biror narsani bilish asosida. Misol sifatida parol, shaxsiy identifikatsiya kodi PIN (Personal Identification Number) hamda sorov javob xilidagi protokollarda namoyish etiluvchi maxfiy va ochiq kalitlarni korsatish mumkin;
biror narsaga egaligi asosida. Odatda bular magnit kartalar, smart-kartalar, sertifikatlar va touch memory qurilmalari;
qandaydir daxlsiz xarakteristikalar asosida. Ushbu kategoriya oz tarkibiga foydalanuvchining biometrik xarakteristikalariga (ovozlar, kozining rangdor pardasi va tor pardasi, barmoq izlari, kaft geometriyasi va x.) asoslangan usullarni oladi. Bu kategoriyada kriptografik usullar va vositalar ishlatilmaydi. Beometrik xarakteristikalar binodan yoki qandaydir texnikadan foydalanishni nazoratlashda ishlatiladi.
Parol foydalanuvchi hamda uning axborot almashinuvidagi sherigi biladigan narsa. Ozaro autentifikatsiya uchun foydalanuvchi va uning sherigi ortasida parol almashinishi mumkin. Plastik karta va smart-karta egasini autentifikatsiyasida shaxsiy identifikatsiya nomeri PIN sinalgan usul hisoblanadi. PIN kodning mahfiy qiymati faqat karta egasiga malum bolishi shart.
Dinamik (bir martalik) parol - bir marta ishlatilganidan song boshqa umuman ishlatilmaydigan parol. Amalda odatda doimiy parolga yoki tayanch iboroga asoslanuvchi muntazam ozgarib turuvchi qiymat ishlatiladi.
“Sorov-javob tizimi - taraflarning biri noyob va oldindan bilib bolmaydigan sorov qiymatini ikkinchi tarafga jonatish orqali autentifikatsiyani boshlab beradi, ikkinchi taraf esa sorov va sir yordamida hisoblangan javobni jonatadi. Ikkala tarafga bitta sir malum bolgani sababli, birinchi taraf ikkinchi taraf javobini togriligini tekshirishi mumkin.
6. Kompyuter viruslari va ularga qarshi kurashish mexanizmlari.
Bu nima va unga qarshi qanday kurashish kerak? Bu mavzuga onlab kitoblar va yuzlab maqolalar yozilgan. Kompyuter viruslariga qarshi minglab professional mutaxassislar koplab kompaniyalarda ish olib borishmoqda. Bu mavzu ota qiyin va muhimki kop e`tiborni talab qilmoqda. Kompyuter virusi ma`lumotni yoqotish sabablaridan biri va asosiysi bolib qolmoqda. Viruslar koplab tashkilot va kompaniyalarni ishlarini buzishga olib kelganligi ma`lum. Shunday ma`lumotlar mavjudki, Niderlandiya gospitallaridan birida bemorga kompyuter qoygan tashxis boyicha iste`mol qilingan dori oqibatida bemor olamdan otgan. Bu kompyuter virusining ishi bolgan.
E`tiborsizlik bilan qilingan ishdan kompyuter tezda virus bilan zararlanadi. Inson kasallik virusi bilan zararlansa issiqligi ozgarishi, vazni ozgarishi, xolsizlanish va ogriqning paydo bolishi kozda tutiladi. Kompyuter virusi bilan zararlangan kompyuterlarda quyidagilar kuzatiladi: dasturlarning ishlashining sekinlashishi, fayllarni hajmi ozgaradi, gayritabiiy va ba`zi bir noma`lum xatoliklar, ma`lumotlar va sistema fayllari yoqotilishi. Ba`zi viruslar zararsiz kopayadi, lekin qorqinchli emas. Bu viruslar ekranga xato ma`lumot chiqaradi. Ammo, bir turdagi viruslar hujum qiluvchi, ya`ni, yomon asoratlar qoldiruvchi hisoblanadi. Masalan, viruslar qattik diskdagi ma`lumotlarni ochirib tashlaydi.
Dostları ilə paylaş: |