2-ma’ruza: Xattotlik san’ati. Husnixat darslarini tashkil etishga qo’yiladigan tashkiliy va metodik talablar



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə4/4
tarix25.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#80614
1   2   3   4
Husnixat 2-ma\'ruza

: musbat, nol, manfiy. Musbat distansiyada parta ustining cheti bilan o’tirg’ich orasidagi masofa teng bo’ladi. Parta ustining chetidan tushirilgan chiziq o’tirg’ichning ustiga emas, balki polga tushadi (2-rasm).

2- rasm

Yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan partalarda o’tirish o’quvchular uchun noqulay bo’ladi. O’quvchi bunday partalarda o’tirsa pastga egilib o’tirishga majbur bo’ladi.


Nol masofadagi distansiyada parta ustining cheti bilan o’tirg’ichning orasida hech qanday masofa bo’lmaydi. Parta ustining chetidan tushirilgan chiziq o’tirg’ich ustining chetiga mos bo’ladi (3-rasm). Bunday partalar ham o’quvchilar uchun qulay bo’lmaydi.

3-rasm
0
Uchinchi, ya’ni manfiy distansiyada parta ustining cheti o’tirg’ichning ichiga 4 sm masofada kirib turadi. Parta ustining chetidan tushirilgan chiziq o’tirg’ichning ustiga tushadi (4-rasm).


4-rasm
Distansiyasi manfiy bo’lgan partalar boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun juda qulay bo’lib, gigiyenik talablarga to’liq javob beradi.
Parta tanlashning yana bir muhim jihati shundaki, uning differensiyasini to’g’ri saqlashdir. Parta qopqog’ining cheti bilan o’tirg’ichning orasidagi masofa differensiya deyiladi. Agar parta o’tirg’ichi past bo’lsa, o’quvchi parta qopqog’iga osilib turadi, agar yuqori bo’lsa, bukchayib o’tirishga majbur bo’ladi. Shuning uchun o’tirg’ichning balandligi o’quvchilarning oyoqlari uzunligiga teng bo’lib, o’tirganda tovonlari polga yoki partaning zinasiga tegib turishi lozim.
Oyoqlarni qo’yish uchun maxsus joy bo’lmaganligi bois oyoq muskullari ham zirqirrab og’rishni boshlaydi. Keltirganimiz holat kichik bir misol. Endi tasavvur qiling, butun sinf o’quvchilari (sinfda bironta ham talabga javob beradigan parta yo’q-da) shunday jismoniy va ruhiy zo’riqish ostida savod o’rganadilar. Shunday vaz’iyatda eng tajribali o’qituvchining zahmatlari ham barabas ketishi tabiiy hol.
Ayni zamonda rivojlangan mamlakatlarda quyidagi konstruktor partalardan ham keng foydalanilmoqda:


Erisman partalariga o’zgarishlar kiritilib, yuqoridagi davlat standarti bo’yicha temir oyoqli ikki va bir o’rinli partalar tavsiya etilmoqda.
Bunday partalarning gigiyenik afzalligi shundaki, balandligini bolalarning bo’yiga qarab o’zgartirib turish mumkin, bundan tashqari, suyanchig’I ikkita taxtadan iborat bo’lib, suyanganda yaxshi tayanch vazifasini o’taydi. Hozirgi vaqtda o’quvchilar uchun 15 sm oralab belgilangan bo’y balandligi qabul qilingan, o’quvchilar mebelning davlat standartlari shu ko’rsatkichga muvofiq ishlab chiqariladi.
1-3- sinf o’quv xonalari uchun A, B, V turdagi partalar ishlab chiqariladi. “A” turdagi partalar bo’yi 130 sm gacha bo’lgan bolalar uchun, “B” turdagi partalar bo’yi 130-145 sm, “V” turdagi partalar bo’yi 145-160 sm.li bolalar uchun mo’ljallangan. Parta o’rindig’ining chuqurligi son uzunligining 2/ 3-3/ 4 qismiga teng bo’lishi lozim.
O’rindiqning pol sathidan balandligi boldir suyagi va to’piqning uzunligiga hamda poyabzalning 1-2 sm poshnasi balandliginingf yug’indisiga teng bo’lishi kerak.
Partaning o’quvchiga qaragan qirrasining pol sathidan balandligi o’quvchi o’tirganda pol sathidan to’g’ri burchak hosil qilgan tirsakning balandligiga teng bo’lishi kerak.
Parta ustki qismining o’tirg’ichiga nisbatan 15° pastda og’ishi gigiyenik talablarga javob beradi.
Partalarning ustki sathi tabiiy taxta rangida yoki yashil, sariq va havo rangga bo’yalgani ma’qul, bunda yorug’likni qaytarish koeffitsenti 35-55% atrofida bo’ladi.
Bolalarni antropometrik belgilarni hisobga olib partalarga o’tqizish ularning to’g’ri rivojlanishiga ta’sir qilib qolmay, ish qobiliyatini ham oshiradi.
Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin