2.2-Ma’ruza. Tabiatshunoslik o‘qituvchisi (kasbiy tayyorgarligi, ijodiy va ijtimoiy faolligi, ma\'naviy-ahloqiy sifatlari, g‘oyaviy-siyosiy yetukligi)ga qo‘yiladigan umumiy talablar
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi. Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi. Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi. Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi. Ushbu fanga oid umumiy kompetensiyalar o‘quv dasturlarining 1-4-sinflarida yil oxirida keltirildi. O‘quv dasturida nazorat ishlari ham berildi. Mazkur nazorat ishlari mavzular kesimida joylashtirilgan.
Me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi:
I. TK-tayanch kompetensiyalar TK1-kommunikativ kompetensiya;
FK4-tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi.
4-SINF TABIATSHUNOSLIK (34 soat, haftasiga 1 soat, A1+: 68 soat haftasiga 2 soat) O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari: Kommunikativ kompetensiya: A1 mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, darslikdan foydalanib,
mavzu bo‘yicha yozma matn tuza olish; darslik, o‘quv atlasi ma’lumotlardan samarali foydalanish; muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish va guruhlarda ijodiy tarzda ishlay olish. A1+ atama va tayanch so‘zlarni xorijiy tilda aytish va yoza olish. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: :