Grafik muharriri
interfeysi bir oz qiyinroq va hozircha standart funksyalari joylashish
o’rni noqulayroq, lekin, uskunalari juda qiziqarli. Slides dasturida
slaydlarni har qanday
yo’nalshda harakatlantirish mumkin ya’ni o’ngdan chapga, chapdan o’nga, yuqoridan pastga,
pastdan yuqoriga.
Slides dasturi
bazaviy funksiyalari bilan tekin versiyalar mavjud, dasturning to’liq shakli
pullik. Hamma taqdimotlar sizning Web brauzeringizda onlayn
tarzda amalga oshiriladi,
dasturning desktop va telefon versiyalari hozircha mavjud emas, faqatgina boshqa qurilmalarda
dasturni yuklash imkoni mavjud.
Dasturning to’liq shakli juda qiziqarli bo’lib, kelajakda ommolashishi kutilmoqda. Agarda
sizda taqdimot yaratish zururiyati tug’ilgan bo’lsa, Slidesda taqdimot yaratib ko’rishingizni
maslahat beramiz.
SlideDog
Rasm 4.6
SlideDog
– Power Point yoki Keynote dasturlariga o’xshagan taqdimot muharriri emas.
Siz bu dasturda taqdimot yarata olmaysiz, lekin dastur yordamida
siz taqdimot uchun qulay
playlist tayyorlashingiz mumkin. Taqdimotlar Power Point va Keynote, PDF hujjatlari,
vidioroliklar, rasmlar va veb sahifalarni bitta taqdimotga kerakli tartibda joylashtirish imkoniyati
mavjud. Onlayn tarzda yoki dasturni Windows operatsion tizimiga
yuklahan holda ishlash
mumkin.
Projeqt
Rasm 4.7
Projeqt dastrida taqdimotni jonlantiruvchi internetdan har qanday turdagi ma’lumotlarni
qo’yish imkoni mavjud, ya’ni RSS lentasi,
Google haritasi, onlayn savol-javob, Youtube dan
video lavhalarni yoki SaundCloud dan musiqalarni jaylashtirish mumkin.
Slides dasturiga
o’xshab Projeqt dasturida slaydlar harakatini har qanday yo’nalshda joylashtirish imkoni mavjud.
Eng asosiysi Projeqt dasturida hosil qilingan taqdimotlarni har qanday internetga ulangan
qurilmalarda yuklash va o’zgartirish mumkin.
Interfeysi juda ham qulay, unda ishlash qiyin emas. Qiziqarli hususiyatlari:
yaratilgan
taqdimotlarni Power Point dasturiga va PDF hujjatlariga import qilish mukin va taqdimotlarni
internetga joylashtirish juda qulay.
Projeqt talim sohasida va ko’rgazmalarda keng qo’llanalmoqda.
Flowboard
Rasm 4.8
Keynote ning Mobil versiyasi bilan faqatgina Flowboard tenglasha oladi. Dastur iPad
qurilmasida taqdimotlarni o’zingizning shaxsiy shablonlaringiz
yordamida yaratish imkonini
beradi.
Interfeysi juda oson, funksiyalari yetarlicha ko’p. Qiziqarli qurilmalari: Facebook,
YouTube, Dropbox kabi veb sahaifalaridan rasmlar va videolarni taqdimotga
joylashtirish kabi
imkoniyatlarga ega.