Taroqsimonlar(Ctenophora) Tipi Bozorova Sarvinoz Taroqlilar



Yüklə 1,09 Mb.
tarix05.05.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#108389
Bozorova Sarvinoz Taroqsimonlar

Taroqsimonlar(Ctenophora) Tipi

Bozorova Sarvinoz

Taroqlilar

Taroqlilar - dengizlarda уakka yashovchi hayvonlar. Ко 'pchilik turlari suv qa'rida, boshqalari suv tubida o'rmalab hayot kechiradi. Tanasi bo'shliqichlilarga o'xshash ikki qavatdan, ya'ni ektoderma va endodermadan iborat. Bu qavatlar o'rtasida mezogleya bo'ladi. Ko'pchilik tareqlilarning yopishuvchi hujayrafari bo'ladi. Shaklan o'zgargan kipriklar yordamida harakatlanadi. 90 ga yaqin turlari bitta sinfni tashkil etadi.

TAROQLILAR

Tanasi odatda xaltaga o'xshash bo'lib, uning bir chetida og'iz teshigi (oral qutbi), ikkinchi chetida chiqaruv teshigi (aboral qutbi) joylashgan. Tananing asosiy o'qi ana shu ikki qutbi orqali o'tadi. Asosiy o'q orqali ikkita bar xil simmetriya yuzasini o'tkazish mumkin. Ana shuning uchun taroqlilarni ikki nurli simmetriyali hayvonlar deyish mumkin. Ammo ko'pchilik organlar (taroq plastinkalar, radial naylar, jinsiy bezlar) asosiy tana o'qi bo'ylab 8 tadan joylashadi.

TAROQLILAR

Taroqlilar tanasining ikki yonida shoxlangan ikkita uzun paypaslagichlari joylashgan. Paypaslagichlar cho'zilishi yoki maxsus xalta ichiga joylashib оlib, qisqarishi mumkin. Paypaslagichlarda joylashgan juda ko'p yopishqoq hujayralar o'ljasini ushlab turish uchun xizmat qiladi. Ayrim taroqlilarning paypaslagichlari bo'lmaydi.

TAROQLILAR

Taroqlilar tanasi sirtida oral qutbidan aboral qutbi yunalishida 8 qator taroqsimon plastinkalar joylashgan. Har bk taroq plastinka asoslari orqali bir-biri bilan yopishgan qator kipriklardan iborat. Taroqchalami bir me'yorda silkinishi tufayli hay von harakat qiladi. Mezogleyasi liniq quyuq moddadan iborat. Mezogleyada muskul hujayralari to'p bo'lib, taroq plastinkalari va paypaslagichlari ostida joylashgan.

Hazm qilish sistemasi.

Og'iz teshigi ektodermal yassi halqumga ochiladi. Halqurn endodermal oshqozon bilan tutashgan. Oshqozon xaltaga o'xshab halqumga perpendikulyar yo'nalishda yassilashgan. Paypaslagichlari ana shu yuzada joylashganidan tananing bu qismi paypaslagichlar yuzasi deyiladi. Oshqozondan beshta nay boshlanadi. Shu jumladan ikkitauchi berk naylar halqumning ikki yoni bo'ylab og'iz teshigi tomongayo'naladi. Bitta ingichka nay aboral tomongako'tariladi.

Hazm qilish sistemasi.

Bu yerda ikki marta shoxlanib, to 'rtta kalta va ingichka naylarni hosil qiladi. Ulardan ikkitasining uchi berk; ikkitasi esa ayirish teshigi orqali tashqariga ochiladi. Oshqozonning у ana ikkita nayi ikkita paypaslagichlar yuzasi tornonga (tana o'qiga perpendikulyar yo'nalishda) tarqaladi. Ular shoxlanib, ikkitadan juft va bittadan toq naylarni hosil qiladi. Ikkita jnft naylar yana bir marta dixotomik shoxlangach, sakkizta uchi berk meridional naylarga ochiladi. Meridional naylar taroqsimon plastinkalar ostiga joylashgan. Toq naylar esa paypaslagichlar asosiga keladi.

Nerv sistemasi

Taroqlilar nerv sistemasi ektodermada joylashgan nerv to'ridan iborat. Nerv hujayralari taroqsimon plastinkalar ostida tig'iz joylashib, aboral tomonga yo'nalgan nerv zanjirini hosil qiladi. Aboral organ murakkab tuzilgan statotsistdan iborat. lining statoliti kalsiy karbonat zarrachasidan iborat bo'lib, kiprikchalarning bir-biriga yopishishidan hosil bo'lgan to'rtta kamarchada osilib turadi. Ustki tomondan statolit qopqoqcha bilan yopilgan. Statolitkamarlaridan chiqadigan to'rtta egatcha dixotomik shoxlanib, sakkizta taroqsimon plastinkalarga keladi

Ko'payishi va rivojlanishi

Taroqlilar - germafrodit hay vonlar; faqat jinsiy ko'payadi. Jinsiy bezlari kolbasasimon bo'lib, gastrovaskulyar sistemasining meridional naylari endodermasi ostida joylashgan. Yetilgan jinsiy hujayralar endodermani yorib meridional naylarga, u yerdan og'iz orqali suvga chiqadi. Tuxumlari suvda urag'lanadi; to'liq lekin notekis maydalanadi. Natijada murtakning bir qutbi tez maydalanayotgan mikromerlardan, ikkinchi qutbi sekin maydalanayotgan makromerlardan iborat bo ladi. Mikromerlarektodermani, makromerlar endodermani hosil qiladi.

Ko'payishi va rivojlanishi.

Halqumi birlamchi og'iz - blastopor ektodermasini tana bo'shlig'iga botib kirishi tufayli hosil bo' ladi. Gastral bo 'shliq endodermasi hujayralarining bir qismi ektoderma va endoderma orasiga (ya'ni blastotsel qoldig'iga) botib kirib butsimon plastinkani hosil qiladi. Bu plastinkadan keyinchalik mezogleyaning hujayra elementlari va paypaslagich muskullan hosil bo'ladi. Shunday qilib, taroqlilarda birinchi marta dastlabki uchlamchi embrion qavati mezoderma kurtaklari hosil bo'ladi. Bu kurtaklar mezogleyaga botib kirgan butsimon plastinkadan iborat. Taroqlilar metamorfozsiz rivojlanadi,

Klassifikatsiyasi.

Taroqlilar paypaslagichlilar (Tentaculata) va paypaslagichsizlar (Atentaculata) kenja sinfiga bo'linadi. Ко'pchilik turlari paypaslagichlilarga kiritiladi. Ayrim paypaslagichlilar tanasi yassi tasmaga o'xshash uzun bo'ladi. Masalan, zuhro kamari (Cestis veneris)mng uzunligi 1,5 m ga yaqin. Ayrim taroqlilaming tanasi tana o'qi bo'ylab yassilashgan bo'lib, ularning suzishi va og'iz tomoni bilan o'rmalashini yengillashtiradi. O'troq yashovchi Tjalfiella taroqlisi yosh davrida boshqa taroqlilarga o'xshash, lekino'troqyashashgao'tgandanso'ngog'zining o'rta qismi substratga yopishib ketadi; og'izning ikki cheti cho'zilib, oziq tutadigan uzun nayga aylanadi. Ktenoplana taroqlisining taroqsimon plastinkalari bor.

Filogeniyasi.

Tai'oqlilar ayrim tuban tuzilish belgilarga ega. Masalan, kipriklar yordamida harakatlanish xuddi shunday belgilardan deyish mumkin. Rivojlanish davrida mezoderma qavatining hosil bo'lishi esa ularm chuvalchanglarga yaqinroq ekanligini ko'rsatadi. Ana shu sababdan taroqlilar bo'shiiqichlilar bilan birga bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan deyish mumkin.


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin