2-maruza. Tuproq unumdorligi, madaniyligi va strukturasi tuprcq unumdorligi



Yüklə 98,5 Kb.
səhifə2/4
tarix20.11.2023
ölçüsü98,5 Kb.
#162304
1   2   3   4
2- maruza

Begona o‘tlarning kopayishi va tarqalishi. G‘umay, ajriq, qamish, salomalaykum, qo‘ypechak, yantoq, kakra kabi ko‘p yillik begona o‘tlar ildizpoyalarining bo‘laklari, ildizbachkilari hamda urug‘lari bilan ko‘payadi. Bir yillik va ikki yillik begona o‘tlar asosan urug‘lari bilan ko‘payadi. Begona o‘tlarning urug‘lari shamol, suv, go‘ng, hayvonlar, qushlar va urug‘lik bilan tarqaladi. Qamish, ilono‘t, oqbosh, qoqi o‘t urug‘lari shamol yordamida tarqaladi. Shuvoq, qo‘ytikan, tuyaqorin kabi o‘tlar kuzda dumaloq shaklga kirib, shamolda dumalab yo‘l- yo‘lakay urug‘ini to‘kib ketaveradi. Qo‘ytikan, g‘o‘zatikanda yopishuvchi, ilashuvchi moslamalar bo‘lib, hayvonlar juniga, odamlarning kiyimiga yopishib tarqaladi. Qora ituzum chug‘urchiqlar yordamida tarqaladi. Begona o‘t urug‘lari yaxshi tozalanmagan urug‘lik bilan ham tarqaladi. Tozalanmagan bug‘doy urug‘larini ekish natijasida lalmikor yerlarda o‘sadigan begona o‘tlar sug‘oriladigan yerlarga ham kirib kelmoqda. Begona o‘tlar urug‘i dalalarga solinayotgan chirimagan go‘ng bilan tarqaladi.
Ma’lumki, zarpechak ko‘pincha yantoqda parazitlik qiladi. Shuning uchun ham yantoqli joylarda boqilgan qo‘y va echki- larning go‘ngini beda, poliz, sabzavot ekinlari ekiladigan yerlarga solish ana shu ekinlarni zarpechak bosishiga olib keladi.
Ajriq, g‘umay, qamish kabi begona o‘tlarning ildizpoyalari qishloq xo‘jalik mashinalarining ishchi organlariga ilashib tarqalishi ham mumkin. Ana shu o‘tlar bor joylarni diskli boronalarda boronalash ildizpoyalarni mayda bo‘laklarga bo‘linishi va bir qancha yangi o‘simliklar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Begona o‘tlar klassifikatsiyasi. O‘zbekistonda begona o‘tlarning 72 ta oilaga mansub bo‘lgan 841 turi uchraydi.
Shundan 519 turi bir yillik, 322 turi esa ko‘p yillik o‘simliklardir. Ishlab chiqarish sharoitida esa, ularning muhim biologik xususiyatlari, ya’ni oziqlanishi yashash davri va ko‘payish usuliga ko‘ra klassifikatsiyalanadi (5-jadval).
Parazit begona o‘tlar. Parazit begona o‘tlar noparazit begona o‘tlar yoki madaniy o‘simliklar bilan birga yashab, ular hisobiga oziqlanadi. Ular haqiqiy va yarim parazit begona o‘tlarga bo‘linadi.
O‘zbekistonda haqiqiy parazit begona o‘tlar poya paraziti va ildiz parazitlariga bo‘linadi.
Poya parazitlari. Parazit begona o‘tlarning bu guruhiga pechakguldoshlar (Cuscutaceae) oilasiga kiradigan pechaklarning barcha turi kiradi. Ular karantin begona o‘tlar hisoblanadi. Bu begona o‘tlar ingichka poyali va yo‘g‘on poyalilarga bo‘linadi.

5-jadval

Yüklə 98,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin