2-maruza mooc (Ommaviy Ochiq Onlayn Kurslar) haqida. Reja
KhanAcademy (https://khanacademy.org/) — platformasi boshqa MOOClardan farqli ravishda ta’limga interfaollik va o‘yin texnologiyalarini olib kirgan va o‘z davrida birinchilardan bo‘lgan mashhur loyiha. Bugungi kunga kelib platforma 36 dan ortiq tilda (o‘zbek tili ham mavjud) 10 mingdan ortiq kichik video darslar yaratgan. Platformada 100 mingdan ziyod interfaol misol va topshiriqlar joy olgan. Khan Academy darslari 190 dan ortiq mamlakatda o‘tiladi va hozirgi kunda 74 milliondan ortiq o‘quvchi platformadan foydalanadi.
Xulosa MOOC tarkibidagi “ochiq” atamasi bepul yoki shartli bepul degan ma’noni anglatadi. Qoidaga ko‘ra, kursda o‘qish va amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun mablag‘ talab etilmaydi. Agar mablag‘ talab qilinsa ham, MOOC kursining xarajatlari kunduzgi ta’lim xarajatlaridek ko‘p bo‘lmaydi.
Hozirgi texnika asrida mehnat bozori jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Ma’lumki, asrlar davomida shakllangan va davr sinovidan o‘tgan mutaxassisliklarga ega bo‘lish uchun yillar davomida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish talab qilinar edi. Onlayn rejimda tashkil etilgan kurslar esa mehnat bozorida kechayotgan o‘zgarishlarni yashin tezligida ilg‘ab olmoqda va aynan bugungi kun talabiga javob beruvchi mutaxassisni tayyorlash uchun o‘z o‘quv dasturlarini taqdim etmoqda.
Onlayn ta’lim dunyoning eng nufuzli universitetlarining yuqori malakali va tajribali o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi. Masofaviy kursning har bir o‘quvchisi kurs o‘qituvchisi bilan shaxsan onlayn suhbatlashish imkoniyatiga ega.