Buxgalteriyascheti – korxona va tashkilotlarda iqtisodiy resurslarnig holati va xarakati haqidagi buxgalteriya axborotini qayd etish va saqlash uslubi xamda ularga bo’lgan talablardir.
Schetlar quyidagi bir necha turlarga bo’linadi:
Doimiyschetlar– bu hisobot davri oxiriga saldoga ega bo’lib, bo’lib, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar, sarmoyalar schetlaridir. Doimiy schetlar aktiv, passiv, kontr-aktiv va kontr-passivlarga bo’linadi.
Ativschetlar(A)– bu aktivlarni aks ettirishga mo’ljallangan schet bo’lib, unda iqtisodiy resurslarning qoldig’i va ko’payishi schetning debetida, kamayish esa kredit bo’yicha aks ettiriladi.
Passivschetlar(P)–bu majburiyat va sarmoyani aks ettirishga mo’ljallangan schet bo’lib, unda majburiyat va sarmoyaning qoldig’i xamda ko’payish schetning krediti bo’yicha, kamayish esa debet bo’yicha aks ettiriladi.
Kontr-aktivschetlar(KA)– bu va u bilan bog’liq bo’lgan aktiv schetning saldosidan chegiriladigan va moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettiruvchi schetdir.
Kontr-passivschet(KP)- bu va u bilan bog’liq bo’lgan passiv schetning saldosidan chegiriladigan va moliyaviy hisobotda majburiyat yoki sarmoyaning sof qiymatini aks ettiruvchi schetdir.
Tranzitschetlar(T)– bu hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopiladigan, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda aks
17
ettiriladigan hisobot davri oxiriga qoldiqqa ega bo’lmaydigan
daromadlar va xarajatlarning vaqtinchalik schetlaridir.
Balansdantashqarischetlar(BTyokiZ)- bu tashkilotga qarashli bo’lmagan, lekin vaqtinchalik uning tasarrufida bo’lgan, aktivlarni bori va xarakati, shartli xuquqlar va majburiyatlar xaqidagi axborotni umumlashtirishga mo’ljallangan schetlardir. Bu schetlar boshqa schetlar bilan o’zaro bog’lanmaydi va korxonaning hisobotida aks ettirilmaydi.