2-mavzu: 1C: Korxona buxgalteriya dasturining mazmuni, predmeti va vazifalari



Yüklə 441,29 Kb.
səhifə1/12
tarix20.11.2023
ölçüsü441,29 Kb.
#163598
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2 mavzu


2-mavzu:1C:Korxona buxgalteriya dasturining mazmuni, predmeti va vazifalari
1C:Korxona buxgalteriya dasturini korxonalar faoliyatini o‘rganishdagi ahamiyati. 1C:Korxona buxgalteriya dasturining iqtisodiyotni modernizasiya qilish sharoitidagi mazmuni. 1C:Korxona buxgalteriya dasturi fanining predmeti, barcha jarayonlarni 1C: buxgalteriya dasturiga iqtisodiy manbalardan foydalanib o‘rganishlikning zarurligi.
1C:Korxona buxgalteriya dasturi orqali yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf qilish, firma va kompaniyalarning kelgusida yanada samarali ishlashi uchun takliflar keltirish vazifalariga tushuncha.
Fanlar tarkibida 1C:Korxona buxgalteriya dasturining o‘rni, uning buxgalteriya hisobi nazariyasi, korxonalar iqtisodiyoti, , qimmatli qog‘ozlar va birja ishi, soliqlar va soliqqa tortish, moliya menejmenti, investitsion loyihalarni dasturga kiritish, bank statistikasi, bank ishi, moliyaviy va boshqaruv hisobini 1C: Korxona buxgalteriya dasturida hisobga olish, hamda hisoblash texnikasi, matematika, ishlab chiqarish texnologiyasi, texnik fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.

2.1 Korxonalarda buxgalteriya hisobining umumiy ta’rifi
Buxgalteriya ishini yuritishning ushbu kitobchada bayon qilingan
1S:Buxgalteriya dasturi ishini yaxshi tushunish va undan ish jarayonida unumli foydalanish uchun buxgalteriya hisobi asoslarini yaxshilab tushunib olish kerak bo’ladi. Ushbu bo’limda buxgalteriya hisobining asosiy tushunchalari, usullari, siyosati, bu faoliyat turida qabul qilingan atamalari va qonun-qoidalari dasturda malakali ishlay olish nuqtai-nazaridan qisqacha tushuntiriladi.
Buxgalteriya hisobi mulk shaklidan qat’iy nazar, barcha xo’jalik sub’ektlarida yuritiladi va asosiy faoliyatni yuritishdagi xolatlarni kuzatib boradi xamda nazorat qiladi. Korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisobining maqsadi - foydalanuvchilarni o’z vaqtida to’liq xamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir. Buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iboratdir:
Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarda (schetlarda) aktivlarning xolati va xarakati, mulkiy xuquqlar va majburiyatlarning holati to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
Samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
Moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iboratdir. Davlat xokimiyati va boshqaruv organlari, O’zbekiston Respublikasida
ruyhatga olingan yuridik shaxslar, ularning O’zbekiston Respublikasi xududida hamda undan tashqarida joylashgan shu’ba korxonalari, ularning filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo’linmalari buxgalteriya hisobi sub’ektlaridir. Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zahiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning xarakati bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ob’ektlaridir. Buxgalteriya hisobining ob’ektlari jamlama

hisobvaraqlarda (schetlarda) aks ettiriladi. Analitik hisobni yuritish tartibi buxgalteriya hisobi sub’ektlari, ya’ni, korxona yoki tashkilotlar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Korxona hisob siyosatini shakllantirish tartibi O’zbekiston Respublikasining 1-son Buxgalteriya Hisoboti Milliy Standartlari «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»da bayon qilingan. Bu standart Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 14 avgustda 474-son bilan ruyhatdan o’tkazilgan. Hisob siyosati tashkilot boshch buxgalteri tomonidan ishlab chiqiladi va joriy yil oxirida kelgusi yil uchun rahbarning buyrug’i bilan tasdiqlanadi. Buxgalteriya hisobi barcha korxonalar uchun umumiy me’yoriy xujjatlar bilan tartibga solinishiga qaramay, ularning har birida turli maqsadlar va vazifalar bo’lishi mumkin. Bir korxonani boshqarish uchun maqbul bo’lgan foydali tavsiyalar boshqasi uchun foydasiz bo’lishi mumkin. Shu sababli, har bir tashkilot o’z hisob siyosatini mustaqil ravishda ishlab chiqishi kerak. Hisob siyosatining xar bir alohida unsuri bo’yicha muvofiq ravishda qaror qabul qilinadigan me’yorni ko’rsatish kerak. Buxgalteriya hisobi bo’yicha amaldagi qonunlarning me’yorlarini ikki guruhga ajratish mumkin: bir variantli va ko’p variantli me’yorlar. Bir variantli me’yorlar aniq operatsiyalarni hisobga olishning bir xil tartibini belgilaydi va u hamma uchun majburiydir. Masalan, korxona xorijiy valyutani korxona hisobiga o’tkazish chog’ida uni operatsiya aks ettirilgan vaqtdagi valyutaning Markaziy bank belgilagan kursi bo’yicha so’mga aylantirib hisoblash kerak. Boshqacha variantlar bo’lishi mumkin emas. Shu sababli, hamma uchun majburiy bo’lgan jihatlarni hisob siyosatiga kiritmaslik kerak. Agar qonun buxgalteriya hisobini yuritishning bir qancha usuliga yo’l qo’ysa, hisob siyosatida ularning biri aks ettiriladi. Masalan, buxgalteriya hisobida amortizatsiyani hisoblashda uch usulning biridan foydalanish mumkin. Buxgalter shu uch usuldan birini tanlashi va uni shakllantirilayotgan hisob siyosatida qayd etishi lozim. Hisob siyosatini shakllantirish chog’ida tanlangan va unda qayd etilgan buxgalteriya

10
usulini yuritish usuli tegishli tashkiliy-farmoyish hujjati e’lon



qilingan yildan keyin 1 yanvardan boshlab, butun hisobot yili davomida qo’llaniladi. Tashkilotning buxgalteriya usullari ruyhati keltirilgan hisob siyosati amaliy ishda boshqaruv maqsadlari uchun buxgalteriya ishlari to’g’riligini tasdiqlaydigan xujjat sifatida foydalaniladi va soliq to’lovchilar bilan soliq organlari o’rtasidagi nizoli masalalarni hal qilishda har qanday tekshiruvning birinchi bosqichida o’rganiladigan (audit, soliq organlari yoki prokuratura tomonidan tekshirish va xakozolar) asosiy xujjatlardan biridir. Hisob siyosati tarkibiga asosan quyidagilar kiradi:
Korxonaning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schetlar rejasi;
Xo’jalik operatsiyalarini schetlar ish rejasida aks ettirish tartibi;
Ichki hisobot xujjatlarining shakllari;

Xujjatlarni vizalash tizimi va xujjatlar aylanmasi jadvali; Aktivlar va majburiyatlarni baholash usullari;
Aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiyalash tartibi.

Hisob siyosatida boshqa unsurlar ham nazarda tutilishi mumkin, lekin yuqorida sanab o’tilgan unsurlar buxgalteriya hisobini to’g’ri tashkil etish va hisobot tuzish uchun majburiydir. Qo’llaniladigan soliqqa tortish tizimini ham hisob siyosatida aks ettirish zarur. Hisob siyosatida mol-mulk va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish tartibi hamda muddatlari ko’rsatilishi lozim. Inventarizatsiya 19-son Buxgalteriya Hisoboti Milliy Standartlari «Inventarizatsiya tashkil qilish va o’tkazish»ga muvofiq amalga oshiriladi. Ichki hisobot tarkibi va shaklini korxonaning o’zi tanlashi, xujjat aylanmasi jadvalini tuzib, unda moddiy hisobotlar va boshqa xujjatlarni buxgalteriyaga topshirish muddatlarini belgilab qo’yishi lozim. Bu jadval hisob siyosatidan ko’chirma sifatida buxgalteriya hisobi bilan shug’ullanadigan har bir xodimda bo’lishi zarur. Ichki xo’jalik

11
nazorati tizimida tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish va topshirish



tartibini nazarda tutish, mol-mulkning ayrim turlarini tasarruf qilish xuquqi berilgan shaxslar doirasini va hisob xujjatlariga imkzo chekish xuquqiga ega bo’lgan shaxslar ruyhatini keltirish juda muhimdir. Qabul qilingan hisob siyosati yilma-yil izchil qo’llanilishi lozim. Shu sababli, tashkilotning hisob siyosatini tasdiqlash to’g’risida xar yili buyruq chiqarish shart emas. Unga zarurat tug’ilishiga qarab, o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish etarli bo’ladi. O’zgartirish va qo’shimchalar ham rahbarning buyrug’i yoki farmoyishi bilan 31 dekabrgacha rasmiylashtiriladi va faqat yangi hisobot yilidan boshlab joriy etiladi. Shu tariqa hisob siyosati butun yil davomida o’zgarmaydi. Biroq, ayrim xollarda, tashkilot hisob siyosatiga shoshilinch ravishda o’zgartirishlar kiritish zarur bo’ladigan vaziyatga duch kelinishi mumkin. Shuning uchun faqatgina quyidagi xolatlarda taqvimiy yil mobaynida hisob siyosatiga o’zgartirishlar kiritishga yo’l qo’yiladi:
o Sub’ekt qayta tashkil etilganida; o Qonunlar o’zgarganida;
o O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish tizimi o’zgarganida.
Hisob yuritish tartibini belgilab beruvchi tarkibiy qism sifatida buxgalteriya hisobi usuli elementlari quyidagilardan iborat:
Xujjatlashtirish; Inventarizatsiya; Baholash; Kalkulyatsiya;
Buxgalteriya hisoblari schetlari; Ikkiyoqlama yozuv;
Buxgalteriya balansi; Hisobot.
Ularning xar biriga qisqacha tushuntirishlar berib ketamiz:

12
Xujjatlashtirish – buxgalteriya hisobining ob’ektlari ustidan



yoppasiga va uzluksiz kuzatishni amalga oshirish imkonini beradigan dastlabki aks ettirish usulidir. Xujjatlashtirish uchun xo’jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobi uchun operatsiyalar amalga oshirilganiligini qayd etuvchi boshlang’ich hisob xujjatlari va ularni o’tkazishga doir farmoyishlar asos bo’ladi. Boshlang’ich hisob xujjatlari xo’jalik operatsiyalari amalga oshirilayotgan vaqtda yoki operatsiyalar amalga oshirilib bo’lingandan so’ng tuziladi. Hisobot davriga tegishli bo’lgan xo’jalik operatsiyalari, agar ular amalga oshirilganligini tasdiqlovchi xujjatlar olinmagan bo’lsa, tegishli boshlang’ich xujjat rasmiylashtirilib, buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Boshlang’ich hisob xujjatlarining majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat:
Korxonaning nomi;

Xujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va joy;

Xo’jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va miqdor o’lchovi (natura xolda va pulda ifodalangan xolda);
Mas’ul shaxslarning shaxsiy imzolari.

Boshlang’ich hisob xujjatlarini tuzgan hamda imzolagan shaxslar ularning o’z vaqtida to’g’ri va aniq tuzilishi, shuningdek, buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ularning belgilangan muddatlarda topshirilishiga mas’uldirlar. Boshlang’ich hisob xujjatlariga xo’jalik operatsiyasi qatnashchilari tomonidan tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishiga yo’l qo’yilmaydi. Xuddi shunday, bank va kassa-pul xujjatlarida ham tuzatishlar xamda o’chirib yozishlarga aslo yo’l qo’yilmaydi. Hujjatlashtirish yordamida sodir bo’layotgan xo’jalik muomalalari xaqida mukammal ma’lumotlar olinadi. Bu ma’lumotlar ularni keyinchalik iqtisodiy jihatdan guruhlash va umumlashtirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Huquqiy talablarga qat’iy rioya qilgan xolda xujjatlardan foydalanish buxgalteriya hisobining ma’lumotlariga isbotlovchi kuch bag’ishlaydi. Birlamchi xujjatlar, shu jumladan,

13
axborotning mashina o’qiydigan ma’lumot tashuvchilarida ifodalangan



xujjatlar buxgalteriya hisobiga xo’jalik faoliyatini yalpi va uzluksiz aks ettirishni ta’minlab beradi. Faqat to’g’ri rasmiylashtirilgan, ya’ni belgilangan texnik andozalarda nazarda tutilgan barcha rekvizitlari to’ldirilgan elektron xujjatlargina hisobga qabul qilinadi.

Yüklə 441,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin