2-mavzu: 1C: Korxona buxgalteriya dasturining mazmuni, predmeti va vazifalari



Yüklə 441,29 Kb.
səhifə3/12
tarix20.11.2023
ölçüsü441,29 Kb.
#163598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2 mavzu

Kalkulyatsiyalash – mahsulotning bir birligiga mahsulot, ishlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish paytida qilingan xarajatlarni yalpi hisoblash orqali hisob ob’ektining tannarxini belgilash usulidir. Shunday qilib, kalkulyatsiya buxgalteriya hisobi ob’ektlarini qiymatli o’lchash uchun xizmat qiladi. Ularning qo’llanilishi hisob-kitobni mustahkamlash uchun katta ahamiyatga egadir. Xarajatlar bilan natijalarni solishtirish xaqiqiy tannarx kalkulyatsiyasi ma’lumotlariga asoslanadigan puldagi ifodalash yo’li bilan erishiladi.
Buxgalteriya hisobida schetlar tizimi – hisob ob’ektlarini ularning iqtisodiy belgilariga qarab guruhlantirishga asoslangan. Buxgalteriya hisobining ob’ektlari tarkibidagi va funktsiyalaridagi farqlanishlar ularning ustidan alohida guruhlar bo’yicha, masalan, mehnat vositalari, buyumlari, pul mablag’lari va xokazolarni kuzatish zarurligini taqozo etadi. Undan tashqari, ushbu guruhlarning ichida mablag’larning alohida turlari va ularning joylashgan joylari bo’yicha tashkil qilish kerak bo’ladi. Demak, hisob bilan alohida ajratilgan xar bir mehnat vositasining turi - binolar, mashinalar, asbob-uskunalar, mehnat buyumlari – asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg’i, yarim tayyor mahsulot va boshqalar, pul mablag’lari, ularning joylashgan joylari bo’yicha hisob-kitob, valyuta va bankdagi boshqa schetlar qamrab olingan bo’lishi kerak. Shu bilan birga bunday guruhlash ko’pincha etarli deb hisoblanmaydi. Masalan, mehnat buyumlarining xar hil turlari, aytaylik, asosiy materiallar ustidan kuzatish ularning xar bir turi, navi, katta-kichikligi va xakozolar to’g’risida ma’lumotlar olishni talab qiladi. Shuga o’xshash guruhlash buxgalteriya hisobida mablag’lar manba’lari va xo’jalik jarayonlari bo’yicha ham amalga oshiriladi. Xo’jalik manba’lari va xo’jalik muomalalarini aks

16
ettirishda, ularni boshqarish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni olishda,



buxgalteriya hisobi ob’ektlarini iqtisodiy jihatdan guruhlashda schetlardan foydalaniladi. Axborotni dastlabki tashuvchilardagi ma’lumotlar hisob ob’ektlariga faqat tarqoq bo’lgan tavsifni beradi. Shu sababli schetlarga ehtiyoj tug’iladi. Bu ma’lumotlarni umumlashtirgan xolda guruhlash va summalashtirish lozim bo’ladi. Bunday funktsiyalarni buxgalteriya hisobida schetlar bajaradi.

Yüklə 441,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin