2-Ma’ruza: Tabiatshunoslik o‘qituvchisi (kasbiy tayyorgarligi, ijodiy va ijtimoiy faolligi, ma'naviy-ahloqiy sifatlari, g‘oyaviy-siyosiy yetukligi)ga qo‘yiladigan umumiy talablar


Tabiatshunoslik fani bo`yicha o`quvchilar bilimlarini nazorat qilish va baholash



Yüklə 32,21 Kb.
səhifə2/14
tarix16.05.2023
ölçüsü32,21 Kb.
#113721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2.2-Ma’ruza. Tabiatshunoslik o‘qituvchisi (kasbiy tayyorgarligi, ijodiy va ijtimoiy faolligi, ma\'naviy-ahloqiy sifatlari, g‘oyaviy-siyosiy yetukligi)ga qo‘yiladigan umumiy talablar

Tabiatshunoslik fani bo`yicha o`quvchilar bilimlarini nazorat qilish va baholash
Bilimlarni tekshirishning o’zlashtirish yuqori bo’lishi uchun tutgan o’rni. O’qituvchining o’qitish jarayonini nazorat qilib borishi, o’quvchilar bilimini tekshirishi va baholashi o’qitish jarayonining majburiy elementidir. Tekshirish bilimlarni mustahkamlash va aniqlashtirishga xizmat qiladi, chunki uzoq vaqt tekshirishsiz qolgan bilimlar oson unutiladi. Bilimlarni takrorlash yangilarini o’rganish uchun tayanchdir.
Tabiatshunoslik darslarida o’tilgan materialni takrorlash va umumlashtirish yangi mavzuni o’rganish jarayonida va uni o’rganishdan keyin, shuningdek, har bir chorak hamda yil oxirida o’tkaziladi.
Takrorlashning turli uslublari mavjud. Hammadan avval bu:

  • ko’rilgan diafilmlar yoki kinofilmlar, suratlar, kontur xaritalar bo’yicha suhbat vaqtida, o’quvchilar tomonidan tajribalar o’tkazilayotganida;

  • masalalar yechish va mashqlar bajarilayotganida;

  • qiziqarli savollarga javob berilayotganda bilimlarni umumiy yoki individual tekshirishdir.Bilimlarni tekshirish og’zaki va yozma shakilda amalga oshiriladi.

Takrorlash turlaridan biri o’quvchilar bilimini og’zaki hisobga olishdir, u har bir darsda butun sinfni umumiy so’rash yoki ayrim o’quvchilardan individual so’rash ko’rinishida o’tkaziladi. Umumiy so’rashning qimmati shundaki, bunda javob berishga ko’proq sondagi o’quvchilarni jalb qilish va sinf e‘tiborini ushlab turish imkoniyati bo’ladi. Biroq ayrim savollarga olingan javoblar har bir o’quvchi bilimlarining chuqurligini aniqlashga imkon bermaydi va ularga o’z fikrlarini ravon hikoya tarzida bayon qilish ko’nikmalarini rivojlantirishga halaqit beradi. Shuning uchun ham individual so’rash, ya‘ni ayrim o’quvchining ravon hikoyasi so’rashning asosiy turi hisoblanadi.
So’rash jarayonida o’qituvchi o’quvchilarning bilimlari naqadar aniqligi va fahmlab olinganligini, ularning o’rganilayotgan jonsiz tabiat ob‘ektlari, o’simlik va hayvonlar to’g’risidagi tasavvur va tushunchalarini qanchalik to’g’ri ekanligini aniqlash kerak bo’ladi. Shunga ko’ra materialni faqat og’zaki bayon qilinishi bilan qanoatlanib qolmaslik kerak. Talab qilish kerakki, o’quvchilar javoblarida kuzatish natijalaridan foydalansinlar, o’z hikoyalarini o’qituvchi materialni tushuntirishda foydalangan jadval, model va boshqa o’quv qurollarini ko’rsatish bilan birga olib borsinlar.
Alohida o’quvchidan so’rashning butun sinf bilimlarini mustahkamlashga yordam berishi munosabati bilan sinf e‘tiborini har bir javobga qaratilishiga erishish kerak. Sinf e‘tiborini faollashtirish uchun savolni butun sinfga berish, keyin tayinli o’quvchini javobga chiqarish lozim. Bu barcha o’quvchilar diqqatlarini to’plashga va materialni xotirada tiklashga majbur qiladi. Bundan tashqari javob beruvchi o’quvchi yo’l qo’ygan xato va noaniqlikni tuzatish, uning javobini to’ldirish va qo’shimcha savollar berish uchun butun sinfga javobni kuzatib borishni taklif qilish kerak.
O’qituvchi javob berayotgan o’quvchiga e‘tibor berish bilan birga butun sinfni o’z nazorati ostida ushlab turmog’i lozim. O’quvchilar e‘tiborini bo’shashganligini o’z vaqtida payqash va uni tiklash usullarini topish, chekinish harakatlarini o’z vaqtida payqash va bartaraf qilish g’oyat muhimdir.

Yüklə 32,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin