2-maruza: MOOC (Ommaviy Ochiq Onlayn Kurslar) haqida. Reja:
MOOC platformasi haqida malumot
MOOC platformasi turlari va vazifalari, bepul online kurslar.
Yaqindagina kam doiradagi foydalanuvchilar bilgan MOOC tushunchasi hozirda kundalik
hayotimizda tobora faollashib, omma, ayniqsa, yoshlar orasida mashhur bо‘lib bormoqda. MOOCning tarixiga Massachusets Texnologiya Universiteti tomonidan barcha o‘quv materiallari onlayn ravishda
bepul tarqatila boshlagan vaqt, ya’ni 2001- yilda dastlabki tamal toshi qo‘yilgan. 2011-yilda Stenford
universitetining professori, Stenford sun’iy intellekt laboratoriyasi (SAIL)ning sobiq direktori Sebastian Thrun Internetda sun’iy intellektga oid bepul kursni nashr etadi. Qisqa vaqt ichida 190 ta mamlakatda istiqomat qiluvchi 160 mingdan ziyod foydalanuvchi Thrunning o‘quvchilariga aylanadi. 2012- yilda esa Thrun Udacity onlayn ta’lim platformasiga asos soladi. Bu hodisa o‘z davrining eng yorqin namunalaridan biri edi.
Natijada, 2011- yil Ochiq masofaviy kurslar yili deb e’lon qilinadi. 2012-yilda MIT o‘zining birinchi “Sxemotexnika va elektronika” ochiq ommaviy kursini taqdim etadi. Onlayn kursga yozilish esa hech qanday talablarsiz amalga oshirila boshlandi. Kursda 160 ta mamlakatdan 155 mingdan ziyod foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Bilim sifatiga qo‘yilgan talabning qat’iyligidan kurs ishtirokchilaridan atigi 7157 nafarigina Internetda sun’iy intellekt bo‘yicha bepul kursni tamomlashga muvaffaq bo‘lgan.