2-maruza: mooc ommaviy Ochiq Onlayn


Materiallarni tizimli taqdim etish



Yüklə 24,07 Kb.
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü24,07 Kb.
#202640
1   2   3   4
2-maruza mooc (Ommaviy Ochiq Onlayn Kurslar) haqida. Reja

Materiallarni tizimli taqdim etish. Zamonaviy texnika vositalari yordamida materiallar optimallashtiriladi hamda oson va qulay shaklda taqdim etiladi. Qisqa videolar uzun ma’ruzalarga nisbatan o‘quvchilar tomonidan yaxshi o‘zlashtirilganligi sababli, barcha mavzular kichik videolardan tashkil topgan. Matnli ma’ruzalar esa o‘zlashtirish oson bo‘lgan qisqa bo‘laklarga bo‘linadi. Eng muhimi, metodik adabiyotlar sotib olish uchun mablag‘ sarflanmaydi.
Onlayn ta’limning aralash shakli. Masofadan o‘qitish jarayoni xilma-xil materiallardan foydalanishni ham o‘z ichiga oladi. MOOC masofaviy o‘qitish kurslari faqatgina videolar bilan cheklanib qolmaydi, balki ulardan turli manbalarga yo‘naltiruvchi qo‘shimcha murojaatlar:
matnli hujjatlar, audiofayllar, ijtimoiy tarmoqlar va forumlardagi muhokamalar ham joy olgan. Bunday tizim materialni o‘zlashtirish darajasini oshiribgina qolmay, balki o‘quvchilarning ma’lumot oqimini boshqarish va zarur bilimlarni mustaqil ravishda olish qobiliyatini ham rivojlantiradi.

MOOCNING KAMCHILIKLAR


MOOC platformalarida bilim olish faqat o‘quvchi tashabbusi bilan amalga oshiriladi va bunda yuqori darajadagi motivatsiya va o‘z-o‘zini boshqarish ustuvorlik qilishi lozim. Shu sababdan, ta’limning bu turida quyidagi kamchiliklar kuzatilishi mumkin:

  • o‘quv materiallarini mustaqil va yakka holda o‘rganish. Masofaviy ta’lim kursining vazifasi — o‘quvchi mustaqil ta’lim olishi uchun unga barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etish. Kunduzgi o‘qish sharoitida o‘quvchi ma’ruzadan keyin yoki ma’ruza vaqtida o‘qituvchiga bevosita murojaat qilishi mumkin, MOOC doirasida esa bunday imkoniyat mavjud emas. Yakka o‘qituvchi minglab o‘quvchilarning savollariga birdan javob bera olmaydi, shu sababli berilgan savolga o‘z vaqtida javob olishning imkoni bo‘lmaydi;

  • topshiriqni bajarish jarayonini to‘liq nazorat qilib bo‘lmaydi. Topshiriqlarni bajarish va yakuniy imtihonga o‘quvchi shaxsan javobgar hisoblanadi. Tizimni aldash mumkin, ammo bundan kim ziyon ko‘radi?


Yüklə 24,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin