2-ma’ruza. Raqamli sxemotexnikaga oid asboblar va standartlar. Reja



Yüklə 321,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix23.05.2023
ölçüsü321,97 Kb.
#120958
  1   2   3   4
2 ma’ruza Raqamli sxemotexnikaga oid asboblar va standartlar fayllar



2-ma’ruza. Raqamli sxemotexnikaga oid asboblar va standartlar. 
Reja: 
1.Raqamli sxemalarni loyihalash, modellash va tahlillash standartlari: IEEE 754, 
ASCII, Unicode.
2.Sodda sxemalarni loyihalash uchun yagona HDL standart (masalan IEEE 1364/ 
Verilog, IEEE 1076/ VHDL)ni qo‘llash.
Raqamli sxemalarni loyihalash, modellash va tahlillash standartlari: IEEE 
754, ASCII, Unicode. 
Keyingi yillarda elektr va elektron sxemalarni loyihalash, modellash va olish 
jarayoni katta tezlik bilan rivojlanib bormoqda. Bunday ishlarda hisoblash jarayoni 
o’tgan asrning 70- yillarigacha kalkulyatorlar va kichik elektron hisoblash 
mashinalari EHMlarda olib borilar edi. Mini EHMlarning o’rniga 80-yillarning 
o’rtalariga kelib hisoblash quvvatlari va imkoniyatlari uzluksiz ortib borayotgan 
personal kompyuterlar (PK) qo’llanila boshlandi. Elektron sxemalarning tahlili 
bo’yicha PK larning dasturiy ta`minoti faqat hisoblashlarning algoritmlari va sonli 
tahlil usullarini rivojlantirish yo’nalishidagina emas, balki har xil turdagi sxemalar 
(analogli, raqamli, raqamli-analog, impuls va boshqalar) bilan tajribalar o’tkazish 
uchun virtual muhitni yaratish imkoniyatini beruvchi foydalanuvchi uchun qulay 
interfeysni yaratish yo’nalishida ham rivojlandi.
Elektrotexnika va elektronikani o’rganish jarayoni sxemalarni tahlil va tadqiq 
qilish bilan bog`liq. Ushbu jarayonni kompyuter maksimal darajada yengillashtirishi 
kerak. Virtual muhit kompyuterda elektr va elektron sxemalar ustida tajribalar 
o’tkazish uchun etarli sharoitlar yaratilgan laboratoriyani amalga oshirishi va 
olinadigan natijalarning aniqligi real sharoitlarda olinadigan natijalar aniqligidan 
qolishmasligi kerak.
Modellash real jarayonga maksimal darajadi yaqinlashtirilgan bo’lishi, ya`ni, 
sxemani tuzish, unga o’lchash asboblari va ostsillografni ulash, sxema 
elementlarining parametrlarini hamda ishlash rejimlarini o’rnatish va natijalarni 
olish jarayonlarini o’z ichiga olishi kerak.
Raqamli sxemalarni loyihalash, modellash va olish jarayoni ularning ma’lum 
bir standartlar asosida yaratilishini talab qiladi. Shuning uchun raqamli sxemalarni 
loyihalash, modellash va tahlillash uchun IEEE 754, ASCII, Unicode, sodda 
sxemalarni loyihalash uchun yagona HDL standart (masalan IEEE 1364/ Verilog, 
IEEE 1076/ VHDL)lari yaratildi va bugungi kunda qo’llanilmoqda. 
IEEE 754.


IEEE-Elektr va elektronika muhandislari instituti (IEEE (Institute of 
Electrical and Electronics Engineers) tomonidan yaratilgan bo’lib, haqiqiy sonlarni 
ikkilik kod ko’rinishida ifodalash uchun ishlatiladi. Bu standart bugungi kunda 
ko’plab mikroprotsessorlarda, mantiqiy qurilmalarda va dasturiy vositalarda 
qollanilmoqda. 

Yüklə 321,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin