2-maruza. Tuproq unumdorligi, madaniyligi va strukturasi tuprcq unumdorligi



Yüklə 98,5 Kb.
səhifə4/4
tarix20.11.2023
ölçüsü98,5 Kb.
#162304
1   2   3   4
2- maruza

ball - o‘simlik qoplamida 5% gacha begona o‘t uchraydi.

  • ball - o‘simlik qoplamida 5-25% gacha begona o‘t uchraydi.

  • ball - o‘simlik qoplamida 25-50% gacha begona o‘t uchraydi.

  • ballda esa begona o‘tlar madaniy o‘simliklarga nisbatan ko‘pchilikni tashkil etadi.

    Dalada begona o‘tlarning miqdoriga qarab yuqoridagi ballardan biri olinadi.
    Begona o‘tlarni aniq usulda hisobga olish. Bu usulda begona o‘tlarni hisobga olish va miqdoriy-tortish usullaridan foydalaniladi.
    Tekshirish natijasida olingan ma’lumotlarga asoslanib, xo‘jalik dalalarining begona o‘tlar bilan ifloslanganlik xaritasi tuziladi. Ushbu xaritada dalalarning begona o‘tlar bilan ifloslanganlik darajasi ball bilan, begona o‘tlarning turlari rejali holda tegishli ranglarga bo‘yash yoki shtrixlash va turli shartli belgilarda ifodalanadi. Xarita dalalarda begona o‘tlarning tarkibi va miqdorining o‘zgarishiga qarab, ularga qarshi har xil kurash tadbirlarini tanlashda va qo‘llashda yordam beradi.
    Begona o‘tlarni yo‘qotish oldini olish, qiruvchi va maxsus tadbirlarga bo‘linadi.
    Dalalarni begona o‘tlardan toza bo‘lishini ta’minlashda ularni tarqalishini oldini olish tadbirlari muhim ahamiyatga ega. Ko‘pchilik begona o‘tlarning urug‘i ekin bilan birga yetiladi. Hosil yig‘ishtirib olinganda ular donga aralashib ketadi. Odatda bug‘doyga olabo‘ta, ismaloq beda urug‘iga zarpechak, sholiga kurmak aralashgan bo‘ladi.
    Urug‘likni tozalash ekinning sof bo‘lishiga imkon beradi. Begona o‘tlar urug‘i yetilmasdan ekinlar hosilini yig‘ib olish urug‘likning toza bo‘lishini ta’minlaydi. Bedani 15-25% gullaganda o‘rish begona o‘tlar urug‘i yetilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Kanal, ariq, zovur, yo‘l yoqalarida o‘sadigan begona o‘tlarni urug‘lamasdan yo‘qotib turish suv orqali urug‘lar tarqalishining oldini oladi.
    Bir xil ekin surunkasiga ekilaversa, shu ekin agrotexnikasiga moslashgan begona o‘tlar ko‘payib ketadi. Buni oldini olish uchun agrotexnikasi bir-biridan keskin farq qiladigan ekinlarni navbatlab ekish lozim.
    Begona o‘tlarga qarshi samarali kurashish uchun ularning tarqalishini oldini olish tadbirlarini agrotexnik tadbirlar bilan birgalikda olib borish zarur.
    Agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish muddati va qo‘yilgan vazifalarga ko‘ra kuzgi shudgorlash, yerga ekin ekishdan oldingi, ekin ekilganidan keyingi va qator oralariga ishlov berishdagi tadbirlarga bo‘linadi.
    Kuzgi shudgorni sifatli qilib ikki yarusli pluglar bilan o‘tkazish begona o‘tlar sonini keskin kamaytiradi. Chimqirqarli plug bilan tuproq yuzasiga to‘kilgan begona o‘t urug‘lari 30­35 sm chuqurlikka ko‘milsa ma’lum miqdorda unuvchanligini yo‘qotadi.
    G‘umay, ajriq, qamish kabi ildizpoyali begona o‘tlarni shudgorlashdan oldin ag‘dargichi olingan plugda 18­22 sm chuqurlikda yumshatib so‘ngra chizel yordamida ildizpoyalarni tirmalab olish kerak. Har yil o‘zgargan chuqurlikda haydash ham begona o‘tlarni kamaytiradi. Agar yer birinchi yili 40 sm chuqurlikda, keyingi yillarda 25, 30, 35 va 40 sm chuqurlikda shudgorlansa begona o‘t urug‘lari tushgan qatlam uch yilgacha yer betiga chiqmaydi va unuvchan urug‘lar miqdori kamayadi.
    Begona o‘tlarga qarshi maxsus choralarga biologik, olovli kurash, mulchalash kabi usullar kiradi.
    Almashlab ekish, ekinlarning ekish muddatlari, me’yorlari begona o‘tlarning zararkunandalari va kasalliklaridan foydalanish biologik kurash usuliga kiradi.
    Agrotexnikasi turlicha bo‘lgan ekinlarni navbatlab ekish begona o‘tlarni keskin kamaytiradi. Masalan bedadan keyin paxta dalasidagi begona o‘tlar soni 40-50% kamayadi.
    Shumg‘iyaga qarshi fitomiza pashshasi qo‘llanilganda uning urug‘i 71% gacha kamayadi.
    Mulchalash uchun plyonka, neft chiqindisi, maxsus qog‘ozdan foydalanish mumkin. Bu narsalarni qator ustiga yopish begona o‘tlar o‘sishining oldini oladi.
    Begona o‘tlarga qarshi kurashda gerbitsidlar samarali vosita hisoblanadi. Tuzilishiga ko‘ra gerbitsidlar anorganik va organik moddalarga bo‘linadi. Ekinlarga va begona o‘tlarga ta’sir etishiga ko‘ra gerbitsidlar tanlab ta’sir etuvchi va yoppasiga ta’sir etuvchi ikki guruhga bo‘linadi. Begona o‘tlarga ta’sir etishga qarab kontakt va ichdan ta’sir etuvchilarga bo‘linadi. Kontakt ta’sir etuvchilar o‘simlikning tekkan joyiga ta’sir etadi. Ichdan ta’sir etuvchilar begona o‘tlarning qaysi qismiga tegishidan qat’i nazar uning tanasiga singib modda almashinuv jarayonini buzadi.
    Gerbitsidlar OVX-28 apparatida yoppasiga, PGS-2,4, PGS- 3,6 apparatida tasmasimon usulda sepiladi.
    Paxtachilikda kotoran, kotofor gerbitsidlari ekish bilan birga lenta usulida 0,9-1,2 kg/ga, treflan 4,0-6,0 l/ga me’yorda ekishdan oldin yoppasiga sepiladi. Ko‘p yillik o‘tlarga qarshi fosulen sentabr, oktabr oylarida 9-12 kg/ga me’yorda qo‘llaniladi. Fyuzilad 3,0 l/ga me’yorda g‘o‘zaning birinchi suvidan keyin sepiladi.
    Makkajo‘xorida simazin 1,9-7,5 kg/ga, atrazin 3,0-8,0 kg/ga, agelon 4,0-6,0 kg/ga, politriazin 3,0-6,0 kg/ga me’yorda lenta usulida qo‘llaniladi.
    G‘alla ekinlarida 2,4 - D ning aminli tuzlari yoki efirlari ishlatiladi. Solish me’yori 1-2 kg/ga, 300 l/ga suvda eritib samolyotda, 600 l/ga suvda eritib OVX - 28 purkagichida purkash mumkin. Shuningdek, hozirgi kunda bug‘doyda granstar gerbitsidi ham qo‘llaniladi. Sholida yalan (8-16 kg/ga), propanid (16-30 kg/ga), g‘allada trillat (2-4 kg/ga) gerbitsidlaridan foydalaniladi.
    Sabzida linuron (0,8-3,0 l/ga) kerosin (300-400 l/ga), piyozda ramrod (4,6-6,6 l/ga) kabi gerbitsidlar qo‘llaniladi.
    Begona o‘tlarga qarshi kurashda agrotexnik, biologik va kimyoviy kurash choralarini uyg‘unlashgan holda olib borish kerak.
    Ko‘p yillik begona o‘tlarning ildiz bachkilari juda yashov- chan bo‘ladi. Yer betiga qo‘porib chiqarilgan begona o‘t qoldiqlari nam yetarli bo‘lgan sharoitda tez ko‘karadi, oson ildiz otadi. Begona o‘tlarning ildizlarida kurtaklar rivojlanadi va ulardan ham ustki poyalar - mustaqil yashay oladigan o‘simlik turlari paydo bo‘ladi.
    Turli xil begona o‘tlarning urug‘lari, ildiz poyalari va ildiz- bachkilari har qanday tuproq iqlim sharoitida, hatto eng ta- komillashgan agrotexnika tadbirlari qo‘llanilganda ham, tuproq­ning 0-30 sm li haydalma qatlamida to‘planadi, bir yillik begona o‘tning asosiy qismi esa tuproqning yuza qavatida (0-10 sm) ko‘karib chiqadi.
    Olimlar tomonidan aniqlanishicha, tuproqning haydalma qat­lamida bo‘ladigan begona o‘t urug‘lari zaxirasi gektariga 0,3 dan

    1. 4 mlrd. donagacha boradi.

    Begona o‘tlarga qarshi kurashish borasidagi agrotexnik kurash tadbirlari sistemasida yer haydash muhim ahamiyat kasb etadi. Yer haydashdan maqsad tuproqni yumshatish va ularning urug‘larini yerga chuqur ko‘mib yuborishdir. Yer qo‘sh yarusli plugda qavat-qavat haydalganda tuproqning haydalma qatlami ikki qavatga bo‘linib, ustki qavati plug tomonidan ochilgan egat tubiga tashlanib, pastki qavati uning ustiga ag‘dariladi. Bu bilan tuproq haydalma qatlamining to‘la ag‘darib (180°) haydalishi ta’minlanadi. Natijada tuproqqa chuqur ko‘mib yuborilgan begona o‘t urug‘lari va ularning qoldiqlari qayta ko‘kara olmaydi.
    Ko‘p yillik begona o‘tlarni yo‘qotish va dalalarni begona o‘tlardan xoli tutish uchun qamish, g‘umay, ajriq kabi begona o‘tlarning ildiz poyalari tirmalab yig‘ib olinadi. Tuproqning haydalma qatlamidan tirmalab yig‘ib olingan begona o‘tlarning ildiz poyalari daladan tashqariga chiqarilib yoqib yuboriladi.
    Erta bahorda begona o‘t urug‘larining jadal unib chiqishi uchun muvofiq sharoit vujudga keladi. Begona o‘tlarning dastlabki ko‘karib chiqish bosqichida ularni boronalash yo‘li bilan yo‘qotish yaxshi natija beradi. Boronalash ikki bora amalga oshiriladi. Boronalar dala chekkasiga chiqqanda ular begona o‘tlardan tozalanadi va begona o‘tlarning butun dala bo‘ylab tarqalib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
    Chorvachilik fermalari hududlari, elektr liniyalari atrofi, qurilish maydonchalari va temir yo‘l yoqalaridagi qiyaliklarda o‘sib yotadigan begona o‘tlarni yo‘qotish ham juda muhimdir. Negaki, tuprog‘i ishlanmaydigan yerlardagi begona o‘tlarga qarshi o‘z vaqtida kurash olib borilmasa, ular begona o‘t urug‘lari va ildizpoyalarining tarqalish manbaiga aylanib qoladi.
    Paxta dalalarida ko‘p yillik va bir yillik begona o‘tlarga qarshi kurashda tanlab ta’sir etadigan gerbitsidlar qo‘llaniladi. Tuproq-iqlim sharoitlariga, qo‘llaniladigan agrotexnik tad- birlarga, shuningdek, ishlatiladigan gerbitsidlarning vazifasiga qarab - ular kuzda, ko‘klamda, ekishga qadar, ekish bilan bir vaqtda va g‘o‘zaning vegetatsiyasi davri mobaynida berib boriladi.
    Ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi gerbitsidlar kuzda, odatda yerni asosiy ishlashdan keyin beriladi. Yog‘ingarchilik kam bo‘ladigan rayonlarda ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi gerbitsidlar ishlatishdan oldin yerlar sug‘oriladi, tuprog‘i sho‘rlangan yerlarning sho‘ri yuviladi. Sistemali ravishda ta’sir etadigan gerbitsidlar suvda yaxshi eruvchan bo‘ladi, o‘simlikning ildiz sistemasi orqali osongina kirib boradi. Yog‘ingarchilik ko‘p sodir bo‘lgudek bo‘lsa, gerbitsidlar tuproqning pastki qatlamlariga yuvilib tushadi. Kuzi qurg‘oqchil va qish davomida qor kam yoqqan sharoitda bu xildagi gerbitsidlar tuproqning pastki qatlamlariga yuvilib ketmagan holda, tushgan joyida saqlanadi.
    Gerbitsidning me’yori ishlatish holatiga va tarkibidagi sof modda miqdoriga qarab belgilanadi.
    Ajriq bosgan paxta maydonlarini gerbitsidlar bilan dorilashni hosil yig‘ib olingandan keyin kuzgi shudgorlashga qadar o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Kuchli darajada ajriq bosgan dalalarga bu xildagi gerbitsid yoppasiga berilib, serajriq uchastkalar tanlab ishlanadi. Shuni esda tutish lozimki, gerbitsidlar bilan ishlangan maydonlarda mol boqish man etiladi.
    Sho‘rlangan tuproqlarda gerbitsid tuproq sho‘ri yuvilgandan keyin solinadi. Odatda bu xildagi dorilash makkajo‘xori, oqjo‘xori va boshqa ekinlar hosilini yig‘ib olingandan so‘ng, sentabr-oktabr oylarida, ya’ni tuproq yetilgandan keyin o‘tkaziladi.
    G‘umay va ajriq bosgan dalalarni yoppasiga dorilash uchun OVX-14 markali purkagichdan yoki dalani yoppasiga ishlaydigan shunga o‘xshash mashinalardan foydalaniladi. Bu xildagi mashinalar bo‘lmagan hollarda PGS-2,4 yoki PXG-4 markali moslamalarni dalalarni yoppasiga dorilash uchun qayta uskunalashga to‘g‘ri keladi. Buning uchun mashina brusiga osgich uchun maxsus tayanch payvandlanadi va unga sharnirli qilib PXG -4 ning 8-12 ta uchligi bo‘lgan trubasi ulanadi.
    G‘o‘za-beda almashlab ekish dalalarida maydonni o‘t bosish tiplari turlicha bo‘lib, ayrim gerbitsidlarning ta’sir ko‘rsatish doirasi esa nisbatan tor bo‘ladi. Shunga ko‘ra, begona o‘tlarga qarshi kurash tadbirlari kompleksida gerbitsidlar qo‘llanishni agrotexnika tadbirlariga bog‘lab olib borishga alohida ahamiyat beriladi. Yerga gerbitsid solishda tuproqni yuza yumshatish katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, bu tadbir ko‘p yillik bachki ildizli begona o‘tlarning rivojlanishi uchun tuproq ishlangan birinchi yili ham, almashlab ekish dalalari bo‘yicha ham eng muvofiq sharoit yaratib beradi. Faqat o‘z muddatida va to‘g‘ri ishlatilgan gerbitsidlar yo‘q qilinishi qiyin bo‘lgan begona o‘tlarga qarshi kurashishning hal etuvchi, birdan-bir vositasi hisoblanadi.
    Olib borilgan ko‘p yillik kuzatishlardan aniqlanishicha, 6-7 yil davomida surunkasiga gerbitsidlar qo‘llanilgan maydonlarga uch yil davomida paxta ekish mumkin emas. Bunda paxtadan keyin birinchi yili bedani sudan o‘ti bilan birga ekish, keyingi yillarda esa tuproqda qolgan gerbitsidlarning parchalanib ketishi uchun bedaning bir o‘zi o‘stirilib, begona o‘tlarga qarshi kimyoviy preparatlar ishlatilmasligi tavsiya etiladi. Yaxshi avj olib o‘sgan bedapoyalarda, gerbitsidlar qo‘llanilmagan taqdirda ham, begona o‘tlar o‘z-o‘zidan siqilib qoladi va foydali entomofauna yaxshi rivojlanadi.
    Shunday qilib, gerbitsidlarni navbatlab ishlatish - tuproqda ularning qoldiqlari to‘planib qolishining oldini oladi, chidamli begona o‘tlarning ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaydi, shuningdek qo‘llaniladigan gerbitsidlarning atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi yo‘qoladi. G‘o‘zaning o‘sishi uchun, ayniqsa, vilt bilan kasallangan dalalar katta qiyinchilik tug‘diradi. Chunki ko‘pchilik begona o‘tlar vertisillium zamburug‘i bilan zararlangan holda, ularning ko‘p miqdordagi qoldiqlari tuproqdagi zamburug‘larning ko‘payishi uchun muvofiq muhit sifatida xizmat qiladi. Demak, begona o‘tlarga qarshi o‘z vaqtida kurash olib bormaslik, g‘o‘zani vilt kasalligi bilan kuchli darajada kasallanishiga sabab bo‘ladi. Shunga ko‘ra, vilt kasalligi tarqalgan paxta maydonlarida gerbitsidlar chigit ekishdan bir necha kun oldin dala bo‘ylab hamma yerga (tuproqni boronalash mahalida) yoppasiga beriladi.
    Shuni alohida ta’kidlash kerakki, begona o‘tlar yerga solingan mineral o‘g‘itlarga nisbatan juda ta’sirchan bo‘ladi. Begona o‘tlar azot, fosfor va kaliyni g‘o‘zaga nisbatan o‘n baravardan ham tezroq o‘zlashtiradi. Buni hisobga olib, mineral o‘g‘itlar begona o‘tlar paxta maydonlaridan chiqarib tashlangandan, qator oralari ishlangandan va begona o‘tlar o‘toq qilib olingandan keyingina yerga solinishi lozim. Shundagina g‘o‘za ulardan to‘la-to‘kis foydalaniladi.
    Agrotexnik tadbirlardan tashqari, gerbitsidlarni g‘o‘za nihol- lari unib chiqquncha qo‘llanish ham begona o‘tlarni sezilarli darajada yo‘qotish imkonini beradi. Shuni ham aytish kerakki, yuqorida keltirilgan agrotexnik tadbirlar begona o‘tlarni butun vegetatsiya davri mobaynida yo‘qotib borishni ta’minlay olmaydi. Gerbitsidlar o‘zlarining ta’sir ko‘rsatish aktivligini 1,5-2 oy deganda yo‘qotadi. Natijada tuproqning pastki qatlamlaridan yer betiga chiqqan begona o‘t urug‘lari unib chiqishini hech qanday qarshiliksiz davom ettiradi, g‘o‘zani soyalaydi, oziq elementlari va suvga sherik bo‘ladi. Ayniqsa, g‘o‘za yoppasiga shonalash davriga kirganda o‘simlik qatorlarini ko‘plab begona o‘tlar bosadi. Endi ularni mexanizmlar bilan yo‘qotish mumkin bo‘lmay qoladi.
    G‘o‘zaning uya oraliqlaridagi va o‘simlik qatorlaridagi (pushtalardagi) begona o‘tlarni yo‘qotish uchun gerbitsidlarni vegetatsiya davridagi sug‘orishga qadar va sug‘orish egatlarini ochish bilan bir vaqtda ishlatish usuli ishlab chiqilgan. Gerbitsidlarni yerga solishning eng muvofiq muddati g‘o‘zaning dastlabki sug‘orishigacha bo‘lgan davri hisoblanadi. Bunda o‘simlik asosiy poyasining balandligi 15-25 sm gacha borishi mumkin.
    O‘simliklarga tanlab ta’sir etuvchi gerbitsidlar alohida aha­miyat kasb etib, ular ikki guruhga, kontakt va sistemali ta’sir ko‘rsatuvchiga bo‘linadi. Ularning gerbitsidlarga nisbatan ne- chog‘li chidamliligi qaysi guruh va sinfga oidligiga bog‘liq bo‘lib, gerbitsidlarni tez yoki sekin o‘zlashtirishlariga qarab belgilanadi. O‘simlik ichiga kirib olgan gerbitsid molekulalarining ko‘pchiligi tez orada turli xil o‘zgarishlarga uchraydi, natijada dastlabki gerbitsidlarga qaraganda fitotok- sikligi turli xil darajada bo‘ladigan ko‘plab metabolitlar paydo bo‘ladi.
    Gerbitsid qoldiqlarining atrof-muhitga havo, suv, tuproq va o‘simlik orqali singishi hozircha to‘la ma’lum emas. Bundan tashqari, yuqorida aytib o‘tilganidek, gerbitsidlar bilan ishlanadigan maydonlar yildan yilga oshib bormoqda. G‘o‘za- beda almashlab ekishdagi ekinlar uchun ishlab chiqarilayotgan gerbitsidlarning assortimenti ham ko‘payib bormoqda. Shunga ko‘ra himoya sanitariya zonasiga qat’iy amal qilish, ya’ni tuprog‘i dorilanadigan maydonlar aholi yashaydigan punktlardan hamda chorvachilik fermalaridan mumkin qadar uzoqda bo‘lishiga harakat qilish kerak.
    Gerbitsidlarni agrotexnik tadbirlar bilan bog‘liq holda qo‘llanish - dalaning o‘t bosishini kamaytiradi, paxta hosilini oshiradi. Olingan hosilning paxtasi, urug‘ligi va chigit yog‘ining sifati yuqori bo‘ladi.
    Yüklə 98,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin