17
Taqdimot shablonini tanlash muloqot oynasi
Taqdimot uchun shablonlarni tanlash orqali taqdimot asosi quriladi va u kerakli ma’lumotlar
bilan to’ldiriladi. Buning uchun taqdimot muharriridan foydalaniladi. Ish stoli elementlarini
sichqoncha tugmasini bosish orqali tanlash mumkin. Demak, shablondagi
barcha elementlarni,
sarlavha, matn, rasmlarni tahrirlash va o’zgartirish mumkin.
Prezi taqdimoti muharriri oynasi
Taqdimot bilan ishlaganda zarur bo’ladigan asosiy uskunalar oynaning yuqori qismida
joylashgan va ular uchta menyu guruhiga bo’lingan:
•
Frames and Arrows
: formaning turli sohalarini belgilash va taqdimotga yangi slayd
ko’rinishlarini qo’shish.
•
Insert
: kerakli ma’lumotlarni
taqdim etish uchun tasvirlar, video va boshqa fayllarni
qo’shish. KlipArt galeriyasidan foydalanish mumkin. Taqdimotga musiqa jo’rligini ham
joylashtirish mumkin.
•
Theme:
taqdimot ko’rinishini sozlash mumkin. Ushbu
menyu yordamida xohlagan
vaqtda boshqa mavzuni tanlash imkoniyati mavjud. Taqdimotni jihozlash yoki biror bir element
rangini o’zgartirish orqali amalga oshirish mumkin.
Ishni xohlagan bosqichida taqdimotni qanday namoyish etilishini ko’rish mumkin,
buning
uchun oynaning chap tomonida joylashgan Present tugmasini tanlash orqali bajariladi. Prezi servis
bo’lsada loyihani avtomatik
saqlash imkoniyati mavjud, shunday bo’lsada muharrirdan chiqib ketish
oldidan quyidagi tugmani bosish lozim bo’ladi.
18
Taqdimotni saqlash muloqot oynasi
Hujjatni saqlash uchun birinchidan sahifani istagan usulda ko’rish mumkin.
Ikkinchidan,
taqdimotni onlayn shaklida ishga tushirish mumkin. Hujjatni PDF formatda ham saqlash mumkin.
Yana bir saqlash usuli bu, taqdimotni kompyuterda avtonom ko`rinishda saqlash.
Prezi dasturini ishga tushiring. Sahifaning yuqori qismdagi «Create» tugmasini tanlang.
«Your Prezis» qatoridagi «+New Prezi» tugmasini tanlang.
Taqdimot uchun eskiz tanlanadi. Ish sohasiga xohlagan kadrlarni joylashtirng. Prezi uchun
dizayn tanlanadi. Taqdimot yaratishda yaxshi natijaga erishish uchun taqdimotni oldindan ko’rish
effektini tashkil etish lozim.
Taqdimot asosi uchun tayanch nuqtalar tanlab joylashtiriladi. Bu nuqtalar –
kordinatsion
nuqtalar deb tasavvur qilinadi, har bir kadrni yaratganda shu nuqtalarga tayanib ish tutiladi.