Mavzu: O‘simlik tarkibidagi nitratlarni aniqlash(2soat) Umumiy ma’lumot



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix30.04.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#105070
10-Amaliy mashg`ulot



10-AMALIY MASHG‘ULOT 
Mavzu: O‘simlik tarkibidagi nitratlarni aniqlash(2soat) 
 
Umumiy ma’lumot: О‘sib turgan о‘simliklarning ozuqa moddalarga bо‘lgan 
ehtiyoji qay darajada ekanligini tezkorlik bilan aniqlashda, tо‘qima shirasini analiz 
qilish usulidan keng foydalaniladi. Anorganik birikmalarning eng kо‘p miqdori 
о‘simliklarning о‘tkazuvchi naylar qismida bо‘ladi. Shuning uchun ham 
о‘simliklarning barg bandi va uning tomiridan yoki uning poyasidan siqib olingan 
shipaga, har bir elementning о‘ziga xos bо‘lgan reaktivlaridan ta’sir qildirilsa, har 
xil darajada bо‘yalgan ranglar hosil bо‘ladi. Mana shu ranglar darajasini Magnitskiy 
qutichasidagi ranglar shkalasiga yoki standart eritmalarga solishtirib kо‘rish orqali 
1 litr shira tarkibida qancha miqdorda element borligini ularning qancha balga 
tengligini aytib berish mumkin. Magnitskiyning dala laboratoriyasi yelkaga osib 
yuradigan yog‘och va karton qutichadan tashkil topgan asbob. Yog‘och qutichada 
qо‘l iskanjasi, probirka va ularni qо‘yadigan shtativ, tomizg‘ich, qaychi, standart 
eritmalar bо‘yicha bо‘yalgan qog‘oz shkalasi va laboratoriyadan foydalanish 
uslublari yozilgan qо‘llanma mavjud. Karton qutichada reaktivlar va boshqa zaruriy 
materiallar bо‘ladi.
Magnitskiyning dala laboratoriyasidan foydalanish orqali о‘simliklar 
tо‘qimasidan siqib olingan shira tarkibidagi azot, fofor, kaliy va magniy kabi 
elementlarning taxminiy miqdorini aytib berish mumkin.
Azot o‘simliklar hayoti uchun eng kerakli elementdir. U hayotiy muhim 
birikmalar - oqsillar, fermentlar, nuklein kislotalar va boshqa bir qator birikmalar 
tarkibiga kiradi. Azot o‘simliklar quruq og‘irligining 1-3% ni tashkil etadi. 
Tabiatdagi asosiy azot manbasi atmosfera tarkibida bo‘lib, uning umumiy miqdori 
75,6% tashkil etadi. Bir kvadrat metr yer ustida 8 tonnagacha azot bor. Agar 
tuproqda azot yetishmasa o‘sish sekinlashadi, barglar maydalashib, sarg‘aya 
boshlaydi, ildiz tizimi jarohatlanadi, gullar va yosh meva tugunlari to‘kila boshlaydi. 
Azot juda kam bo‘lsa, o‘simliklar qurib qoladi. 
Darsning maqsadi: O’simlik shirasi tarkibidagi nitratlarni aniqlashni 
tajribada o’rganish. 
Kerakli asbob va reaktivlar: Tabiiy sharoitda о‘sayotgan о‘simliklar 
(bug‘doy, loviya, geran, tradeskansiya), azotni aniqlashda ishlatiladigan quruq 
reaktivlar, Bufer eritmasi, ammoniy molib eritmasi, 10% li natriy gidroksid eritmasi, 
1% li kraxmal, konsentrlangan HCl, Magnitskiyning dala laboratoriyasi, Kalan 
tayoqchasi. 
Ishni bajarish tartibi: Ikkita bir-biridan keskin farq qiladigan sharoitda 
о‘stirilgan 5-6 о‘simliklarning ma’lum yaruslaridan bittadan barg olib, ularning 
bandi va tomirlari 2-3 sm uzunlikda qaychi bilan qirqiladi. Sо‘ngra esa ularni qо‘l 


iskanjasi ostida siqib, shirasi olinadi. Siqib olingan shira toza probirkalarga solinadi. 
Mabodo, olingan shira rangdor bо‘lsa, har 2 g namuna hisobiga 6 ml distillangan 
suv va 0,2-0,5 g aktivlangan kо‘mir qо‘shib, chinni hovonchada yanchiladi va 
filtrlanadi. Agar olinayotgan barg bandi juda yо‘g‘on bо‘lsa, uni uzunasiga kesiladi 
va iloji boricha pastki ingichka qismidan olinadi. Rangsizlantirilgan tо‘qima 
shirasida azot elementi aniqlanadi. 
Nitratlarni aniqlash ularning sulfanilat kislotasi va alfa-naftilamin bilan 
beradigan och pushti rangning hosil bо‘lishiga asoslangan. 
Ma’lumki, nitratlar Mo elementi ishtirokida nitritgacha qaytariladi. Nitritlar 
sulfanilat kislotasi va alfa-naftilamin bilan och pushti rang beradi. Shuning uchun 
ham о‘simlik tо‘qimasidan olingan shira tarkibida nitratlar miqdori qancha kо‘p 
bо‘lsa, rangning hosil bо‘lishi darajasi ham shuncha kuchli bо‘ladi. 
О‘simlik tо‘qimasidan siqib olingan shira tarkibidagi nitratlarni aniqlash 
uchun salgina chuqurlashtirilgan chinni plastinka ustiga skalpel uchida bir chimdim 
quruq reaktivdan olib, uning ustiga 3 tomchi bufer eritmasidan, keyin esa tо‘qima 
shirasidan 1 tomchi tomiziladi va shisha tayokcha bilan aralashtiriladi. Chinni 
plastinka ustida rang hosil bо‘ladi.
Plastinkaning 3-4 nuqtasiga yuqoridagi reaktivlardan solib, ularning ustiga 
standart eritmalardan 1 tomchidan tomizilsa ranglar hosil bо‘ladi. Tо‘qima shirasi 
tomizilganda hosil bо‘lgan rangni bu ranglar bilan solishtirib, bir litr shira tarkibida 
qancha miqdorda azot borligini aytib berish mumkin. Shira tarkibidagi nitratlarni 
difenilamin reaktivi yordamida ham aniqlanadi. Nitrat bor sharoitda kо‘k rang hosil 
bо‘ladi. Tajriba natijasida olingan ma’lumotlar tubandagi 8-jadvalga yozib olinadi. 
8-jadval 
О‘simliklar shirasi tarkibidagi elementlar miqdori 
О‘simlik nomi 
Analizga 
olingan 
о‘simlik qismi 
Element 
Elementlarning miqdori 
mg 
yoki ball hisobida 
1 kg shirada 
mg 
hisobida 
ball 
Topshiriq 
 
1. Tajribani bajaring va xulosalang. 
 
Nazorat uchun savollar 
1. Azotning kimyoviy tavsifi qanday? 


2. Tuproqda azot yetishmasa о‘simlikka qanday ta’sir etadi? 
3. O‘simlik tarkibidagi nitratlarni qanday aniqlanadi? 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin