Тahdid turi
|
Misollar
|
Tabiiy ofatlar
|
Yong‘in, toshqin yoki zilzila ma’lumotlarni yо‘q qiladi
|
Intellektual mulkni obrо‘sizlantirilishi
|
Dasturiy mahsulot litsenziyalanmagan yoki avtorlik huquqi buzilgan
|
Shpionaj
|
Mahsulot ishlab chiqarish jadvalini о‘g‘irlash
|
Tovlamachilik
|
Pochta xodimining xatlarni noqonuniy о‘qishi
|
Apparat vositalarining buzilishi yoki ishlashidagi xatoliklar
|
Firewall butun tarmoq trafigini bloklab qо‘yishi
|
Inson xatoliklari
|
Xodim tashkilot noutbukini avtorurgohda tо‘satdan tushirib yuborishi
|
Sabotaj yoki buzg‘unchilik
|
Hujumchi fayllarni о‘chirib yuboradigan qurtni о‘rnatadi
|
Dasturiy hujumlar
|
Virus, qurt yoki DOS hujumi dasturiy yoki apparat taminotni buzadi
|
Dasturning buzilishi yoki undagi xatoliklar
|
Xatolik dasturning yuklanishiga tо‘sqinlik qiladi
|
Texnik talablar jihatidan eskirish
|
Dastur operatsion tizimning yangi versiyasi bilan ishlay olmaydi
|
О‘g‘irlik
|
Xodim kompyuterining о‘g‘irlanishi
|
Elektr tarmog‘ining uzilishi
|
Elektr tokining о‘chishi
|
Aktivlarga xavf tug‘dirishi mumkin bо‘lgan tahdidlarni aniqlash murakkab jarayon bо‘lishi mumkin. Ushbu vazifani hal qilishning usullaridan biri bu tahdidlarni modellashtirish deb nomlanuvchi jarayondir. Tahdidlarni modellashtirishning maqsadi - tajovuzkorlar kimligini, nima uchun hujum qilishlarini va qanday hujumlar sodir bо‘lishi mumkinligini yaxshiroq anglash. Tahdidni modellashtirish kо‘pincha aktivlar duch kelishi mumkin bо‘lgan tahdid turlarining ssenariylarini tuzadi. Tahdidlarni modellashtirishda ishlatiladigan qimmatbaho vosita bu hujum daraxtini qurishdir. Hujum daraxti aktivga qarshi sodir bо‘lishi mumkin bо‘lgan hujumlarning ingl. Daraxtning teskari tuzilishi sifatida chizilgan hujum daraxti hujumning maqsadi, sodir bо‘lishi mumkin bо‘lgan hujum turlari va hujumlarda qо‘llaniladigan usullarni kо‘rsatadi.