xech kanday kafolat berilmaydi. SHuning uchun katta firma va korxonalar, banklar va davlat idoralari fakat original dasturlardan foydalanadi. 
Xar bitta dastur uzining nomeriga ega. Bu nomer versiya deb nomlanadi. Versiyalar asosan rakamlar bilan kuyiladi va oxirgi paytlarda, dastur chikkan yili buyicha kuyiladi. Masalan Windows 95 eki Windows 98 eki Windows 2000. Xar bitta yangi versiyali dastur , oldingi versiyalardan kulayliklar va imkoniyatlari kup bulgani bilan eki kompyuterga talablari uzgargani bilan farklanadi.
Yüklə 16,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin